I.2. Pedagogik texnologiyalarning nazariy va metodologik asoslari




Download 277.5 Kb.
bet9/23
Sana01.08.2021
Hajmi277.5 Kb.
#16725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
I.2. Pedagogik texnologiyalarning nazariy va metodologik asoslari.

Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqeyi kundan-kunga ortib bomoqda. Buni esa ijtimoiy soha va ayniqsa ta’lim-tarbiyaga asoslanganlikda deyish mumkin. Ta’lim tarbiya sohasida aniq maqsad va vazifalar, uni amalga oshirish dasturlari ishlab chiqilganligi, pedagogikaning bosh maqsadi ham yetuk, yuksak malakali, ma’naviyatli, ma’rifatli yosh avlodni tarbiyalash ekanligidandir. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning ikkinchi bosqichida «o’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlashning muhimligi» alohida qayd qilingan. Shuning uchun ham mamlakatimizning ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyaga qiziqish ortib unga turlicha qarashlar, va bu tushunchani o’ziga xos talqin qilishlar, shuningdek, pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga joriy etishga ham turlicha yondashuvlar sodir bo’lmoqda. Ushbu bo’limda o’tgan asrning 60-yillarida AQSh (B. Blum, D. Kratvol, N. Gronland, J. Kerrol) da yaratilgan va jahondagi 30 ga yaqin mamlakatlar ta'lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning nazariy asoslari, o’ziga xos xususiyatlari hamda bu texnologiyaning mamlakatimiz ta'lim tizimiga joriy etishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Zero, o’qitishga texnologik yondashuvning o’zbek xalq pedagogikasi g’oyalari bilan uyg’unlashtirib o’quv jarayoniga tadbiq etish, kadrlar tayyorlash sifatini jahon ta'lim standartlariga muvofiqlashtirishda alohida o’rin tutishi muqarrardir.

Milliy mustaqillik qo’lga kiritilishi bilan istiqbol yo’li belgilab olindi. Ta'lim-tarbiya sohasida aniq maqsad va vazifalar, uni amalga oshirish dasturlari ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari I. Karimov barkamol avlodni voyaga etkazish borasidagi bir qator nutqlari va asarlarida bu davlat siyosatida ustivor masala ekanligini bir necha bor ta'kidlab o’tdi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlar, ma'naviy qadriyatlarlar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo’lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ushbu maqsad ko’rsatilgan. Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham etuk, yuksak malakali, ma'naviyatli, mirrifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Ko’zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta'lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta'lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o’quvchilarni turli kasb-hunar kollejlari, akademik lettsilarda tahsil olishlarini ta'minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo’ymoqda. Masalan, ushbu o’quv muassasalari uchun davlat ta'lim standartiga muvofiq keluvchi o’quv dasturlari va darsliklar, o’quv qo’llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog’i lozim.

Pedagogikaga oid adabiyotlar shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedgogik texnologiya tushunchasi ta’lim amaliyoti v nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug’atlaridagi o’rni hali no’maluligicha qolib ketmoqda.

Pedagogik texnologiya tushunchsinining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin etilgan.

Pedagogik texnologiyalarning tom ma’nosini bilish va uning hududimizga mos turini yaratish uchun majmualar nazariyasini to’la anglab olishi zarur.

Chunki pedagogik texnologiya majmular nazariyasining qonuniyatlariga 160 foiz suyangan bo’lib, yangicha falsafiy tafakkurni, yangicha dunyoqarashni ifoda etadi.

Ushbu tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chiradigan bo’lsak, o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitlarga ko’rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy hodisa, deb ta'riflash mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo’yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa bo’ladi.

Ta`limni texnologiyalashtirishning asosini, ta`lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta`lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi.

Pedagogik texnologiya yordamida 3- ming yillikda O’zbekiston ta`lim-tarbiya tizimida ham tub o’zgarishlar yuz berishi, o’qituvchi- o’quvchi faoliyati yangilanishi, yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantirilishi

Arastu o’z vaqtida aytganidek, har doim va har joyda ezgulikka erishish ikki shartning bajarilishiga:

- Har qanday faoliyat yakunidagi maqsadni to’g’ri belgilash:

- Pirovard maqsadga erishish chora-tadbirlarni izlab topishga bog’liqdir.

