Hamshiralik ishi mutaxassisligi bo'yicha shakllantirilgan og'zaki savollar ro'yxati Ikkinchi malaka tоifasi uchun




Download 45,02 Kb.
bet2/3
Sana02.02.2024
Hajmi45,02 Kb.
#150371
1   2   3
Bog'liq
141-amsiral-is-ogz-sav-sajt-uzb

Birinchi malaka tоifasi uchun:



  1. O’tkir va surunkali leykozlar: patogenezi, klinikasi, hamshiralik parvarishi.

  2. Laringospazm patogenezi, klinikasi, birinchi tibbiy yordam, hamshiralik parvarishi.

  3. Talvasa (sudorogi sindromi) kelib chiqish sabablari, turlari, shoshilich yordam ko’rsatish.

  4. Anafilaktik shokning belgilari, tez tibbiy yordam, hamshiralik parvarishi.

  5. Arterial (tashqi) qon ketishi, sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko`rsatish.

  6. Kapillyar qon ketishi sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko`rsatish.

  7. Burun qonashi, sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko`rsatish.

  8. Gipertermiya turlari va ularning belgilar, tez tibbiy yordam, hamshiralik parvarishi.

  9. Anemiyaning turlari va belgilari, hamshiralik parvarishini yuritish.

  10. Kollaps va xushdan ketishning farqi, klinik belgilarini sanab bering.

  11. Koma va uning turlarini sanab bering.

  12. Bronxial astma xuruji sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko`rsatish.

  13. Tug‘ruqgacha bo‘lgan akusherlik shoshilinch holatlarida hamshiraning taktikasi nimadan iborat?

  14. Suyak sinishi belgilari va suyak sinishida tez tibbiy yordam ko`rsatish.

  15. Ochiq yaralarda birlamchi ishlov berish va shokni oldini olish chora –tadbirlarini sanab bering.

  16. Elektr toki urishi sabablari, klinik belgilari, tez tibbiy yordam ko`rsatish algoritmi.

  17. Kuyish turlari va darajalarini sanab bering. Termik kuyishda shoshilinch yordam ko`rsatish.

  18. Ximiyaviy kuyish nima? Ximiyaviy kuyishning sabablari, tez tibbiy yordam ko`rsatish algoritmi.

  19. Anafilaktik shokning sabablari va belgilarini sanab bering.

  20. Cho‘kishda tez tibbiy yordam ko‘rsatish algaritmini sanab bering.

  21. Gemorragik shok belgilarini sanab bering. Tez tibbiy yordam ko`rsatish algoritmi.

  22. Gemorragik shok belgilari va tez tibbiy yordam ko`rsatish algoritmi.

  23. Venoz qon ketishning belgilari va tez tibbiy yordam ko`rsatish asoslari.

  24. Ichki qon ketishining belgi va simptomlari. Qorin bo’shlig’idan qon ketishida tez tibbiy yordam ko`rsatish.

  25. Yurak-o‘pka-miya reanimatsiyasi (YuO‘RM)ni o‘tkazish uchun ko`rsatma va mone`liklarni sanab va algaritmini aytib bering.

