Guruh: 106 Talabaning F. I. Sh




Download 1.42 Mb.
bet4/5
Sana22.12.2023
Hajmi1.42 Mb.
#126560
1   2   3   4   5
Bog'liq
Virtual olam jozibadorligiga qaramlik va uning oqibatlari
10-sinf Olimpiada savollari javobli, elektr-tarmoqlari-elementlarida-quvvat-va-energiya-isroflari-1, 1, Великие мыслители Средней Азии о воспитании гармоничного и всесторонне развитого поколения-111, 7 sinf kimyo, Moslashuvchan RDB tizimni tuzishning asosiy printsipi, Давлат мукофоти, 7-sector 12.01, Namunaviy-odob-ahloq-31.08.2023-282-б, portal.guldu.uz-Kolloid kimyo, 18709-2-Mustaqil ish mavzulari. (1)
Kompyuter o‘yinlari — yigirmanchi asr mo‘jizasi bo‘lib, ular kutilmagan holda dunyoga keldi, ularning paydo bo‘lishini hech kim bilmagan edi. Koinotga parvozlar ham oddiy inson xayoliga kelmagan, ammo ular to‘g‘risida fantast yozuvchilar orzu qilib, o‘z xayolot dunyosida yetilgan ijod namunalarini yaratganlar, biroq ularni yuz yillardan keyin paydo bo‘ladi deb hisoblagandilar. Kompyuter o‘yinlari to‘g‘risida esa hatto xayolga ham kelmagandi. Bugungi kunda kompyutеr o‘yinlari faqatgina o‘yin emas, balki madaniyat, bilim, ta’lim va tarbiya masalalari targ‘ibotchisiga aylandi. O‘yinlar sahnaga, kartinalar ko‘rgazmasiga yoki kitob sahifasiga o‘xshamaydi, ammo xuddi shular kabi zamonaviy ma’naviyatni, axloqiy xususiyatlar, xayollar, orzu va tasavvurlarni ifoda etadi.
Kompyutеr o‘yinlari insonlarga xayollar va orzular olamiga kirish imkonini bеradi. Ilgari hеch qachon haqiqiy bo‘lmagan olamga bunday chuqur kirib borish va unda ishtirok etishning shunchalik katta erkinligiga ega bo‘lish mumkin bo‘lmagan. Kompyutеr o‘yinlarining intеrfaolligi uning kino, tеatr va kitoblardan ustunlik jihatini namoyon etadi: o‘yinlar hamkorlikdagi faoliyatga chorlaydi, o‘yinchi passiv kuzatuvchi bo‘lib qolishi mumkin emas, ya’ni u sodir bo‘layotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatadi.
Hеch qachon o‘zi his qilmagan insonga virtual olam o‘yinlarida mavjudlik hissi nima ekanligini tushuntirish qiyin. Ko‘pchilik o‘yinchilar yarim soat o‘yindan so‘ng o‘yin qahramoni bilan bir insonga aylanishlarini aytadilar. O‘yinchi insonligicha qoladi, ammo atrofi xona emas, balki umuman boshqa olamga aylanadi. Shu olamni u o‘yindan tashqari hayot — haqiqiy hayot kabi aniq his etadi.
Kompyutеrdan tashqari virtual olamda mavjudlik hissini yaratishning boshqa usullari ham mavjud. Ular juda ham ko‘p bo‘lib, ba’zi mamlakatlarda milliy muammoga aylangan. Bugungi kunda aynan kompyutеrning ongga ta’sir etish xavfi yuzaga kelishining oldini oluvchi hamda undan o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasiga ijobiy ta’sir etuvchi ta’limiy kompyutеr o‘yinlari ham mavjuddir.
2 . Virtual suhbatlarning salbiy omillari.
Yaqindagina ota-onalar bolalarning kompyuter o‘yinlariga berilib, ularga bog'lanib qolishlari xavfidan cho‘chib, oldini olishga harakat qilgan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo‘shildi. Bolalar va o‘smirlarning hovli va ko‘chalardagi muloqotlari hozirda haqiqiy hayotdan asosan, aynan, cheki-chegarasi yo‘q ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi. Mazkur muloqotlar bolalarga shunisi bilan ham qiziqroqki, avvolo, tarmoqda o‘zlariga ko‘proq «do‘st» orttirish imkoni mavjud. Tarmoqda muloqot qilarkan, bolalar o‘zlarini omadli bola qilib ko‘rsata oladilar. O‘zgalar rolida o‘zlarini taqdim etib, turli yolg'on dunyolarga berilib ketadilar. Uyatchang va tortinchoq bolalar uchun ehtimol tarmoqdagi muloqotlarning foydali jihatlari bordir, vaqti kelib, haqiqiy hayotda bu muloqotlar o‘z samarasini berishi ham mumkin.
Virtual «do‘stlari» orasida yomon niyatli kimsalarga duch kelish xavfi va ular bilan haqiqiy hayotda uchrashishlari, ishonuvchan odatlariga ko‘ra begonalar bilan dildan suhbatlashishlari xavfini alohida ta'kidlashlari zarur. Bunday muloqotlar ko‘pincha kiberjinoyatchilar uchun juda qulay sharoit ekanligini har bir o‘smir bilmog'i lozim. Ommaviy tarqatiladigan spam, iltimos bilan murojaat etiladigan SMS xabarlar, allaqanday shubhali «Tanlov»lar haqidagi e'lonlarga ishonmaslik — umuman, kompyuterga zanjirsiz bog'lanib, butun hayot yo‘lini qora dog' bilan bulg'ashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli axborotlarga aldanmaslikni onglariga singdirish zarur.
Ayniqsa ushbu o‘smirlarni ishonuvchanligidan turli xildagi diniy ekstremistik jinomiy guruhlar bolani mafkurasiga o‘zlarining yod g‘oyalarini singdirib, ularni jinoiy ishlarni bajarishga undaydi. Ular terrorchilar deb atalib, virtual suhbatlarda bolaning psixologiyasiga ta’sir o‘tkazadi va o‘smirlar qanday qilib ularning changaliga tushib qolganini afsuski bilishmaydi.

Download 1.42 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.42 Mb.