Ilmiy tilda buni faoliyatning metodologik asosini aniqlash va maqsadga etishish usul va uslublarni to’g’ri belgilash deyiladi

Pedagogik texnologiyaga adabiyotlarda har xil ta’riflar mavjud. Bu ta’riflar har bir muallifning pedagogik texnologiyaga o’ziga xos yondashuvi asosida vujudga kelmoqda.

Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga etkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilar ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta'lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta'lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar.

Bu erda, nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarni ilmiy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati tug’ildi degan savol paydo bo’lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni etishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudku, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarni o’zgartirib, milliy tus berib, foydalanaversa bo’lmaydimi?- degan mulohazalar ham yo’q emas. O’zbekistonning shu kundagi pedagogik jamoatchilikning aksariyati, aynan mana shu yshldan bormoqda. Bu yo’l ilojsizlikdan izlab topilgan bo’lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo’lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo’l uzoq hizmat qila olmaydi. Chunki:

Birinchidan: ma'lum sabablarga ko’ra jahon hamjamiyati taraqqiyotdan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun, aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlaridan foydalanish zarurligi:

Ikkinchidan: an'anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli “Axborotli o’qitish” sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi:

Uchinchidan: Fan-texnika taraqqiyotininig o’rta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi:

To’rtinchidan: kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi:

Beshinchidan: yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa yondoshuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.

Darhaqiqat, 20 asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz berish inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur'ati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy (g’oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarni yangicha mazmun kasb etishini ta'minlaydi. Xizmat ko’rsatish sohalarining paydo bo’lishi, yangicha turmush tarzi kishilarni moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarninig yangilanib hamda ortib borishi o’z navbatida ularni qisqa muddat va sifatli qondirilishini ta'min etuvchi faoliyatnining yo’lga qo’yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo’lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig’ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo’jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko’rsatish va boshqalar) da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish nisbatan texnologik yondashuv an'anasi yuzaga keladi. Texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yuritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich) dan mahsulotni iste'molchiga etkazib berishgacha bo’lgan (so’nggi bosqich) davrini o’z ichiga olgan jarayon taxnologik jarayon sifatida e'tirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondoshuv muayyan sohalarda islohatlarni tashkil etish ularni muvaffaqiyatini ta'minlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo’ladi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy ilg’or yuksak texnologiyani tadbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan ilm-fan hamda texnikaning so’ngi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaning mablag’lar va yuksak darajadagi kasbdagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxasislarning mavjudligi bu boradagi yuutuqlarning kafolatlaydi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg’or texiologiyalarni qo’llash shartlaridan biri-malakali mutaxasislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligidan ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida etakchi o’rin tutgan g’oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojida o’z ta'sirini o’tkazsa, o’z navbatida, iqtisodiy o’sish aholining madaniy turmush tarzini yaxshilanshiga olib keladi.

Insonga sivilizatssiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta'lim berishga yo’naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bugungi kunga kelib talim jarayoni tashkil etishga nisbatan o’ta qat'iy hamda murakkab talablar qo’yilmoqda. Chunonchi murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to’laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulotda ro’y beruvchi vazifalarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxasisni tayyorlashga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj talim jarayonini texnologik yondoshuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.

Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika faninig vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo’yilgandir.

Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko’lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur'atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, hulosalash hamda o’quvchiga etkaza berishni yo’lga qo’yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.

“Pedagogik texnologiyalar”ning metodologik asoslari.

Insonning boshqa mavjudotlardan farqi oldiga ma'lum bir maqsad qo’yib, so’ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishi maqsad sari qiladigan harakati (faoliyati) jarayonida muayyan tabiiy va sun'iy to’siqlarni engib o’tadi. Bu to’siqlarni engib o’tish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi.

Maqsadga etishda muayyan to’siqni engib o’tish uchun qo’llaniladigan tadbir va choralar majmuini usul deyiladi.

Maqsadga etishda bir necha goho o’nlab – yuzlab to’siqlarni engishga to’g’ri keladi. Bu to’siqlarni engish uchun tegishli usullar tegishli ma'lum bir tizimda qo’llaniladi.

Maqsadga etishda qo’llaniladigan usullar tizimini uslub (yo’l) deyiladi.

Usullarni ma'lum bir uslubda qo’llanish jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko’rsatkichlariga bo’ysundiriladi. Undan tashqari, kishi maqsadga etish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.

