|
Guruh: 106 Talabaning F. I. Sh
|
bet | 1/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #126560 |
Bog'liq Virtual olam jozibadorligiga qaramlik va uning oqibatlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAXSUS PEDAGOGIKA VA INKLYUZIV TA’LIM FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
Ta’lim yo‘nalishi: Logopediya
Guruh: 106
Talabaning F.I.Sh: Saidova Sevinch
Mavzu: Virtual olam jozibadorligiga qaramlik va uning oqibatlari
Fan nomi: Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
TOSHKENT-2023
Kalit so‘zlar: internet, virtual olam, kompyuter o‘yinlari, terrorizm, kommunikatsiya, ota-onalar va yoshlar.
Maqsad: Virtual olamga qaram bo‘lish sabablari va uning oqibatlari haqida ma’lumot berish.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik sabablari
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikning salbiy oqibatlari
Xulosa
KIRISH
Bugungi dunyo, bugungi davr shu darajada rivojlanib, taraqqiy etib bormoqdaki, inson aqli, tafakkuriga tan bermasdan iloji yo‘q. Darhaqiqat XXI asrni ham ilm-fan va texnologiyalar rivojlangan asr desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kommunikatsiya vositalari ham shu darajada mukammal rivojlandiki, uzoq masofadagi yaqinlar bilan aloqa qilish osonlashdi. Bundan tashqari ko‘pchilik insonlar uyidan chiqmagan holda ishlash imkoniyati, yoki turli xil ajoyib o‘yinlar o‘ynash, eng yangi va eng sara kinolarni ko‘rish, yangi xit musiqalardan bahramand bo‘lish esa oddiy hol bo‘lib qoldi. Bundan imkoniyatlarni texnologiya va kommunikatsiya vositalarining eng katta yutug‘I bo‘lmish “Internet” hadya etmoqda.
|
| |