O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KI 13-22 (S)
GURUH TALABASINING
Elektronika va sxemalar 1
FANIDAN
4–Mustaqil ishi
Bajardi:
N.Mahamadiyev
Qabul qildi:
X.N.Polvonov
Qarshi-2023
Bipolyar va maydoniy tranzistorlar. Ko’p qatalamli yarim o’tkazgich
asboblar.
Reja:
1. Bipolyar va amydoniy tranzistorlar. Ko’p qatalmli yarim o’tkazgich
asboblar.
2. Maydoniy
tranzistorlar
(MT).
Integral
mikrosxemalar.
Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita r-n o‘tish va uchta elektrod
(tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi.
Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar - elektron –
kovaklarning
harakatiga
asoslangan.
Bipolyar tranzistor r-n-r va n-r-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta yarim
o‘tkazgichdan tashkil topgan (13.1 a va b - rasm). Endilikda keng tarqalgan n-r-
n
tuzilmali
bipolyar
tranzistorni
ko‘rib
chiqamiz.
Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (n
+
- soha) emitter deb ataladi va
u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (r - soha) injeksiyalaydi.
Keyingi chekka soha (n - soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan
kuchsizroq legirlangan bo‘lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan
ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (6.2- rasm). Emitter va baza oralig‘idagi
o‘tish emitter o‘tish, kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa kollektor o‘tish deb
ataladi.
Tashqi kuchlanish manbalari (Ueb, Ukb) yordamida emitter o‘tish to‘g‘ri
yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa – teskari yo‘nalishda siljiydi. Bu holda, tranzistor
aktiv yoki normal rejimda ishlaydi va uning kuchaytirish xossalari namoyon
bo‘ladi.
Agar emitter o‘tish teskari yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa to‘g‘ri yo‘nalishda
siljigan bo‘lsa, u holda bu tranzistor invers yoki teskari ulangan deb ataladi.
Tranzistor raqamli sxemalarda qo‘llanilganda u to‘yinish rejimida (ikkala o‘tish
ham to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan), yoki berk rejimda (ikkala o‘tish teskari siljigan)
ishlashi mumkin.
|