Kishi maqsad sari qilgan harakatida uning uchun tamoyil vazifasini bajaruvchi maqsad ko’rsatkichlari bilan harakati davomida amal qilinishi shart bo’lgan qonuniyatlar majmuiga metodologiya deyiladi.

Har bir shaxsni, ijtimoiy guruhni va butun jamiyatni eng umumiy, umumiy va xususiy maqsadlari bo’ladi, inchunun ularning eng umumiy, umumiy va xususiy metodologik asoslari mavjud.

Jamiyat oldiga qo’ygan umumiy maqsad ko’rsatkichlari falsafaning umumiy qonuniyatlari hamma uchun eng umumiy metodologik asosdir.

Har bir sohada mavjud maqsad ko’rsatkichlari bilan faqat shu sohada hukm suruvchi qonuniyatlar shu sohada faoliyat ko’rsatuvchilar uchun umumiy metodologik asos hisoblanadi.

Muayyan faoliyatning eng umumiy, umumiy maqsad ko’rsatkichlari va qonuniyatlari bilan birga shu faoliyatning ichida qisqa muddatli maqsad ko’rsatkichlari va tarmoq qonuniyatlari ham bo’ladi. Ularga amal qilish xususiy metodologiya deyiladi.

Odamlar faoliyat ko’rsatish jarayonida o’z ishlarini eng umumiy, umumiy va xususiy metodologiyalardan birday kelib chiqqan holda amalga oshiradilar. Aks holda qilgan harakatlari zoe ketadi.

Usul, uslub va metodologiya tushunchalariga umumfalsafiy ta'rif berib chiqqanimizdan so’ng ularninng o’quv jarayonida ishlatilishini ko’rib chiqamiz.

Insonning boshqa mavjudotlardan farqi-uning o’z oldiga maqsad qo’yib, maqsad sari harakat qilishidir, deb ta'kidladik.

Tabiiy savol tug’iladiki, bu maqsadlar qayoqdan paydo bo’ladi? Javob: har qanday maqsad alohida bir shaxs, ijtimoiy guruh yoki millatninng ehtiyojidan kelib chiqadi.

Inson bioijtimoiy mavjudot bo’lganligidan uning biologik ehtiyoji barobarida ijtimoiy ehtiyoji ham mavjud.

Biologik ehtiyojlar kishining biologik tabiatidan kelib chiqadi. Tirik mavjudot sifatida hayotni saqlab qolish uchun talab etiladigan zaruriy ehtiyoj biologik ehtiyoj deyiladi. Bularga eb-ichish, nafas olish, xavf-xatardan saqlanish, nasl qoldirish kabilar kiradi.

Ijtimoiy ehtiyojga kishining ijtimoiy taraqqiyoti natijasida vujudga keladigan fikr yuritish, fikr almashish, bilim olish, mehnat qilish, zavqlanish sevish va sevilish kabi ehtiyojlar kiradi.

Ehtiyojni qondirish ustida ma'lum vaqt fikr-mulohaza yuritilgandan keyin ehtiyoj yoki inkor qilinib bostiriladi, yoki unga etishish maqsad qilib qo’yiladi.

Maqsad va uning ko’rsatkichlari aniq bo’lgandan keyin, unga etishish usullari tizimi izlab topiladi va harakat boshlanadi. Shunda maqsad ko’rsatkichlari bilan harakat paytida o’z mavjudligini namoyon qiluvchi qonunlar yig’indisi ushbu faoliyatning metodologik asosini ya'ni amal qilinishi shart bo’lgan tamoyillar majmuini tashkil qiladi.

Har qanday jamiyatning eng umumiy maqsadi bo’ladi. Uni milliy g’oya deyiladi.

O’zbekiston Respublikasi xalqlarining asosiy maqsadi huquqiy demokratik davlat barpo etish hamda odil fuqorolik jamiyatini shakllantirishdir.

Bunday davlat va jamiyat sifatlarini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar bo’ladi. Ular falsafaning eng umumiy qonuniyatlari bilan birgalikda jamiyat a'zolarining barcha faoliyatiga, shu jumladan, ta'lim-tarbiya sohasidagilarga ham, eng umumiy metodologik asos vazifasini bajaradi.

Kishi o’z faoliyatida eng umumiy tamoyillarga amal qilishi bilan birga muayyan bir sohaning umumiy maqsad va qonuniyatlariga tamoyil sifatida suyanadi, degan edik.

