Pedagogik texnologiyaning tuzilmasini quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin




Download 277.5 Kb.
bet8/23
Sana01.08.2021
Hajmi277.5 Kb.
#16725
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasini quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin:


MAHSULOT




TEXNOLOGIYA


O’QUVCHILAR


O’QITUVCHI



TOPSHIRIQLAR

1-rasm. O’qitish texnologiyasi tuzilmasi.


Hozirgi davr ta’lim nazariyasida pedagogik texnologiya tushunchasiga keng urg’u berilmoqda. Pedagogik texnologiyaning mazmuni o’qituvchi tomonidan o’quvchiga aqliy, ruhiy, axloqiy jihatdan turli usulda ta’sir o’tkazishdan iboratdir

O’zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.

Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat berganlar. Bu pedagogik faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’g’risida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r istidodga ega; yomon ishlardan o’zini chetda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar4». Uning fikricha, «Ta'lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga berilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga berilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar5».

Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra sub'ektiv xususiyatga ega, ya'ni, har bir pedagog ta'lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat'iy nazar pedagogik texnologiyalar:

- pedagogik faoliyat (ta'lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;

- o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi;

- o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta'minlashi;

- o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;

- o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;

- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik goyalarining ustuvorligiga

O’qituvchining faoliyati mezonlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:


- o’rganilayotgan mavzuga oid nazariy va amaliy masalalar va uni yechish usulining tizimli tarzda taqdim etilishi;

  • mavzularning kema-ketligi, mantiqiyligi, bosqichma-bosqich bayon etilishi;

  • o’quv jarayonining har bir bosqichida ishtirokchilarningo’zaro harakat usullarining ko’rsatilishi;

  • o’qituvchining eng samarali o’qitish vositalaridan foydalanishi;

Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiya jarayonlari, ta`lim usuli, vositalari, shakllari, o’qituvchi va tahsil oluvchi o’rtasidagi munosabatlar majmui bo’lib, ta`lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o’zida ta`lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va ob`ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi .

Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.

Pedagogik texnologiya fan sifatida ham, shuningdek, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan prinsiplar, yo’l va usullar sifatida ham shakllanib kelmoqda.

Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va umuminsoniyliktamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi.

O’zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.

Pedagogik texnologiyani pedagog olimlar turlicha ta’riflashadi.

T.S.Nazarova ta`rificha: «Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’quv jarayonida qo’llaniladigan usullar, vositalar majmuidir»6

Nufuzli YUNESKO tashkiloti ma`qullagan ta`rif bo’yicha «Pedagogik texnologiya - ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning ta`sirini inobatga olib, o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning tizimli metodidir»7

“Pedagogik texnologiya” tushunchasining tarixiy shakllanishi va rivojlanishida turlicha yondashishlar mavjudligini pedagogika fanlari doktori professor Nurali Saidaxmedov ushbu sohaning etakchi mutaxassisi sifatida muammoni yoritayotgan olimlarning g’oyalarini fikrli ravishda 3 guruhga ajratib, quyidagicha izohlaydi:

-ba'zi olimlar masalaga “pedagogikadagi zamonaviy yo’nalish” deb an'anaviy yondashadilar va o’z imkoniyatlari doirasidagi muammoga ilk bor qo’l uradilar (X.Abdukarimov, K.Zaripov, T. Nazarov, U.Nishonaliev);

-boshqa guruh tarafdorlari ta'limning bugungi ahvoliga qayg’uradilar va uni inqirozdan qutqaruvchi kuch, texnologiyalashtirish deb qaraydilar.(I.Ya.Lerner, F.Fradkin, Dj. Bruner, T.Sakamota);

-uchinchi guruh olimlari texnollashtirishni ob'ektiv jarayon deb yangicha sifatiy muammolarni echish uchun ta'limning evolyutsion bosqichga ko’tarilish shartlaridan biri ekanligini e'tirof etadilar.(V.P.Bespalko, M.V.Klarin, M.Klark, T.A.Ilina).

Ko’rib chiqilgan barcha yo’nalishdagi qarashlarda an'anaviy pedagogik texnologiyadan ma'lum darajada chekinish va pedagogik texnologiyaga texnik rivojlanish taraqqiyoti nuqtai nazaridan qarash g’oyasi mavjudligi seziladi. Shuningdek, yangi pedagogik texnologiyalarga shaxsni rivojlantirish jarayoni shaxsga yunaltirilgan ta'lim deb qarash mujassamlashgan.Zero, mustaqillik va demokratik rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlakatimizning bosh vazifasi ham ta'lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyalashdan iboratdir. Ma'lumki, o’quv jarayoni texnologik tayyorgarlikning asosi hisoblanib barcha operatsiyalar, o’qitish jarayoni orqali amalga oshiriladi.

O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: «Pedagogik texnologiya- bu o’qituvchi tomonidan o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir». 8

Yirik pedagog olimlarimizdan biri M.Ochilov pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: «Pedagogik texnologiya- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta`lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir».90 U pedagogik texnologiyaga ta`lim usuli, ma`lum ma`noda ta`lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb qaraydi. «Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiyaning ob`ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o’quv jarayonlari, ta`lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb ta`rif beradi.

Ko’rib turganimizdek, «pedagogik texnologiya» tushunchasini ta`riflashda hali yagona fikrga kelinganicha yo’q.

Pedagogik texnologiya – ta`lim-tarbiya jarayonlari, ta`lim usuli, vositalari, shakllari, o’qituvchi va tahsil oluvchi o’rtasidagi munosabatlar majmui bo’lib, ta`lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o’zida ta`lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va ob`ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi .



Download 277.5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 277.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyaning tuzilmasini quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin

Download 277.5 Kb.