– Ma’ruza. ENGIL ATLETIKA TURLARI TEXNIKASIGA O‘RGATISH METODIKASI




Download 24,48 Mb.
bet35/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

5– Ma’ruza. ENGIL ATLETIKA TURLARI TEXNIKASIGA O‘RGATISH METODIKASI


Reja:
5.1. Sportcha yurish texnikasiga o’rgatish uslubiyoti
5.2. Yugurish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi
Tayanch iboralar.
1. Dеpsinish

  1. Olimpiada

  2. Stadion

  3. Dаvr

  4. Tаyanch

  5. Depsinuvchi oyoq

  6. Spоrtchа yurish

  7. Silkinch oyoq

  8. Yurish.

  9. Sportcha yurish.

  10. Joyda turib.

  11. Burilish.

  12. Tezyurar sportchi.

  13. Natija.

  14. Texnik tayyorgar.

  15. Mashq.

  16. Musobaqa.

  17. O’tish davri



Yurish – bu odamning odatdagi harakatlanish usuli bo’lib, barcha yoshdagi odamlar uchun ajoyib tarzdagi jismoniy mashq hisoblanadi. Uzoq vaqt davomiyligidagi va ritm ko’rinishidagi yurish davomida odam tanasining deyarli barcha muskullari ish bajarishga jalb qilinadi, bu holatda yurak va qon – tomirlar tizimi, nafas olish, asab va organizmning boshqa organlar tizimlari faoliyati kuchayadi, moddalar almashinuvi faollashadi. Odatdagi yurish eng avvalo, sog’lomlashtiruvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Odam erta bolalik davridan boshlab yurishni boshlaydi. Biroq, barcha odamlarning to’g’ri, chiroyli va tejamkor ko’rinishda yurishni o’rganishi zarur hisoblanadi.
Odatdagi yurishdan tashqari, yurishning bir qator boshqa turlari ham mavjud hisoblanadi: masalan, qadam tashlash, saf bo’lib yurish, sportcha yurish. Sportcha yurish musobaqalarda foydalaniladi va bajarilishi texnikasi bo’yicha yurishning nisbatan murakkab usuli hisoblanadi, biroq shu bilan birgalikda eng samarali yurish usuli sifatida qayd qilinadi. Sportcha yurishning tezligi odatdagi yurishdan deyarli 2 – 2,5 marotaba yuqori bo’lishi kuzatiladi.
Biroq, yurish davomida yuqori tezlikka erishishda faqat sportcha yurishning texnik xususiyatlarini o’zlashtirishning o’zi yyetarli hisoblanmaydi. Bunda odatdagi yurish usuliga nisbatan yuqori qiymatdagi intensivlikda ish bajarish talab qilinadi, o’z navbatida energiya sarfi qiymati ortadi. Ushbu holatga bog’liq ravishda, sportcha yurish mashg’uloti sportchi organizmiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi, uning ichki organlari va organlar tizimi holatini mustahkamlaydi, bu tizimlar ish qobiliyati darajasini yaxshilaydi, kuchning rivojlantirilishiga va ayniqsa, chidamlilikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, odamda iroda sifatini tarbiyalaydi.
Sportcha yurish odatdagi yurish usuli bilan ko’plab umumiylik jihatlariga ega hisoblanadi, biroq shu bilan bir vaqtda sportcha yurish nisbatan yetarlicha darajada murakkab va samaraliroq yurish usuli hisoblanadi.



Download 24,48 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– Ma’ruza. ENGIL ATLETIKA TURLARI TEXNIKASIGA O‘RGATISH METODIKASI

Download 24,48 Mb.