Pedagogik jarayonning umumiy metodologiyasi soha oldiga qo’ygan maqsad ko’rsatkichlari bilan didaktikaning umumiy tamoyillaridir.

Pedagogika sohasining umumiy maqsadi jamiyatning eng umumiy maqsadi, yani g’oyasidan kelib chiqib, ajralmas qismi hisoblanadi.

Maorif sohasining umumiy maqsadi huquqiy demokratik davlat hamda odil fuqarolik jamiyati talablariga javob beruvchi kishini tarbiyalab berishdan iboratdir.

O’zbekistonda mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, erkin, ma'rifatli va demokratik davlat fuqarolari quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishlari kerak: aqlli, mustaqil fikr yurita oladigan; odobli, millatimiz to’plagan barcha fazilatlarga ega; mehnatsevar, mehnat kishini ijtimoiy ehtiyojlariga aylanganligi; bilimli, diniy, dunyoviy va fazoviy bilimlarni ko’p va chuqur egallab olib, ularni hayotga qo’llay olishi;

jismoniy-sog’lom, ruhiy va ijtimoiy salomat; milliy g’ururga ega-ajdodlarimizning moddiy va ma'naviy meroslarini egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyitishga hissa qo’shuvchi; vatanparvar, vatan uchun xalq uchun fidokorona mehnat qiluvchi, ularni muxofaza qila oluvchi va zarur bo’lsa ular uchun jonini qurbon qiluvchi; baynalminal, o’z millati qatorida boshqa millatlarni hurmat qiluvchi; insonparvar inson zotiga faqat yaxshiliklar yo’llovchi va ular uchun ezgu ishlar qiluvchi; jasur va shijoatli - har bir ishiga mardona kirishib, uni shijoat bilan oxiriga etkazuvchi.

Bu o’nta ijtimoiy sifat jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan davlat buyurtmasi bo’lib, ta'lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir inson ulardan umumiy metodologik asos sifatida foydalanishi kerak. Bu umumsohaviy metodologiyaning birinchi qismi hisoblanadi.

Umumiy metodologiyaning ikkinchi qismini o’qituvchi (pedagog) larga yaxshi tanish bo’lgan didaktika tamoyillari tashkil qiladi.

Ularga: ta'lim-tarbiya jaryonida ta'lim oluvchi diqqatini berilayotgan bilimga qaratib, uni jarayon oxirigacha saqlab turish; har bir bilimni ilmiy asoslab berish; bilim berishda o’quvchi (talaba) ning imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish; bilim berishda mumkin qadar ko’proq ko’rgazmali vositalardan foydalanish; bilim berishda muntazamlilik va davomiylikni saqlash; o’quv jarayonini mehnat jarayoni bilan qo’shib olib borish; ta'lim va tarbiyaning tizimli, izchil bo’lishi va uning birligi tamoyillari kiradi.

Har bir faoliyatning eng umumiy, umumiy metodologik asoslari bilan bir qatorda xususiy metodologiyasi ham mavjud. Bizning misolda, bu muayyan o’quv predmeti, muayyan mavzu va muayyan darslarni o’tishga kutilgan maqsad ko’rsatkichlari bilan pedagogik texnologiyaning besh tamoyillari hisoblanadi.

Pedagogik jarayonda amal qilinishi shart bo’lgan uch turdagi metodologik asosni ko’rib chiqdik. O’quv jarayoni bilan shug’ullanuvchi har bir o’qituvchi (pedagog), tarbiyachi va boshqalar ushbu uch metodologik asosning hammasiga birday amal qilishi shart. Faqat shundagina ular kutilgan natijaga erishishi mumkin.

Pedagogik texnologiya quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- o’quv-tarbiyaviy jarayonda o’quv-texnik vositalari ob’ekt va usullaridan maqsadli foydalanishi;

- pedagogik jarayonda muloqot tizimini to’g’ri tashkil etish va pedagogik ma'lumotlarni taqdim etish;

- o’quvchilarning bilim olish jarayonini boshqarish tizimi (o’zlashtirish faoliyatidagi boshqaruv tizimi);

- belgilangan masalani echish maqsadida pedagogik jarayon uslub va vositalarini shakllantirish;

- o’qish va tarbiya jarayonini rejalashtirish;

- bir-biriga bog’liq g’oyalar tizimi, insonlar faoliyatini tashkil etish vositalari, ta'lim maqsadiga erishish resurslarni ichiga olgan yaxlit integrativ jarayon;

- pedagogik tizimni texnologik loyihalash.

