• Kalit so’zlar
  • -Mustaqil ta’lim: Taqriz yozish




    Download 405,82 Kb.
    bet2/3
    Sana18.05.2024
    Hajmi405,82 Kb.
    #242958
    1   2   3
    Bog'liq
    AKADEMIK YOZUV FANIDAN ABDUQOODIROV IBROHIMJON AZIZDIN O\'G\'LI

    2-Mustaqil ta’lim: Taqriz yozish.
    Tog’ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" asariga
    t
    aqriz.

    Annotatsiya: Ushbu o’zbek naqadar sodda, tanti xalq bo’lganligi ularni ruslar qo’lida qanchalik ezilganligi, quldek yashagani, o’z haq-huquqi, erkini yo’q bo’lganligi ochib berilgan. Shu bilan birga yozuvchining asar tilining go’zalligi, shuningdek, shevalarni mahorat bilan o’z o’rnida qo’llaganligi yoritilgan.
    Kalit so’zlar: paxta ishi, sovet tuzumi, SSSR, mafkura, oqpodsho, qizillar, kommunizm, Turkiston, istibdod, intiho, bosmachilar.
    О‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shgan, uning rivojida kataiz qoldirgan iste’dodli yozuvchi Tog‘ay Murod kitobxon xotirasida hamisha о‘qib о‘rganishga chanqoq ijodkor, hayotning kо‘plar e’tibor bermaydigan ichki tomonlarini bilishga, kuzatishga doimiy ravishda harakat qilayotgan navqiron adib, shu orqali adabiyotda о‘z sо‘zini aytishga jiddiy kirishgan, о‘z yо‘li, о‘z uslubini tinmay shakllantirayotgan izlanuvchan nosir sifatida qolgan Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida qо‘llangan iboralarning rangbarangligini kо‘rib, ularning asar g‘oyasini, obrazlarning xarakterini ochib berishdagi о‘rni beqiyos ekanligining guvohi bо‘lamiz. “Otamdan qolgan dalalar” sahnaga yakka shaxsni, ayrim insonlar xarakterinigina emas, balki inson qiyofasiga singdirilgan, yana ham to’g’rirog’i, insoniy qiyofa o’rnini egallab olgan, odam bolasini, butun bir millatni o’zi to’g’risidagi tushunchadan mahrum etgan tuzumlar, mafkuralar, davrlar xarakterini, ruhiyati, maqsad va mohiyatini ham olib chiqdi. Xuddi shu tufayli romanning asosiy qahramonlari ismi ortidan bitta odamni emas, kamida bitta tuzumni, kamida bitta millatni, kamida bitta mafkurani izlash to’g’rirog’ bo’ladi va bunga muallif ham ochiq ishora qiladi. “Oqpodsho betini ko’rmayin-da, kuymayin-da” deb pokiza dalasini to’ng’izlarga- kelgindi bosqinchilarga bo’shatib berib toqqa chiqib ketgan va u yerda ham kuchi ketmon chopishgagina yetgan Jamoliddin ketmon asarning haqiqiy qahramoni. “El-yurt shunday deb ayt. El-yurt qizillar ig’vosiga uchmasin. Men qizillarni bitta qo’ymay qiraman” deya yov bilan erkaklarcha kurashib, bug’doyzorda o’ligi qolgan Aqrab (Chayon) XX asr boshidagi Turkiston milliy ozodlik harakatining yetakchisi. Kommunizmga ishonib o’zligini, erkini, haq-huquqini unutgan, nafaqat o’zini, balki oilasini, yaqinlarini ham o’ylamaydigan, SSSR tuzumiga quldek yashagan, keng dalalardan beri kelmagan, sodda, tanti oddiygina Dehqonqul. Aqrabning o’g’li Dehqonqul o’zbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Bu qahramon orqali hayotimizning fojiali qirralarini mahorat bilan yoritib bergan. Bolalikdan qullik zulmiga ko’nikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarini yaxshi saqlanishi, mo’l hosil berishigina saodat. Dehqonqul shu tashvishlar bilan band bo’lib oilasiga, farzandlariga e’tibor bermaydi. Markazdan keladigan mehmonlarga atab bozorlik qiladi, qo’y so’yadi lekin oilasiga kelsa kambag’al bo’lib qoladi. Siyosatdan yiroq bo’lsa ham “Paxta ishi” bilan qamaladi. Shuncha yil qul bo’lib yashagan Dehqonqulning ko’zi endi ochiladi. Hayotning barcha fojialarini o’shanda anglaydi. Dehqonqul obrazi orqali Sovet dehqon qiyofasi
