Kompyuteringizning samarali ishlashi protsessorning sifatiga va qanday turkumga
kirishiga ham bog’liq. Kompyuter sotib olayotganda to’g’ri protsessorni tanlash
chuqur texnik bilimni talab qiladi, shuning
uchun men bu maqolamda
protsessorning, asosan, qaysi xususiyatlariga e’tibor berish kerakligini aytib
o’taman. Bular protsessorning tezligi (частота-frequency), nechta yadrosi borligi,
brend (qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgani) va kesh xotirasi kabi
xususiyatlaridir.
Protsessor (inglizcha: "central processing unit" yoki CPU)
kompyuter
tizimining bosh qismi bo'lib, ma'lumotlar va komandalarni bajarish uchun xizmat
qiladi. Protsessor, kompyuterda ma'lumotlarni
amalga oshirish, hisoblash,
o'zgaruvchanlar bilan ishlash va boshqa operatsiyalarni bajarish uchun elektronnii
xisob-kitoblarni ishlatadi. Quyidagi prossessorni tushunish uchun asosiy
tushunchalarni ko'rib chiqamiz: