• O‘quv faoliyati natijalari
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet209/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Bosqon uloqtirish texnikasi bilan tanishtirish va uni o’rgatish.

    Pedagogik vazifalar:
     Shug’ullanuvchilarni bosqon uloqtirish texnikasi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
     Bosqon to’g’ri ushlash dastlabki aylantirishga o’rgatishni boshlash to’g’risida tasavvur hosil qilish haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.

     Burilish texnikasini o’rgatishda muvozanatni saqlab qolish bosqonni tortilish kuchiga qarshi turish haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.

    Oxirgi zo’r berishga o’rgatish haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.

     Bosqonni burilib turib uloqtirish texnikasi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.


    Bosqon uloqtirish texnikasi takomillashtirish haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.



    O‘quv faoliyati natijalari:
    Bosqon uloqtirishni o’rgatayotganda ehtiyot choralariga rioya qilish shart. Bosqon uloqtirishni va u bilan mashq bajarishni faqat musobaqa qoidalariga muvofiq jihozlangan joylarda o’tkazish kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
    Dastlabki aylantirishni yarim o’tirgan holatda, gavda og’irligini bosqonga qarama-qarshi yo’nalgan oyoqdan-oyoqqa o’tkazib turib bajarish kerak. Dastlabki aylantirish vaqtida bosqonning to’g’ri aylanish yuzasini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Dastlabki aylantirishni avval tekis sur’atda bajarish kerak. Uni bajarishni yetarli darajada o’rganib olgandan keyin, 3-4 aylanishni tezlashtirilib bajariladi va bosqonni yerga urish bilan bu harakatni to’xtatiladi yoki uni inertsiya bo’yicha chapga-orqaga yuqoriga uloqtirish mumkin.
    Barqaror muvozanatni tarbiyalash uchun yuqoridagi mashqlarni ko’zni yumib bajarish tavsiya qilinadi.
    Bosqon va boshqa og’ir buyumlar bilan mashq qilish: bosqonni bir qo’llab (chap va o’ng qo’lda) va o’tirib-turib aylantirish; boshqa asboblarni (tasmali to’ldirma to’p, qadoq tosh, qumli halta, og’irlashtirilgan bosqon yoki ikki bosqonni, yengillashtirilgan va qisqartirilgan bosqonni) aylantirish dastlabki aylantirish texnikasini egallash uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
    Burilishni to’g’ri bajarganda bosqon shari har doim uloqtiruvchining gavdasidan keyin siljishi kerak. Yangi shogirdga uloqtirish texnikasini o’rgatayotganda shuni esda saqlash kerakki, bosqonni uloqtiruvchi gavdasining ketidan ergashtirgan holda burilishni bajarish – eng qimmatli mashqdir.
    Bosqon uloqtirish texnikasini egallashda turg’un muvozanatni saqlagan holda tezlikni oshirish burilishlar asosiy mashq hisoblanadi. Bu mashqlar yordamida zaruriy harakat malakalari mustahkamlanadi. Harakatlarning to’g’ri ritmini hosil qilinadi, muvozanat saqlash yaxshilanadi, vestibulyar apparatning ishi takomillashadi.
    Burilishlarni bajarish tezligi oyoqlar harakatining tezligiga bog’liq. Shuning uchun oyoq harakatlarining to’g’ri bajarilishiga ko’proq e’tibor berish kerak.
    Burilishlar vaqtida oyoqlarni yarim bukilgan holda tutib, chap oyoq uchi sal chapga burilgan bo’lishi kerak.
    Shuningdek, burilishlarni ko’zni yumib bajarish ham kerak. Bu «bosqonni his etish»ning yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Burilish mashqlarini bajargandan so’ng bosqonni yerga urib yoki harakatni sekinlashtirib to’xtatish kerak. Burilishlar texnikasi o’rgatish va uni mukammallashtirishda maxsus mashqlardan keng foydalanish kerak. Bularga dastlabki aylantirish bilan burilishlarning o’rin almashishlari kiradi. Masalan: bir davra dastlabki aylantirish va burilish, bir davra dastlabki aylantirish va ikki burilish, ikki davra dastlabki aylantirish va burilish, ikki davra daslabki aylantirish va ikki marta burilishlar hamda turli xil og’irlikdagi bosqonlarni daslabki aylantirish va ular bilan burilishlar va h.k. haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
    Oxirgi zo’r berish texnikasini o’rgatish uchun eng yaxshi mashq – bosqonni bir burilishdan uloqtirishdir, chunki bunda bosqon uloqtiruvchining gavdasidan oldinga o’tishga ulgurmaydi. Bundan tashqari uloqtirishni bir burilib bajarganda, oxirgi zo’r berish uchun eng qulay holatda turish mumkin bo’ladi. Bulardan tashqari quyidagi maxsus mashqlar tavsiya qilinadi: turli xil asboblarni bir burilishdan uloqtirish, bosqonni dastlabki aylantirishdan keyin joydan turib uloqtirish, turli buyumlarni joydan turib ikki qo’llab va chap qo’l bilan uloqtirish, turli asboblarni (yadro, to’ldirma to’p, tosh va h.k.) joydan turib oldinga, orqaga, boshdan oshirib, ikki qo’llab va bir qo’llab uloqtirish va h.q. Shuningdek, bosqonni burilib uloqtirishda ko’zni yumib bajarish ham kerakligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
    Shunday hollar ham bo’ladiki, yangi shogirdlar tashqarida uch marta burilishni yaxshi bajaradilar-u, ammo doiraga kirganda o’zlarini yo’qotib qo’yib, burilishni noto’g’ri bajaradilar. Bunday hollarda burilish maydonchasini asta-sekin kichraytira borish kerak. Buning uchun yerga diametri 2-5 metr keladigan doira chizib, bir necha mashg’ulot davomida uni asta-sekin normal doira (2,135 m) shakliga olib kelish lozim. Yangi kelgan shogird yerga chizig’liq mana shu doira ichida harakatlarni to’g’ri bajargandan so’ng, temir gardishli normal stement doiraga o’tishi mumkin.
    Yengil bosqon, og’ir (yoki ikkita) bosqonni qisqartirilgan yoki uzaytirilgan bosqonlarni uch burilib uloqtirish eng ko’p tarqalgan maxsus mashqlardir. Shuningdek turli xil og’irlikdagi asboblar va og’ir buyumlarni uch burilib ikki qo’l bilan va chap qo’l bilan uloqtirish ham shu jumlaga krishi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
    Uloqtirish texnikasini takomil-lashtirayotganda, yuqorida ko’rsatib o’tilgan maxsus mashqlarni mashg’ulotlarga kiritish kerak. Bosqon uloqtirish malakasini mustahkamlash uchun asbobni bir kuch bilan uloqtirish ayniqsa muhim. Bu sportchini musobaqaga yaxshi tayyorlaydi. Ko’pgina trenirovka mashg’ulotlariga, hattoki qishda ham, uloqtirish texnikasini takomillashtiruvchi mashqlarni kiritish lozim.
    Texnikani takomillashtirish davrida, uloqtirish texnikasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun o’z texnikasini va boshqa (yetakchi) uloqtiruvchilarning texnikasini kinoanaliz qilish ayniqsa muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.


    Download 24,48 Mb.
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.