|
Guruh filologiya va tillarni o’qitish(Ingliz tili) yo‘nalishi
|
Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 15,33 Kb. | | #132130 |
Bog'liq Hisobot kechki last
Farg'ona Davlat Universiteti Chet tillari fakulteti 3-kurs __________ guruh filologiya va tillarni o’qitish(Ingliz tili) yo‘nalishi talabasi ____________________ning malakaviy amaliyot davridagi
HISOBOTI
Men _________________ 20.02.2023 yildan 20.03.2023 yilgacha Farg’ona viloyati _________________-maktabda malakaviy amaliyotda bo‘ldim.
Amaliyotim davomida ___-sinf rahbari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o‘rgandim. O‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo‘ladigan turli o‘qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarning dars davomida qo‘llanishini, shu bilan birga, noan‘naviy o‘qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o‘quvchilar bilan to‘g’ri va samarali aloqa o‘rnatishni o‘rgandim. Maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi _______________ yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanshni, darsni to‘g‘ri tashkillash, mavzuga mos bo‘lgan materiallar, didaktik o‘yinlar, o‘quvchilar bilan birdek ishlashni, ularni darsga jalb qila olishni, o‘quvchilarni rag‘batlantirishni, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rgandim va o‘zim mustaqil ravishda o‘quvchilarga dars o‘tdim. Bunda menga o‘qituvchilardan o‘zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
Malakaviy amaliyotning birinchi va ikkinchi haftasida maktabni tajribali o’qituvchilarini darslarini kuzatdim va dars o‘tish uslublarini o‘rgandim. Malakaviy amaliyot davrida 20 dan ortiq dars o’tdim. Har bir darsni kalendar dars rejaga muvofiq ko‘rgazmali, ilmiy va didaktikaning boshqa prinsiplariga mos ravishda olib bordim. Ingliz tili faniga o‘yinlar va ko‘rgazmali qurollar tayyorladim.
Malakaviy amaliyot davomida amaliyotchi talabalarning 5 tasini darsini kuzatdim, tahlil qildim. O’zimga biriktirilgan ______ sinfida tarbiyaviy soatlarni olib bordim. O’quvchilarning davomati, tartib intizomi, kech qoluvchi o’quvchilarni va tarbiyasi o’gir o’quvchilar bilan suhbatlar olib bordim.To‘g’arak mashg‘ulotlarida qatnashdim.
Ingliz tili fanidan “My future job” mavzusida ma’ruza qildim. Maktabning ma‘naviy-ma‘rifiy va tashkiliy ishlarda o‘qituvchilarga yaqindan ko‘maklashdim, jamoat ishlarida hamda malakaviy amaliyot davomida o‘qituvchilar bilan hamkorlikda guruh ishlarida, tadbirlarda va tarbiyaviy ishlarda faol ishtirok etdim.
Maktab direktori: _______________
Amaliyot rahbari: _______________
Amaliyotchi talaba: _______________
|
| |