|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 11-15JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume – 6_ Issue-2_May_2022
14
tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshli, imkoniyatlari,o‘ziga
xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli
bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim
muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini
qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday o‘ynayotganini
ko‘radilar, bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining
rejasi va hisobotida
,
kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga
kamida 2 marta borishi kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rangbarang bo‘lib, unda
ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan:
-bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi
qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
-maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to‘g‘risida;
-ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va
umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish
shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.[3]
Xulosa qilib aytgabda bizning MTTda ota-onalar bolalarini tarbiyasiga be`
etibor bolishlari bolani qiziqishi kelajakda qanday yo‘nalishda ketishi, mehir
muhabbat nimaligini bilmasiligi, tarbiyachini onasini orniga qoyishligiga olib
kelyapti,shuning uchun MTT bilan doyimiy aloqada bo‘lishi kera. Hayot huddi oziq
zanjiri kabidir bir joyi uzilsa uni tiklashi qiyin boladi bola shu narsa yuz bersa butin
umir davomida qiyinchilikga uchrashi mumkin shuning uchun ota-onalar bolalarga
be`etibor bolmasliklari kerakdir.
|
| |