  26. Terminal holatlarning fazalarini sanab bering.

  27. Qizilo‘ngach, oshqozon-ichakdan o‘tkir qon ketishlarda klinik belgilari va tez tibbiy yordam ko`rsatish.

  28. Homiladorlikni erta va kechki muddatlarda hamshiralik parvarishi.

  29. Universal progressiv modelning maqsadi va vazifalarini sanab bering.

  30. Homilaga ichki va tashqi muhit omillarining ta'sirini sanab bering.

  31. Qabziyat nima, uning turlari va qabziyatda bemorlarni parvarish qilish.

  32. Bemorlarni sub’ektiv tekshirish usullarining ahamiyati, o‘tkazish tartibini aytib bering.

  33. Bemorlarni ob’ektiv tekshirish usulini tartibini aytib bering.

  34. O‘tkir va surunkali bronxit kasalligining belgilari, hamshiralik parvarishi.

  35. Laktatsiya jarayonini yaxshilash usullarini sanab bering.

  36. Kamqonlikni homiladorlik va tug‘ruqning kechishiga ta'sirini aytib bering.

  37. O‘tkir gastrit belgilari, kechishi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi namadan iborat?

  38. Surunkali gastrit belgilari, kechishi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi.

  39. Yuqumli kasalliklarni oldini olishda emlashning ahamiyatш haqida ma`lumot bering.

  40. O‘tkir xolesistit belgilari, kechishi, hamshiralik parvarishi.

  41. Surunkali xolesistit belgilari, kechishi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi.

  42. Vitaminlar haqida tushuncha, vitaminlarning organizmda tutgan o‘rni, gipo, avitaminozlarning mohiyati, sabablari.

  43. Chaqaloqlar termoregulyatsiyaning buzilishiga sabab bo‘luvchi omillarni sanab bering.

  44. Chaqaloqni samarali emizishning 4 ta asosiy jihatlari haqida ma`lumot bering.

  45. Chaqaloqlarda talvasa kuzatilganda birinchi yordam ko‘rsatish va hamshiralik parvarishini ko`rsatish.

  46. Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik qachon paydo bo‘ladi va hamshira parvarishi.

  47. Salomatlik nima? Salomatlikka salbiy ta'sir etuvchi omillarga nimalar kiradi?

  48. Kontratseptiv vositalarga nimalar kiradi va ularning afzalligini sanab bering.

  49. Emlash xonasida qanday tibbiy xujjatlar yuritiladi?

  50. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning kindigini uy sharoitida parvarish qilish texnikasi.

  51. OIVni shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalishini oldini olish chora- tadbirlarida hamshiraning vazifalari qanday?

  52. Immunoferment tahlili uchun olingan qon namunasi sovutgichda (+4+8°S) qancha vaqt saqlanishi mumkin?

  53. Laboratoriyaga serologik tahlillar uchun olib kelinayotgan qon yoki zardob miqdori qancha bo‘lishi kerak?

  54. OIV infeksiyada muloqotdan keyingi profilaktika nimalarni o‘z ichiga oladi?

  55. Tibbiy muassasada tibbiyot xodimlari uchun umumiy ehtiyotkorlik choralari nimalardan iborat?

  56. Davolash-profilaktika muassasalarida dezinfeksiya va sterilizatsiya rejimlariga rioya qilishdan maqsad nima?

  57. Asboblarda oqsil va qon qoldig`ini aniqlash uchun qaysi sinamadan foydalaniladi?

  58. Raxit sabablari, klinik belgilari, profilaktikasini ayting.

  59. Qariyalarni parvarish qilishni o`ziga xos xususiyatlarini ayting.

  60. Qo`li shikastlangan bemorni kiyimini almashtirish tartibini ayting.

  61. Meʼda va o`n ikki barmoq ichak yara kasalliklarida hamshiralik parvarishi.

  62. Zotiljam kasalligi sababi, belgilari va unda hamshiralik parvarishi.

  63. Qalqonsimon bez kasalliklari sababi, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  64. Sil kasallagi haqida tushuncha, sababi, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  65. Bavosil (gemorroy) kasalligi, sababi, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  66. Kollaps sabablari, belgilari va hamshira taktikasi.

  67. Piyelonefrit sabablari, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  68. Glomerulonefrit sabablari, belgilari va hamshiralik parvarishi.

