|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
| bet | 187/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIO‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Disk ushlash texnikasini o’rgatish.
Pedagogik vazifalar:
Disk uloqtirish joyi bilantanishtirish. Disk qaysi materiallardan iboratligi, musobaqaqoidasini shug’ullanuvchilar bilan ijro etishga e’tibor qaratish. Texnik xavfsizlik qoidalari
haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
Diskni ushlashda barmoqlar holatigae’tibor berish. Diskni chiqarishda ko’rsatkich barmoqqa va diskni soat strelkasi bo’yicha aylanishiga e’tibor berish. Disk uloqtirishtomoniga (o’ngga) yarim doirada turib uloqtirish, oyoqlarni elkakengligidan kengroq, qaddini tiklash, tovonlarni bir oz yontomonga ochishga e’tibor qaratish lozimligi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
Gavda qismlarini:-oyoq-tos-gavda-ko’krak-qo’l, ketma-ketligiga alohida e’tibor berish. Diskni yumshoq, tekis tezlanish olishiga erishish. Oxirgi kuch berishni o’rgatishda rezinkali tayoq, faner raketka, daraxt shoxchasi bilan mashq bajarish maqsadga muvofiqdir. Disk og’irligidan ortiq tosh yoki boshqa buyumlardan foydalanish haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
Uloqtirish ritmiga e’tibor berish. Uloqtirilayotgan qo’lni siltanishiga e’tibor berish. Aylanishavvalo disksiz, keyin esa disk yoki boshqa narsalar bilano’rgatiladi. Aylanishni dastlabki holatiga e’tibor berish lozim.Aylanish ritmlarini ijrosiga ahamiyat berish lozimligi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
Uloqtirishni, yo’nalish bo’yicha turgan holatdan boshlab, asta-sekin qayrilishga kirish amplitudasini oshirib boriladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirishga e’tibor qaratish lozimligi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
Musobaqa qoidalarini bajarishga e’tibor berish. Shug’ullanuvchilar musobaqa qoidasiga e’tibor berib, hakamlik qilish va texnik xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rishhaqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
|
|
|
| |