Ta'lim jarayonini amalga oshirish va baholashni rejalashtirishda quyidagi mezonlarga tayaniladi:



1.Konseptuallik: har bir pedagogik texnologiya o’z tarkibida falsafiy, psixologik, didaktik, ijtimoiy pedagogik asosni qamrab olgan aniq ilmiy konsepsiyaga tayanishi lozim.

2.Tizimlilik: Pedagogik texnologiya hamma o’zaro bog’liq qismlardan iborat tizimning mantiqiy jarayoni belgilariga ega bo’lishi va yaxlit bo’lishi lozim Pedagogik texnologiya o’quvchilarning rivojlanishi, ijodiy shug’ullanishining metod, vositalarini, tafakkur rivojini o’rganadi, qiyinchiliklarni engishga o’rgatadi.

O’quvchilarda o’quv materialini tushunishiga, muammoli izlanishning yangi shakllarini egallashlariga imkon beradi. Bilish izlanish jarayonini boshqarishni ta'minlaydi.

Jarayonning mazmun-mohiyati uning qismlarining uzviy bog’liqligi, yaxlitligidan iborat.

3.Samaradorlik.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar raqobatli shartlar asosida mavjud bo’lib, natijalar bo’yicha samara berishi, optimal harakatli bo’lishi va ta'limning ma'lum bir standartlarini kafolatlashi shart.



4.Qo’llanuvchanlik.

Pedagogik texnologiya bir xil ta'lim muassasalarida boshqa subektlar tomonidan ham qo’llanilish imkoniyatini beradi.

Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari.

har qanday umumpedagogik ta'lim texnologiyasi falsafiy asosga ega.

Biroq o’qitish metodi va vositalarida falsafiy asosni topish qiyin. Qo’ida g’oya nuqtai nazaridan bir-biriga zid bo’lgan texnologiyalarda ham bir xil metodlar qo’llanilishi mumkin. Shuning uchun ham texnologiyaning o’zi o’zgaruvchan bo’lib, u yoki boshqa falsafiy asosga moslashishi mumkin.

Pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yo’li aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta'lim oluvchi bilan muntazam o’zaro aloqani o’rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta'lim oluvchining xatti-harakati orqali o’qitishdir. O’zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o’quv jarayonini to’liq qamrab olishi kerak. Shu fikrni batafsil ko’rib chiqaylik.

Pedagog odatda o’z oldiga o’quvchilar uchun materialining mazmunini tushunib, o’zlashtirib olishsin, ma'lum bilimlarni egallab amaliyotda qo’llashga o’rgansin degan maqsadni qo’yadi. Lekin o’zlashtirish, tushunish, qo’llash nimani anglatadig’

Pedagog o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishganligini qanday biladi?

Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo’lgandagina, pedagog o’zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan uslublari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Odatdagi o’qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.

Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, o’quv jarayoniga majmui sifatida yondoshishdir. Bunda ta'lim tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o’zaro funksional bog’liqlikda, bir butunlikni, yangi pedagogik jarayon majmuni tashkil qiladi. Pedagogik jarayon majmuini muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirish pedagogik texnologiya deyiladi.

Pedagogik texnologiyaning an'anaviy uslublardan asosiy farqi uning to’la-to’kis majmular nazariyasi qonuniyatlaridan kelib chiqqanligidandir.

Pedagogik texnologiyaning avvalgi uslublaridan afzalligi, uning ta'lim jarayonini bir butunlikdan ko’rib, ta'lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari hamda ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchilarni majmuga keltirib ta'lim bosqichlarini loyig’alab ta'lim jaraenini nazorat qilish va ta'lim natijalarini bag’olash kabi qismlarini o’zaro uzviy bog’lab majmuga keltirib turib, uning loyig’asini tuzishdadir.