  69. Shizofreniya haqida tushuncha, bemorni nazorat qilish va qo`zgalishda hamshira taktikasi.

  70. Ilon chaqqandagi klinik belgilar va birinchi yordam ko`rsatish.

  71. It tishlagandagi klinik belgilar va birinchi yordam ko`rsatish.

  72. Zaharlanish turlari, klinik belgilari va birinchi yordam ko`rsatish.

  73. Klinik va biologik o`limning farqini ayting.

  74. Premedikatsiya haqida tushuncha bering.

  75. Jarohatga birlamchi jarrohlik ishlov berishda hamshira taktikasi.

  76. Traxeomastoma qo`yishga ko`rsatmalar va hamshira parvarishi.

  77. Bemorni ob`ektiv va sub`ektiv tekshirish usullarini ayting.

  78. Og`izdan og`izga sunʼiy nafas berish texnikasini ayting.

  79. O`pkaninig surunkali obstruktiv kasalliklarida patronaj hamshira parvarishi.

  80. Yurakning ishemik kasalliklarida patronaj hamshira taktikasi.

  81. Siydik chiqarish yo`li kasalliklarida patronaj hamshira taktikasi.

  82. Tungi enurezda patronaj hamshira taktikasi.

  83. Yuqumli gepatit kasalligida bemor bilan muloqotda bo`lganda ko`riladigan chora-tadbirlarni ayting.

  84. Qizamiq o`chog`ida olib boriladigan profilaktik tadbirlarni ayting.

  85. Brutsellyozda qaysi organlar zararlanadi va undagi klinik belgilarni ayting.

  86. Bemor 3 kundan ortiq isitmalasa qanday tekshirish o‘tkazilishini ayting.

  87. Pedikulyoz aniqlaganda bemorni sanitar tozalovini o`tkazishda hamshira taktikasi.

  88. Tepki o`chog‘ida olib boradigan epidemiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini ayting.

  89. Yangi tug`ilganlar orasida kasallanish va o`limning oldini olish uchun birinchi navbatda qanday tadbirlar o`tkazish zarur.

  90. Gripp belgilari, oilada, jamoat joylarida kasallikni oldini olishda hamshiraning vazifalari qanday?

  91. Xirurg va operatsiya hamshirasining qo`lini zararsizlantirish usullarini ayting.

  92. Sterillangan tibbiy asbob-anjomlarning sterillik belgilarini ayting.

  93. Ishlatilgan tibbiy instrumentlarni dezinfektsiya qilish tartibini ayting.

  94. Steril stolni tayyorlash va yaroqlilik muddati ayting.

  95. Bog`lov materillari va ularni tayyorlashda hamshiraning vazifalari.

  96. Oral regidrotatsiyani tashkil etish va o`tkazishda hamshiraning vazifalari.

  97. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish va yosh oilalar bilan olib boriladigan tadbirlarda hamshiraning vazifalari.

  98. Sog`lom turmush tarzini targ`ibot qilishda mahallalarda olib boriladigan ishlarda hamshiraning vazifalari.

  99. Homiladorlarni tug`ruqgacha kuzatuvida patranaj hamshirasining vazifalari.

  100. Skrining markazlarini tashkil etishdan maqsad va unda hamshirasining vazifalari nimadan iborat?

  101. Zaharlanishlarda me`dani yuvishda hamshiraning taktikasi.

  102. Sun`iy nafas va yurakni bilvosita massaj qilish texnikasi aytib bering. Sun`iy nafas va yurakni bilvosita massaj nisbatlarini ayting.

  103. Ko‘zning termik va kimyoviy kuyishlarida klinik belgilar. Ko`zning termik va kimyoviy kuyishlarda shoshilinch yordamni ayting

  104. Homiladorlik toksikozi. Ertangi va kechki toksikozlar.

  105. Qizilo`ngach, oshqozon-ichakdan o‘tkir qon ketishlarda shoshilinch tibbiy yordam. Qizilo`ngach, oshqozon-ichakdan o`tkir qon ketishining klinik belgilari.

  106. Bosh miya chayqalishi, sabablari va feldsher yordami. Kollaps nima ?

  107. Yurak-o‘pka-miya reanimatsiyasi(YuO‘RM)ni o‘tkazish texnikasi . Yurak-o`pka-miya reanimatsiyasida massaj va suniy nafas nisbatlari - agar yordam ko`rsatuvchi 2 ta bo`lsa?

  108. Konikotomiyaga ko`rsatma va bajarish texnikasini aytib bering. Konikotomiyada kerakli jixozlarni aytib bering.

  109. Narkotik moddalardan zaharlanish belgilari va tez tibbiy yordam.

  110. «Lomka » maʼnosini aytib bering.

  111. Nevralgiya va radikulitning klinik manzarasi.Nevralgiya va radikulitlarda shifoxonagacha bo‘lgan bosqichdagi tez tibbiy yordam.

  112. Qaysi o`ta xavfli yuqumli kasallikka qarshi qayta emlash 5 yilda o`tkaziladi?

  113. Suvsizlangan bemorlarda oral regidratatsiya o‘tkazish texnikasini ko`rsating

  114. Virusli gepatit “B” va “C” kasalligini keltirib chiqaruvchi omillarni sanab bering.

  115. O‘latga qarshi kiyim kiyish yechish tartibini ayting.

  116. Giperglikemik komada birinchi yordam ko‘rsating. Qandli diabet kasalligini sabablarini aytib bering

  117. Bolalarga ichak sanchig‘ida shoshilinch yordam ko‘rsating. Gaz haydovchi naychani qo`yish uchun kerakli jihozlarni sanab bering.