    tasvirlangan. Yozuvchi Tog‘ay Murod roman oxiridagi ilovasida “Men о‘zbek xalqiga haykal qо‘yaman!” - deb bejizga yozmagan edi. Ushbu roman bilan xalqimizga chindan ham katta haykal qо‘ydi. Yozuvchi о‘z asari tilining tabiiyligini
    ta’minlash uchun ham Surxon vohasi shevalari, sо‘zlashuv nutqi shakllari, xalq iboralaridan mahorat bilan foydalangan. Asar juda sodda tilda, haqiqiy dehqon tilidan bayon etilgani tufayli ham unda qо‘llangan jaydari sо‘zlar, birikmalar va iboralar о‘quvchini tezda о‘ziga rom etadi. Tog‘ay Murod asar qahramoni Dehqonqulning sodda, dо‘lvor xarakteriga mos iboralarni topib qо‘llaydi. Yozuvchi qahramonlari tilidan iboralarni ishlatganida, ularning ichki dunyosini, boshqalarga munosabatini ham hisobga oladi. Shuning uchun ham Dehqonqulning onasi uni koyir ekan og‘ir sо‘zlar bilan qarg‘amaydi, balki: “Onamiz ketimdan tosh otib qoladi. - Ha, oshingni yeyin sen tentakni, oshginangni yeyin![1;28]- deydi”. Tog‘ay Murodning asarlarida milliy ruh, qadimiy an’ana va marosimlar, unutilish arafasida turgan qadriyatlarni yoritish alohida о‘rin tutadi. Milliy qadriyatlarimiz kitobxon qalbiga birinchi navbatda tilimiz orqali jo bо‘ladi. Romanda Surxon vohasining sо‘lim qir-adirlari, tanti va mehnatsevar odamlari hayoti, tog‘-u toshlarining betakror manzaralari tasvirlanadi. Tabiat manzaralarini qahramonlar xarakter-holati, kechinmalari bilan uzviy bog‘liq holda tasvirlash - adib asarlariga xos yetakchi xususiyatdir. Asarda tabiat о‘zgarishlari qahramonlar kayfiyatiga qarab о‘zgacha uslubda ifodalangan. Masalan: ”Tulki qiziga tо‘y berdi. Kun qiyalab-qiyalab nur tо‘kdi. Kun sariq-sariq nur tо‘kdi. Kun betini kо‘rib bо‘lmadi. Kun nuriga qarab bо‘lmadi. Olam iliq-iliq bо‘ldi. Olam sariq-sariq bо‘ldi. Havoda oppoq-oppoq bir nimalar uchdi. avolahavola uchdi. Aylana-aylana uchdi. Burala-burala uchdi. Osmon misoli un elaklamish-un elaklamish bо‘ldi. Oppoq bulutlar orasidan kun tо‘kilib-tо‘kilib turdi”[3;105]. “Tulki qiziga tо‘y berdi” [3;45-46]. Ushbu jumlani adib о‘zi о‘ylab topmagan. Bu ota-bobolarimizdan qolgan ibora. Bunday holat osmonda yirikyirik qor parchalari о‘ynoqlab kо‘rinish berganda, quyosh zangori tus olsa ham, о‘z tarovatini yо‘qotmay turgan payt bо‘ladi. Shu manzaraga qarab dehqonlar “Tulki qiziga tо‘y berdi” deyishadi. Tog’ay Murod romanlari adibning qolaversa, milliy adabiyotimizning shunchaki navbatdagi namunalari emas, XX asr aniqrog’I, salkam bir asr davom etgan istibdod nihoyasida maydonga kelgan “Otamdan qolgan dalalar” romani o’sha asr intihosida o’lkada yuz bergan milliy uyg’onish natijasida boshlangan millatning bir necha avlod asl o’g’lonlari- yorqin iste’dodlar qalbini olov bo’lib o’rtagan nido bo’lib yangradi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI:


    1. “MEN QAYTIB KELAMAN” Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida.
    Tо‘plovchi: Ma’suma Ahmedova. –T.: 2008.
    2. T.Murod Otamdan qolgan dalalar. –T.: 1994.
    3. О‘rozov A. T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarining til
    xususiyatlari haqida // Til va adabiyot ta’limi. 2009. 5-son, 45-47-b.


    1. Download 405,82 Kb.
    1   2   3




    Download 405,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mustaqil ta’lim: Taqriz yozish

    Download 405,82 Kb.