Pedagogik vazifalar:
Suv to`ldirilgan chuqurdan o`tish texnikasi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
To’siqdan tayanchsiz usulda (odimlab) o`tish texnikasi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
Yugurish va to`siqlardan o`tish texnikasini takomillashtirish haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
To’siqdan o`tishga birinchi urinishlar kichik tezlikda bajariladi. To’siqdan o`tgandan keyin to`xtab qolmaslikka ko`proq e`tabor beriladi. Boshda balandligi 70 – 80 sm g`ovlardan o`tgan yaxshi. To’siqdan keyin keragicha nari borib tushish uchun (3 m 66 sm gacha) to’siqdan oldingi yugurib kelish tezligini oshirish kerak; ikkala oyoq bilan baravar yerga tushishga yo`l qo`ymaslik zarurligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Texnikani o`rgatishda osharlarning metodik yo`llari bilan maxsus mashqlaridan foydalaniladi. O`rgatish uchun oldiniga qo`zg`aluvchan yengil g`ovlar, keyin balandligi 70 -80 sm qo`zg`almaydigan to’siqlar, undan keyin esa balandligi 91,4 sm g`ovlar ishlatiladi. Shug`ullanuvchilarning U.O.M ni mumkin qadar g`ovga yaqinroq o`tkazishlariga ko`proq e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Texnikani takomillashtirishda to`siqlardan tejamli va tez o`tishga, to`siq oldida va to`siqdan keyin to`xtab qolmaslikka erishish kerak. «Tezlikni his etish»ni oshirish uchun, o`rta masofalarga yuguruvchilarga ko`rsatilgan metodik qo`llanmalardan foydalaniladi. To’siq oldida depsinadigan joyga aniq tushishga yordam beruvchi ko`zda mo`ljal olishni yaxshilash uchun, har xil masofadan tezlikni pasaytirmay yugurib kelib, to’siq oshish kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
|