• «KELIShIL DI »
  • DASTURI BUXORO – 2020
  • O’quv ishlari bo’yicha prorektor: dost.Sh.M. Xodjiev Kafedra mudiri : dost. Qurbonov M.T.
  • Elevator va ombor xo`jaligi
  • Omixta yem texnologiyasi
  • Un va yorma ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi
  • D on va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi
  • MAXSUS FANLARDAN KIRISh SINOVLARIGA TAYY O RGARLIK KO’RISh UChUN TAVSIY A ETILADIGAN ADABIY O TLAR
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 46,68 Kb.
    Sana23.11.2020
    Hajmi46,68 Kb.
    #12772

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




    BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYa INSTITUTI


    «KELIShILDI»

    O’zbekiston Respublikasi

    Oliy va O’rta maxsus ta’lim vaziri

    _____________ I.U.Majidov

    «____» «___________» 2020 yil



    «TASDIQLAYMAN»

    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori

    prof. N.R.Barakaev

    ________________________

    «____» «________» 2020 yil



    5A321001–Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi) mutaxassisligi bo’yicha maxsus fanlardan magistraturaga kirish sinovlari
    DASTURI


    BUXORO – 2020
    Dastur Oliy ta’limning “Oziq-ovqat texnologiyasi (don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi)” ta’lim yo’nalishida o’tilgan fanlar, shu jumladan, “Elevator va ombor xo`jaligi”, “Omixta yem texnologiyasi", “Un va yorma ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi" va “Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi” fanlar majmuasini o’zida aks ettirgan.

    Mazkur dastur 5A321001–Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi) mutaxassisligi bo’yicha maxsus fanlardan magistraturaga kirish sinovlarini topshiruvchilarga mo’ljallangan.


    Dastur “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi yig`ilishida muhokama qilingan va institut o’quv-uslubiy kengashiga tavsiya etilgan (№ 12-sonli “5” “iyun” 2020 yil).


    Ushbu dastur institutning 2019 yil __________№ -sonli kengash bayonnomasi bilan tasdiqlangan.


    O’quv ishlari bo’yicha prorektor: dost.Sh.M. Xodjiev

    Kafedra mudiri: dost.Qurbonov M.T.

    Tuzuvchilar:




    Qurbonov M.T.- «Oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi mudiri, t.f.n., dostent.


    Taqrizchilar:



    N.N. Sadullaev – Bux. MTI ilmiy ishlar va innovastiyalar bo’yicha prorektor, texnika fanlari doktori, professor.

    B.К.Bozorov– “Buxorodon” AJ raisi:





    KIRISH
    Dondan un, yorma va omixta yem ishlab chiqarish jarayoni qadimiy tarixga ega. Hozirgi sharoitda davlatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri don resurslarini ko’paytirish, ularni tejab ishlatish, tayyor don mahsulotlari sifatini yaxshilashdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

    Aholi va ishlab chiqarish vakillarini o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash amaliyoti va ilg`or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi  tasdiqlangan.

    Xozirgi kunda Respublikada oziq-ovqat sanoati xalq xo’jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Yangi texnikaga suyanib un tortish, yorma va omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishni davom ettirgan holda yuqori sifatli mahsulot olish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Don kraxmal, oqsil va boshqa biologik qimmatli moddalarning tabiiy manbai bo`lib, inson va hayvon oziqlanishida katta rol o`ynaydi. Mana shu inson organizmi uchun zarur bo`lgan moddalarni yetkazib berish uchun, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun komplekt uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy un tortish kombinatlari mavjud. Mana shu zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarishni o`rganish, talab darajasiga javob beradigan mahsulot olish bugungu kunning muammolaridan biridir.

    Ushbu muamolarni yechishda yuqori bilimli ilmiy-pedagogik faoliyatlarni bajara oladigan mutaxassislarni tayyorlash, ularni don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi sohasiga keng safarbar etish asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi.



    Dasturda 5A321001–Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi) mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilar uchun Mutaxas­sislik fanlaridan kirish sinovlari savollari dasturi 5541100-"Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo’yicha)" va 5140900-"Kasb ta’limi (Oziq-ovqat texnologiyasi)" ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashning tasdiqlanilgan na­munaviy o’quv rejalari asosida tuzildi.

    Sinov savollarini(testlarni) tuzishda "Don va don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi"ga oid bo’lgan barcha mavjud o’quv adabiyotlari­dan foydalanildi.



