• Ip tashlab tikilishi.
  • Ostki ipning uzilishi.
  • Materiallarning qiyin surilishi.
  • Mashinani tozalash va moylash.
  • Baxyaqatorning sifati pastligi




    Download 2.82 Mb.
    bet8/10
    Sana14.09.2022
    Hajmi2.82 Mb.
    #25893
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    DILI OCHIQ DARS 2022
    YYUUUZZZ OCHIQ DARS, alpomish, 6-sinf Science ichkiiii monitoring, Mavzu, Yusupova B.A. 4-sho\'ba (inglizcha), Ismoilov M (3), Ачилов Акмал Джуманазарович doc2322121, Islom huquqida jinoyat va jazo, Modellashtirish ning, Buxoro davlat universiteti islom tarixi va manbashunosligi, fals, Saloxiddinova 2023, O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022, Microsoft Excel, 1-ma’ruza. Bug‘latish jarayoni. Depressiya turlari. BIR KORPUSLI
    Baxyaqatorning sifati pastligi. Baxyaqator bo’sh (iplari yaxshi tortilmagan) bo’lsa, tarang yoki kir bo’lsa, shuningdek, agar iplar «gazlamalar ustida chalishsa» yoki «gazlamalar tagida chalishsa», bunday baxyaqatorlar past sifatli hisoblanadi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun ostki va ustki ipni taranglash kerak.
    Ip tashlab tikilishi. Igna bilan mokining o’zaro harakatlarida sozlik buzilsa ip tashlab tikilishi mumkin. Ip tashlab tikilish sabablarini igna mexanizmidan boshlab aniqlash kerak.
    Ustki ipning uzilishi. Quyidagilar ustki ipning uzilishiga sabab bo’lishi mumkin; ipning sifatsizligi, ipning haddan tashqari tarangligi, ipning noto’g’ri taqilishi, igna raqami ip raqamiga mos kelmasligi, ish vaqtida tushmasligi yoki baxyaning tortilib qolishi, mokining haddan ortiq qizib ketishi, ip yo’naltirgichlarning yomon holatdaligi (qirqilganligi, g’adir-budirligi) yoki ip yo’naltirgichlardan ba’zilarining yo’qligi, igna plastinasi teshigida, moki qurilmasida, tepki tagida qurilgan yoki g’adir-budir joylar bo’lishi.
    Ostki ipning uzilishi. Ostki ip kamroq mashina detallariga tegib o’tadigan bo’lganligi uchun uning uzilishi ustki ipga nisbatan ancha kam bo’ladi. Quyidagilar ostki ip uzilishlariga sabab bo’ladi: naychaning devorlari singanligi yoki ezilganligi, ip naychaga bo’sh yoki notekis o’ralganligi, ip noto’g’ri taqilganligi, moki qurilmasi detallarining ostki ip tegadigan joylari chaqaligi yoki g’adir-budirligi.
    Materiallarning qiyin surilishi. Bu kamchilik reyka yoki tepkining yaxshi ishlamasligidan kelib chiqishi mumkin.
    Igna sinishi. Quyidagi hollarda igna sinishi mumkin: agar igna xarakat vaqtida bironta noto’g’ri turib qolgan detalga tegib o’tadigan bo’lsa, igna balandligi noto’g’ri (pastroq) o’rnatilgan bo’lsa; tepkida, igna plastinasida, mokida siljishlik bo’lsa yoki ular noto’g’ri o’rnatilgan bo’lsa; igna pastligida materiallar surilsa; tikib bo’lgandan keyin materiallarni tepki tagidan ehtiyotsizlik bilan olinsa.
    Mashinani tozalash va moylash. Tikuv mashinasining mexanizmlarini tozalash, moylash ularning aniq va beto’xtov ishlashini ta’minlaydi. Mashinaning hamma joylarini tozalash va moylashda elektr yuritgichni o’chirib qo’yiladi. Yuritma tasmasi olinadi, igna eng yuqori chekka holatga o’rnatiladi. Tepki ko’tarib qo’yiladi va naycha qalpoqchasi chiqarib olinadi. Avval
    mashinaning bosh qismidagi kir va gazlama tuklari tozalanib, detallar latta bilan artiladi. So’ngra mashinani ag’darib qo’yib, platforma tagidagi detallar va taglik artiladi. Moylash ishlari tugagandan so’ng mashinani qo’lda aylantirib, asosiy va uning yengil aylanishi tekshirib ko’riladi, ortiqcha moy latta bilan artiladi. Moy bir tekis taqsimlanishi uchun tepkini ko’tarib qo’yib, mashina bir necha soniya salt ishlatiladi. Mashinada ish boshlashdan oldin gazlama parchasida baxyaqator sifati tekshirib ko’riladi.
    Mashinada bajariladigan ish o’rni ish stoli va uning qopqog’i o’yig’iga o’rnatilgan mashina bosh qismi bilan jihozlangan. Ish stolini ikkita tayanch ushlab turadi.
    Tikuvchining mashina oldida to’g’ri o’tirishi, ish usullarini o’zlashtirib olishi mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi. Tikuvchining gavdasi oldinga sal engashib turishi kerak. Tikilayotgan buyum tikuvchining ko’zidagi 30-40 sm nari turishi, tikuvchining tirsaklari esa stol qopqog’i bilan bir xil balandlikda bo’lishi kerak. Stulning balandligini to’g’ri tanlash katta ahamiyatg ega. Odatda, o’tirg’ich balandligini rostlash mumkin bo’lgan burama stullar ishlatiladi. Tikuvchi mashina bosh qismining ro’parasida o’tirishi, uning ikkala oyog’i pedal ustida turishi lozim. O’ng oyoq kaftini sal oldinroq qo’yish kerak, bunda mashinani asosan o’ng oyoqda yurgizib, chap oyoqda to’xtatiladi. Zo’riqish ham ikki oyoqqa bir xilda taqsimlanib, mashinada ishlash birmuncha osonlashadi. Tikilayotganda tepkini ko’tarish uchun tizza richagi bosiladi, u o’ng oyoq tizzasi balandligida bo’lishi kerak.
    Ish boshlashdan oldin iplarning to’g’ri taqilganligini tekshirish, agar zarur bo’lsa, mashinani moylash kerak. Bunda mashinaning elektr yuritmasi o’chirilgan bo’lishi kerak. Tikayotgan detallar mashina tepkisining chap tomonida bo’lishi lozim.
    Baxyaqator chok boshlanishida va oxirida puxtalanadi. Chok boshlanishidagi baxyaqatorni puxtalash uchun uzunligi 10-15 mm baxyaqator yuritiladi-da, orqaga qaytarish richagi bosiladi, material orqaga qaytadi va xuddi oldingi baxyaqator chizig’i ustidan ikkinchi baxyaqator yuritiladi. Bir-biriga nisbatan burchak hosil qiladigan baxyaqatorlar yuritayotganda baxyaqator uzilib qolmasligiga va ignaning birinchi yuritayotgandagi oxirgi sanchig’i yangi baxyaqatorning birinchi sanchig’iga ahamiyat berish kerak. Materiallar surilib ketmasligi uchun mashinani igna eng pastki holatdaligida to’xtatib, so’ngra tepkini ko’tarib, materialni ma’lum burchakka buriladi. Tepki tushirilib, yangi yo’nalishda baxyaqator yuritila


    Download 2.82 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2.82 Mb.