Guruh: 106 Talabaning F. I. Sh




Download 1.42 Mb.
bet2/5
Sana22.12.2023
Hajmi1.42 Mb.
#126560
1   2   3   4   5
Bog'liq
Virtual olam jozibadorligiga qaramlik va uning oqibatlari
10-sinf Olimpiada savollari javobli, elektr-tarmoqlari-elementlarida-quvvat-va-energiya-isroflari-1, 1, Великие мыслители Средней Азии о воспитании гармоничного и всесторонне развитого поколения-111, 7 sinf kimyo, Moslashuvchan RDB tizimni tuzishning asosiy printsipi, Давлат мукофоти, 7-sector 12.01, Namunaviy-odob-ahloq-31.08.2023-282-б, portal.guldu.uz-Kolloid kimyo, 18709-2-Mustaqil ish mavzulari. (1)
ASOSIY QISM.
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik internetga qaramlik alomatlaridan biridir. Internetga qaramlik fenomenini tadqiqotchilar bir necha marta tavsiflab berishdi. Bunda olimlar ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikni alohida guruhga kiritishadi — «kiber-munosabatlar»ga qaramlik: chatda, telekonferensiyalarda aloqada bo‘lish, oxir-oqibat, haqiqiylari o‘rniga virtual do‘st va oilalarni almashtirishigacha olib kelishi mumkin. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, qidiruv, muloqot, virtual flirt, shuningdek, eski tanishlar, sobiq kursdosh va sinfdoshlari hayotidagi fotosuratlarni tomosha qilishga sarflangan vaqt ko‘p hollarda xodimlarning ish vazifalarini bajarishga ketadigan muddatdan oshib ketadi. Oqibatda ayrim tashkilotlar xodimlariga ish paytida ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlab qo‘yishadi. Lekin uyda bunday muloqotga hech kim ham xalaqit qilmaydi. Shu bois muammo butunlay bartaraf etilmaydi. Bunday qaramlik darrov rivojlanmaydi. Giyohvand moddani bir, ikki, uch marta sinab ko‘rdingizmi — tamom, u sizni o‘z domiga tortaveradi. Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik esa oylab, gohida yillab shakllanishi mumkin. Dastlab odam kuniga bir marta o‘z akkauntiga kiradi, bir haftadan so‘ng — kuniga bir marta kira boshlaydi, qarabsizki, bir necha oydan so‘ng asosiy ishini yig‘ishtirib qo‘yib, soatiga bir necha martalab o‘z sahifasini yangilashga o‘tadi. Ishi bevosita kompyuter bilan bog‘liq kishilar hatto ish joyida ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘z profilidan chiqmaydi (albatta, rahbariyat bunga ruxsat bersa bo‘lgani). 5 yil ko‘rmagan tanishimizning telefon raqami bo‘la turib, unga qo‘ng‘iroq qilish o‘rniga 100 ta fotosuratini tomosha qilishning bizga nima keragi bor? Ehtimol, bu vaqtni chet tilini o‘rganish, ota-ona, turmush o‘rtoq yoki farzandlar bilan suhbatlashishga sarflaganimiz yaxshiroqdir? Yoki to‘yguncha uxlasak-chi (negaki ijtimoiy tarmoqlarni deb uyqusidan ham voz kechadiganlar yo‘q emas oramizda). Ijtimoiy tarmoqlar foydali ishga sarflashimiz mumkin bo‘lgan nihoyatda ko‘p vaqtimizni havoga sovuradi.
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. Internet tizimi 20-asrning 60- yillarida paydo boʻldiInternetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. Internetni hozirda biz boshqacha nom bilan, ya’ni real hayotdan butkul o‘zgacha olamni namoyon qila olganligi sababli virtual olam deb atay boshladik.

Download 1.42 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.42 Mb.