    5A321001–Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi) mutaxassisligi bo’yicha bilim, malaka va

    ko’nikmaga qo’yiladigan talablar


    • Don va don mahsulotlarini tashkillashtirilgan va rentabelli qabul qilish, saqlash, uzatishni ta`minlovchi ishlab chiqarish jarayonlari;

    • Qurilma va moslamallarni hamda elevator va donni qabul qilish korxonalarida, tegirmonlarda, yorma zavodlarida va omixta yem zavodlarida olib boriladigan texnik kimyoviy nazorat haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi kerak;

    • Omixta yem ishlab chiqarish jarayonini, uning tarkibiga kiradigan xom ashyolarning fizik-kimyoviy xususiyatlari;

    • Omixta yemni iste`molchilarga etkazib berguncha sifatini saqlashni va omixta emning jonivorlar ovqatidagi qiymatini buzmasdan etkazib berish muammolarini o`rganish;

    • Tegirmon va yorma zavodlariga keladigan donlarning sifatiga qo`yilgan talablari;

    • Qayta ishlash natijasida donlardan chiqadigan mahsulotlarning turlari;

    • Tegirmon va yorma zavodlarida bajariladigan texnologik jarayonlar, ularning sxemalari va yangi ilg`or texnologik jarayonlarni taklif qila olish malakalariga ega bo’lishi kerak;

    • Tegirmon va yorma zavodlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlarini laboratoriya moslamalari yoramida aniqlash;

    • Tegirmon va yorma zavodlaridagi texnologik jarayonlarni samaradorligini baholash;

    • Don massasi xususiyatlari moxiyatini (fizik va fiziologik- biokimyoviy ) saqlashda bu xususiyatlar ahamiyatini, ularga ta`sir qiladigan turli ijobiy va salbiy omillarni, ishlab chiqarish sharoitida don massasini saqlashning ilmiy asoslari va printsiplari moxiyatini, davlat don zapasini saqlashning va nobudgarchilikka qarshi kurashning zaruriy shartlarini aniq ifodalab bera olishlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish kerak;

    • Turli xil don va don mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik mazmunini aytib bera olish va bu soha muammolarining asosiy talablaridan kelib chiqib, mutaxassis ilmiy-pedagogik faoliyatni olib borish mahoratiga ega bo’lishi va uni rivojlantirib borish qobiliyatiga ham ega bo’lishi zarur.


    Elevator va ombor xo`jaligi
    Don aylanishining moddiy bazasi yaratish. Elevator va ombor xo`jaligining mohiyati. Elevator va omborxonalar xo`jaligining don ishlab chiqaruvchi xo`jaliklar, transport va boshqa turli sohalar bilan aloqasi. Respublikada don etishtirishning zamonaviy holati va kelajagi. Elevator sanoatining agrosanoat kompleksi va xalq xo`jaligida tutgan o`rni. Donni saqlash korxonalaridagi texnologik jarayonlar. Don omborxonalarining tasnifi. Don omborxonalariga qo`yilgan talablar. Don omborxonalarining siq`imi va ulardan foydalanish.

    Don omborlari va elevatorlarning qurilish maydonga qo`yilgan talablar. Don omborlari va elevatorlarga donni qabul qilish va yiq`im terimdan keyingi ishlov berish. Don omborlarining tasnifi va asosiy ko`rsatkichlari. Elevatorlar. Elevatorlarda don qabul qilishning ichki va tashqi jarayonlari. Zamonaviy elevatorlarning turlari va asosiy vazifalari

    Omixta yem texnologiyasi
    Omuxta em ishlab chiqarish bo’yicha umumiy malumot. Omuxta em ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida donlarning xossalarini o’rganish. Omuxta em zavodlaridagi xom ashyoni tozalashda qo’llanadigan mashinalarning turlari va ishlash prinstiplari. Omuxta em zavodlarida don va omuxta emning boshqa komponentlarini qayta ishlashga tayyorlashning nazariy asoslari.Donlarni va omuxta em ingridientlarini maydalashning nazariy asoslari

    Maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo’yicha ajratish. Maydalangan don va omuxta em komponentlarini yirikligi bo’yicha ajratish. Omuxta em komponentlarini me’yorlovchi va aralashtiruvchi uskunalarning turlari va ishlash prinstiplari. Omuxta em komponentlarini me’yorlash va aralashtirish.

    Omuxta em zavodlaridagi sochiluvchan mahsulotlarni zichlash va ekstruderlash uchun qo’llanadigan uskunalar. Omuxta em zavodlarida sochiluvchan mahsulotlarni zichlash va ekstruderlash jarayonlari.

    Omuxta em ishlab chiqarish jarayoni. Omuxta em zavodlarida texnologik jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish qoidalari.



