• Mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi
  • Mashgʻulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi
  • Uy vazifa
  • Hamma kasblar kerak, hamma kasblar muhim! Mashgʻulotning ta’limiy maqsadi




    Download 28.01 Kb.
    Sana05.04.2024
    Hajmi28.01 Kb.
    #188580
    Bog'liq
    Hamma kasblar kerak
    9-sinf-informatika-testlar-2, 7-8-Maruza, 4-5-6 Maruza, 5564656, vpn-orqali-masofadan-xavfsiz-kirishni-tashkil-etish, Kirish i-bob. Foyda va unga ta\'sir etuvchi omillar, Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta , 2821 род опл, 26-CHI MAVZU, [27.10.2023 21 43] БУХАРА 1 НУКУС (2) (1), 1-MAVZU. Oʻrta Osiyo xonliklarini Rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari., dfgsdgg, здоровий жизн, gghshs, 1-Amaliy mashg'uloti varyantlari va bajarishga ko'rsatma

    Hamma kasblar kerak, hamma kasblar muhim!
    Mashgʻulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu
    yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
    O‘quvchilarning kasblar to‘gʻrisidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash.
    Mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarda ijodiy hamkorlik
    munosabatlarini shakllantirish. Har bir kasbning shaxs kamoloti va jamiyat
    taraqqiyoti uchun muhim ahamiyati haqida suhbatlashish. Ularni
    mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
    Mashgʻulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Guruhlarda islash
    ko‘nikmalarini rivojlantirish. Kasb tanlashga mulohaza bilan yondashishni
    shakllantirish.
    Mashgʻulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarga kasb
    tanlashda o‘z imkoniyqtlarini to‘gʻri baholay olishga o‘rgatish.
    Mashgʻulot uchun jihozlar: mavzuga oid rasmlar, vatman qogʻozi, rangli
    qalamlar.
    Mashgʻulot turi: hamkorlikda ishlash, bahs-munozara, savol-javob.
    Mashgʻulotning davomiyligi: 45 daqiqa
    O‘qituvchi (boshlovchi) o‘quvchilarni mashgʻulotning maqsadi va uning
    tartibi bilan tanishtiradi. Sinf o‘quvchilari ushta guruhga bo‘linadi. O‘qituvchi har
    bir guruhga o‘zlari yaxshi bilgan va hozirgi kunda jamiyat uchun muhim
    hisoblangan kasblar ro‘yhatini tuzishlari kerakligini aytadi.
    Ro‘yhatdagi kasblar
    soni 12-15 tadan iborat bo‘lishi kerak. Kasblar ro‘yxati vatman qogʻoziga
    yoziladi. Ma’lum vaqt o‘tgach sinf doskasiga ilib qo‘yiladi. Har bir guruhdan bir
    yoki ikkitatadan o‘quvchi taqdimot qilish uchun tanlab olinadi. Ular taqdim
    etilgan kasblar haqida, ularning mazmuni, qo‘llanilishi va ularga bo‘lgan talab
    va ehtiyojlar to‘gʻrisida o‘z fikrlarini aniq ifoda eta olishlari kerak bo‘ladi.
    O‘quvchilar har bir kasbning inson va jamiyat uchun zarur va muhim
    ekanligini tushuntiradilar. Ularning fikrlariga qo‘shilmagan ba’zi o‘quvchilar
    o‘zlarining fikrlarini bildiradilar. Natijada sinfda bahs-munozara vujudga keladi.
    Bu munozarani o‘qituvchi boshqarib boradi. Har bir guruh ishtirokchilari o‘z
    taqdimotlarini yakunlanadi va muhokama qilinadi. So‘ng o‘qituvchi kasblar
    to‘gʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi. Kasblarning jamiyatda va kishi
    hayoti faoliyatidagi ahamiyati, ehtiyoji va zarurligi haqida so‘z yuritadi.
    Masalan, turli sohalardagi kasblarning muhim xususiyatlarini tushuntiradi:
    -qishloq xo‘jaligi sohasidagi kasblar (oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
    chiqarish uchun);
    -sanoat ishlab chiqarishi sohasidagi kasblar (asboblar, dastgohlar,
    uskunalar, dastgohlar va boshqalarni yaratish uchun);
    -maishiy, transport, tibbiy xizmatlar sohasidagi kasblar (do‘konlarda,
    sartaroshxonalarda, kafelarda, transportda, kasalxonada xizmat ko‘rsatish
    uchun);
    -arxitektura va qurilish sohasidagi kasblar (turar-joy binolari, binolar,
    ofislar, sport stadionlari va boshqalarni qurish uchun);
    -aloqa, radio va telekommunikatsiya sohasidagi kasblar (telefon, telegraf,
    radio aloqa, televizion eshittirish, internet aloqalari va boshqalar).
    Taqdimotdan so‘ng har bir kichik guruhdan eng faol o‘quvchilar aniqlab
    olinadi. Eng faol ishtirokchilarga ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar (kitoblar, daftar va
    qalamlar, risolalar, mavzuga oid axborotlarga ega kompyuter disklari) beriladi


    Uy vazifa: Orzuyingizdagi kasb haqida.

    MMIBDO’: ____________________________
    Download 28.01 Kb.




    Download 28.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hamma kasblar kerak, hamma kasblar muhim! Mashgʻulotning ta’limiy maqsadi

    Download 28.01 Kb.