Uning an'anaviy uslublaridan yana bir farqi, u talabalarning o’zlaricha berilgan bilimni edlab olib aytib berishga emas, balki ta'lim va tarbiya jaraenining yakunida amaliy ishlarni bajarishiga yo’naltirilganligidadir va uning yordamida o’quv jarayoni tashkil etilganda dars natijasi bilim beruvchining pedagogik mahoratiga bog’liq emasligidadir. Ilmiy asoslanib, yaxshi loyihalashtirilgan pedagogik texnologiya bo’yicha har qanday o’qituvchi ham a'lo bo’lmasada yaxshi dars o’tadi. Chunki pedagogik texnologiyani pedagogik olim, metodist yoki ilg’or tajribali o’qituvchilar tuzadi, shu bois ularning pedagogik mahorati pedagogik jarayon loyihasida o’z ifodasini topgan bo’ladi. Avvalgidek, «darsdan ko’zlangan maqsadga ob'ektiv sabablarga binoan etib bo’lmaydi» yoki «kutilmagan omillarga binoan dars buziladi» va shunga o’xshash gaplarga pedagogik texnologiyadan o’rin yo’q.

Pedaogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan xususiyatlardan va majmular nazariyasining qonuniyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagi kengaytirilgan ta'rifni beramiz. Pedagogik texnologiya, bu – jamiyat eg’tiejidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jaraenini majmui sifatida ko’rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo’lgan o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari erdamida o’quvchi talabalarga ma'lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikdan ko’rsatgan ta'sirini nazarda tutuvchi va ta'lim natijasini bag’olab beruvchi texnologiyalashgan ta'limiy tadbirdir.

Pedagogik texnologiyaning avvalgi uslublardan afzalligi, u ta'lim jaraenini, birbutunlikda ko’rib, ta'lim maqsadi, uning mazmunini, bilim berish usullari va vositalari g’amda ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchilarni majmuga keltirib, ta'lim bosqichlarini loyig’alab, ta'lim jaraenini nazorat qilish va ta'lim natijalarini bag’olash kabi qismlarini o’zaro uzviy bog’lab majmuga keltirib turib, uning loyihasini tuzilishidir.

Pedagogik texnologiyaning ta'lim sohasidagi mexanizmlari quyidagilardir:

- ta'lim muassasalarida ijodiy muhit yaratish, ilmiy pedagogik xodimlar orasida tashabbuskorlik va yangilikka bo’lgan qiziqishni oshirish;

- ta'lim sohasidagi ijodkorlikni, yangiliklarni qabul qilish va keng yoyish uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish;

- izlanuvchanlik faoliyatini rag’batlantirish, uni har tomonlama qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini ishga solish;

- nisbatan istiqbolli yangiliklarni, samarali loyihalarni amalda harakatdagi ta'lim tizimiga joriy etish, to’plangan yangilik va tajribalarni doimiy harakatdagi umumta'lim tizimi rejimiga singdirish.

Shu bois mamlakatimizda ta'lim tizimini takomillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimini yaratish umumdavlat siyosatining muhum tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta'lim tizimini isloh etish asosida, jamiyatning rivojlanishi talablarini hisobga olgan holda, etuk mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilgan. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda, o’quv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qo’llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish zarur.

Jamiyatnin har bir faol fuqarosi XXI asr bo’sag’asida turar ekan, o’tgan yillarni baholashga va kelajak hayotining turli qirralarini belgilab olishga urinishlari tabiiydir. Ta'lim sohasida ham bunday ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlariga, balki madaniy sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqazo etmoqda. Shu boisdan bugugi kunning dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya hisoblanadi.

Ta'lim-insonlar faolligini belgilaydigan muhum bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta'lim tizimida inson faoliyati bilan bog’liq ko’pgina muammolarni hal etish zarur. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnik jarayonning o’zgarishi bilan bog’liq holda ta'lim nazariyasini yaratish, ya'ni fanni jamiyatning faol, samarali ishlab chiqarish kuchiga aylantirish orqali amalga oshirish mumkin.

Pedagogik texnologiyaning ta'limdagi amaliylik hamda tashkiliy-uslubiy imkoniyatlarini amalga oshirishga yunaltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida hayotga tadbiq etilishi butun jahon pedagoglarining unga e'tiborini kuchaytirmoqda. Bu yunalishga turlicha qarashlar mavjud, ba'zi pedagoglar pedagogik texnologiyada ta'limni tabaqalashtirish vositasini ko’rmoqdalar, boshqalarini kam mehnat sarflab yo’qori natijalarga erishish imkoniyatlari, pedagogik texnologiyada barcha ta'lim oluvchilarni oldindan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga etkazish mumkinligi qiziqtirmoqda.





Download 277.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Download 277.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.2. Pedagogik texnologiyalarning nazariy va metodologik asoslari

Download 277.5 Kb.