    Un va yorma ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi
    Un va yorma ishlab chiqarish bo’yicha umumiy ma’lumot. Un va yorma ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida donning xossalarini o’rganish. Donlarning texnologik xossalari. Tegirmon va yorma zavodlarida donni qayta ishlashga tayyorlashning asoslari. Donlarni maydalash jarayoni. Maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo’yicha saralash. Oraliq yorma mahsulotlarini sifati bo’yicha saralash. Yorma zavodlarida donlarning qobig`ini ajratish. Qobiq ajratishda xosil bulgan mahsulotlarni saralash. Yormalarni qayroqlash va silliqlash jarayoni. Un tortishning sinflanishi. Ularning texnologik sxemalarini tuzish prinstiplari. Bug`doy va javdar donlarini un tortishga tayyorlashning texnologik jarayonlari. Bug`doy va javdar donlaridan un tortishning texnologik jarayonlari. Yorma ishlab chiqarish texnologiyasi. Tariq donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi Grechixa donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi Sholi donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi. Suli donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi. Arpa donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi. Bug`doy donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi. Makkajo’xori donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi.
    Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi 
    Respublika xalq xo’jaligida donni saqlashning asosiy muammolari va ahamiyati. Donni saqlashni ilmiy jixatdan tashkil qilish, ishlab chiqarishni boshqarishni rastionallashtirish, tarmoq ishchilarining yuqori malakasi- davlat don zapasini saqlashning va nobudgarchilikka qarshi kurashning zaruriy shartlaridir.

    Don va uning mahsulotlarini saqlash sohasidagi muammolar. Saqlashga qabul qilinadigan donning holati. Don va don mahsulotlarining fizikaviy xossalari. Don massasining bo’shliqliligi. Sorbstion xossalari. Un, yorma, omuxta em va omuxta em xom ashyosining fizik xossalari. Saqlashda don va urug`larda kechadigan fiziologik jarayonlar. Don massasining mikroorganizmlari.



    MAXSUS FANLARDAN KIRISh SINOVLARIGA TAYYORGARLIK KO’RISh UChUN TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR


    1. Tursunxujaev P.M., G'afurova D.A. «Yormabob donlardan tayyorlanadigan maxsulotlar texnologiyasi» «Fan va texnologiya» T. 201 ly

    2. Tursunxujaev P.M., Ayxodjayeva N.K «Un va yorma texnologiyasi» .T. «Fan va texnologiya» 2012 y.

    3. Бутковский В.А. Технология мукомольного, крупяного и комбикормового производства. М. ВО "Агропромиздат". 1989 г.

    4. Васиев М.Г., Васиева М.А. Мирзаев Ж.Д. Нон, макарон ва qандолат маhсулотлари ишлаб чиqаришда qўлланиладиган хом ашё ва материаллар.

    5. Егоров Г.А., Мельников Е.М., Максимчук Б.М. Технология муки, крупы, комбикормов. М. Колос, 1984 г.

    6. Егоров Г.А., Мартыненко Я.Ф., Петренко Т.П. Технология и оборудование мукомольной, крупяной и комбикормовой промышленности. М, МГАПП. 1996 г.

    7. Егоров Г.А., Мельников Е.М.. Максимчук Б.М. Технология муки, крупы и комбикормов. М., Колос, 1984.

    8. Ковальская Л.П. "Лабораторный практикум по общей технологии пищевых производств", М.,"Агропромиздат",1991.

    9. Миончинский П.К., Кожарова Л.С. Производства комбикормов. Москва, Агропромиздат, 1991 г.

    10. Общая технология пищевых производств. Учебник. Под редакцией Л.П.Ковальской -М.: Колос, 1993. -384 с.

    11. Стародубцева А.И., Сергунов В.С. " Практикум по хранению зерна. М., Агропромиздат, 1987.

    12. Технология пищевых производств. Учебник. Под редакцией Л.П.Ковальской -М.: Колос, 1997. -752 с.

    13. 14.Хаитов Р.О., Раджабова В.Э. "Дон ва дон маhсулотларини саqлаш технологияси" курси бўйича тажриба машгулотлари. Бухоро, Муаллиф, 2001.

    14. 26.Haitov R.A., Radjabova V.Э., SHukurov Z.Z. Donni qayta ishlash korxonalarining texnologik jihozlari. T., O`z. Yozuvchilar uyushmasi, 2005 y.,

    15. Ravshanov S.S., Ismatov N.A., Yuldasheva Sh.J.Un va yorma ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari. T. “Navro`z”, 2018.


    Internet saytlar:
    1.www.ziyonet.uz

    2.www. agroportal. ru

    3.www. zerno. ru

    4.www. zernolab. ru

    5.www. allbest. ru

    6.www. Sib-info. ru

    7.www. tuit. ru

    8.www. bestlibraru. ru

    9.www. e-lib. gmii. uz

    10.www. auditoria 911. ru

    11.www. zels. uz

    12.www. referatik. ru

    13.www. litportal. ru
    Download 46,68 Kb.




    Download 46,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 46,68 Kb.