• Umumiy holat
  • Kollej direktori_____________Z.G.Ganiyev Ota-ona ________________ O’quvchi __________________
  • O’quvchining majburiyatlari




    Download 28,03 Kb.
    bet3/3
    Sana21.03.2017
    Hajmi28,03 Kb.
    #753
    1   2   3
    O’quvchining majburiyatlari:
    - O’quv yurtining ustavi, kollej va yotoqxona ichki tartib-qoidalariga so’zsiz amal qilish;

    - diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar ekstremistik va shovinistik ko’rinishdagi oqimlarga ergashmaslik;

    - kollej hududida, uning binolarida mutlaqo chekmasliklari, spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik ;

    - xavfsizlik texnikasi, yong’inga qarshi xavfsizlik, gigiena talablarini va mehnat muhofazasi qoidalarini so’zsiz bajarish;

    - kiyinish odobiga to’liq rioya qilishlari, kollej hududida, o’quv binolarida kollej tomonidan talab qilingan o’quvchilik kiyimida bo’lishlari (o’g’il bolalar maxsus forma, qiz bolalar uchun oq kofta qora yubka, qishda klassik shim.) Kollejda ibodat kiyimida, o’rangan holda yurish qat’iy man etiladi;


    - kollej "Axborot-resurs markazi"dan unumli foydalanib, olingan darsliklarni yaxshi holatda saqlash va o’z vaqtida topshirishlari;

    - ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta’lim oluvchi, o’z telefoni abonentinnng chaqiruv ovozini to’liq o’chirib qo’yishi (telefonini «ovozsiz» rejimga o’tkazishi) shart.

    - ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o’chirib qo’yishi;

    - telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo’yishi shart. Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

    a) telefonini bo’yniga osib olish, ko’krak cho’ntaklarida, shim, yubkalari cho’ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

    b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

    v) telefon yordamida atrofdagilarga zo’ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ’ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;

    ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo’ravonlik va vandalizm holatlarni suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo’li bilan zarar etkazish;

    g) o’quv mashg’ulotlari vaqtida telefon orqali so’zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo’natish telefonini stol ustiga qo’yish; musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash; surat va video tasvirlarni ko’rsatishda telefondan foydalanish (o’yinlar bilan shug’ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko’rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish suratga olish va video tasvirga tushirish; telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

    - yuqorida sanab o’tilgan jihozlar o’quvchilar tomonidan dars paytida ishlatilsa, olib qo’yiladi va ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ota-onalarga topshiriladi;

    - Toshkent shahrida, shuningdek Respublika va shahar miqyosida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, sport musobaqalarida tomoshabin sifatida qatnashishlari shart;

    - davlat mulkiga ziyon etkazmaslik, uni ko’z qorachig’iday saqlash, kollej moddiy texnika bazasiga shikast etkazgan o’quvchilar ota-onalari ishtirokida muhokama kilinadi va zararni qiymati ota-ona tomonidan to’lanadi (tiklanadi);

    - Kollej ota-onalar qo’mitasining 2013 yil 11 maydagi yig’ilishidagi qaroriga binoan o’quvchining davomati bo’yicha to’liq ma’lumot olish uchun, o’quvchilarning ota-onalariga kollejda bo’lib o’tadigan majlis, yig’ilishlarni qaerda va qachon bo’lishi haqida ma’lumot etkazib beruvchi SMS-Turniket tizimi yo’lga qo’yildi.

    - 2012 yil 29 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 367-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 4-bo’lim 19-bandiga asosan «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining akademik qarzdorlikka (o’zlashtirmaslikka) ega bo’lgan yoki yuqori bosqichlarda o’quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotidan o’tmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortiq fan bo’yicha “Qoniqarsiz” yakuniy yillik baho olgan) o’quvchilar Pedagogik kengashining qarori bilan kursda qoldirilishi mumkin.

    - kollej xududida o’quvchilar xavfsizligini saqlash va intizomni mustaxkamlash maqsadida :

    - “O’quvchilar turar joyi” Nizomi bilan tanishish va unga to’liq rioya qilish.

    - O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus, Kasb-Hunar Ta’lim Vazirligi, Sog’liqni Saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiyaning 2012 yil 27 dekabr 68/PP, 20,21/PP, 05/PP sonli qarorida ko’rsatilgan asoslarga binoan o’quvchi 1 oydan oshiq kasal bo’lsa, akademik ta’til olishi mumkin:

    - ota-ona yoki uning o’rnini bosuvchi shaxs o’quvchini fuqoroligi o’zgarganligi to’g’risidagi ma’lumotni zudlik bilan kollej ma’muriyatiga xabar qilishga majbur.

    - shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmasa, har ikki taraf ochiq muloqot orqali kamchilik va tartib buzarliklarni bartaraf etish bo’yicha kollej Nizomi doirasida choralar ko’rish huquqiga ega.


    Umumiy holat
    - Ushbu shartnomaning amal qilish muddati o’quvchiniig kollejda o’qishi bilan belgilanadi va har ikki tomon imzolangandan so’ng kuchga kiradi.
    Ushbu shartnoma o’zaro har ikki tomon, ya’ni o’quvchi va kollej huquqlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, ikkala tomonda bittadan nusxasi saqlanadi.


    Kollej direktori_____________Z.G.Ganiyev
    Ota-ona ________________
    O’quvchi __________________
    Download 28,03 Kb.
    1   2   3




    Download 28,03 Kb.