  118. “Kramer” shinasidan foydalanish texnikasini bajarishni aytib bering.

  119. Gemorragik isitma qanday kasallik. Qon ketishini to`xtatish usullarini ko‘rsating.

  120. Orqa miya suyuqligini olish texnikasini ayting . Punktsiya uchun kerakli jihozlar to`plamini aytib bering.

  121. Qusishda birinchi yordam ko`rsatish. Qusishni turlarini aytib bering.

  122. Metall tibbiy asboblarning sterillanganlik sifatini tekshirish usullari. Optik tibbiy asboblardan: bronxoskop, traxeoskop, gastroskop, rektoskop, sistoskop, uretroskoplarni sterillash usullari.

  123. Klinik va biologik o`limni farqi. Klinik o`lim ro`y berganda birinchi yordam aytib bering.

  124. Gemotoraks belgilari sabablari va tez tibbiy yordam. Ko`krak qafasiga qon quyilganda bemorni to`g‘ri transportirovka qilishni aytib bering.

  125. Anafilaktik shok va birinchi tibbiy yordam. Kvinke shishini xarakterlang.

  126. Namlangan kislorod berish texnikasi. Bobrov apparatiga tarif bering

  127. Ishlatilgan tuvak yoki siydikdonlarni zararsizlantirish. Gipoxlorid eritmasini tayyorlash texnikasini aytib bering.

  128. Apnoe va dispnoe tushunchasi. Nafas yetishmovchiliklarini nechta bosqichi bor.

  129. Insulin dozasini hisoblash va insulinni shpritsga tortish va bemorga yuborish texnikasi.

  130. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni patronaj hamshira tomonidan olib boriladigan kuzatuvi.

  131. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o`sish va rivojlanish monitoringini patronaj hamshira tomonidan olib borilishi.

  132. Sil kasalligining belgilari va profilaktikasi

  133. Yuqumli kasalliklarni oldini olishda emlashning ahamiyati

  134. “Bexatar onalik dasturi” ning mohiyati.

  135. Yigirma sakkiz kunlik xayz siklida ovulyasiya sodir bo`lishi

  136. Nospetsifik yallig`lanish kasalliklarini kelib chiqaridigan mikroorganizmlar

  137. Ginekologik bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda hamshiraning asosiy vazifalari

  138. O`smir qizlar gigiyenasi va ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ`ibot qilishda akusherkaning vazifasi.

  139. Zamonaviy kontratseptiv vositalarining turlari va ularning ijobiy tomonlari nimadan iborat.

  140. Oftalmoblenoreya profilaktikasi qachon amalga oshiriladi.

  141. Homiladorlikda qayt qilishning og`ir kechishida, siydikda nima aniqlanadi.

  142. Sitomegalovirus kasalligining kelib chiqishi va homilaga ta`siri.

  143. Galaktostaz tushunchasi uning belgilari.

  144. Laboratoriyada shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik qanday xolatlarni keltirib chiqaradi.

  145. Anaerob infeksiyalarda o`tkazilgan opreatsiyalarda ishlatilgan instrumentlarni zararsizlantirish.

  146. Koagulyator, so`rg`ich, operatsion lampa va operatsiya stolni boshqarish.

  147. Operatsiya xonasida texnika xavfsizlik qoidalarini aytib bering?

  148. Xirurgik infeksiyalar, ularning kelib chiqish sabablarini ko`rsating

  149. Bemorni operatsiya stoldagi holatini aytib bering?.

  150. Kesuvchi asboblarni dezinfeksiya qilish va sterillashni aytib bering .

  151. Operatsiya maydonini zararsizlantirish uchun ishlatiladigan antiseptik moddalarni sanab bering.


Download 45,02 Kb.
1   2   3




Download 45,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamshiralik ishi mutaxassisligi bo'yicha shakllantirilgan og'zaki savollar ro'yxati Ikkinchi malaka tоifasi uchun

Download 45,02 Kb.