Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi




Download 134,23 Kb.
bet10/35
Sana02.12.2023
Hajmi134,23 Kb.
#109920
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mav

Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.

Аsarning ikki yosh qahramoni Maryam va Mahmud zamonasining hal qiluvchi kuchlari mutaassiblarga (asar yozilgan davrda ular hal qiluvchi kuch edi) qarshi kurashadilar. Tomonlar oʼrtasidagi kurash eng yuqori nuqtaga koʼtariladi: ularning istiqbol haqidagi yuksak orzulari chilparchin boʼladi. Natijada, ilojsiz qolgan yoshlar mavjud tuzumga, feodal tartiblarga, jaholatga, mutaassiblarga qarshi isyon sifatida oʼz hayotlariga qasd qiladilar.


Uzoq vaqt Hamzaning hamma asarlaridan sinfiylikni qidirish va har bir asar voqeasiga va qahramonlariga sinfiylik nuqtai nazaridan yondashish hukmronlik qildi. Bu hol «Zaharli hayot…» dramasini baholashga oʼz taʼsirini oʼtkazgan. Toʼgʼri, Mahmudxon boylar toifasiga mansub, Maryamxon oʼta faqir xonadondan chiqqan. Bu ikki yosh qaysi sinfga mansubligidan qatʼi nazar, millat istiqboli uchun kurashadilar. Ularni ulugʼ maqsadlar birlashtiradi. Shuning uchun ham Hamza asar qahramonlarini, ularning insoniy fazilatlariga qarab baholaydi.
«Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» fojiasi kitobxon yoki tomoshabinlar qalbida Mahmudxon va Maryamxonlarga nisbatan muhabbat, rahm-shafqat, ularni fojiaga olib kelgan mutaassiblik, jaholatga qarshi nafrat tuygʼularini mavj urdirishi kerak edi. Buning uchun dramaturg fojia janri imkoniyatlaridan, soʼz sanʼatining jozibasidan mohirona foydalandi. Bu hol koʼproq Maryamning faol harakatlarida, Mahmudxonning mono-loglarida namoyon boʼladi. Mahmudxon monologlarida sentimental ruh shu darajada kuchliki, tinglovchi qalbini larzaga soladi. Mahmudxonning oʼlim oldidagi monologi fojianing asl mohiyatini yanada toʼlaroq ochishga xizmat qiladi: «Maryam, Mar-yamxonim, man dunyoda yashamam!.. Kecha oqshom Maryamxon muhabbat qurboni edi, biz bugun insoniyat, milliyat qurboni! Mundogʼ jaholat, mundogʼ ilmsizlik. Vahshatlik! Bunday zolim xalq orasinda yashamoqdan oʼlim lazzat, lazzat! Bu xil rahmsizlik, shafqatsizlik! Bir vaqtda shariatdan koʼz yumib, islomiyatni qoʼyib, dunyo yoʼliga qadam bosuvchi diyonatsiz qora xalq orasinda tiriklikdan, albatta, oʼlim yaxshi! Oʼlim!.. Oh, ruhi Maryam! Oh, jaholat! Voh, ismigina qolmish islomiyat!..»
Xuddi shu sentimental ruh dramaning tomoshabin qalbiga kirib borishida asosiy vosita boʼlgan. Shuning uchun ham ushbu drama Toshkent, Qoʼqon va boshqa shahar havaskor dramtruppalari tomonidan qayta-qayta sahnalashtirilgan. Bu drama birinchi oʼzbek professional teatr tanqidchisi Mirmulla Shermuhammedov (1886—1923) eʼtiborini qozondi. U Hamza va uning «Zaharli hayot…» dramasi tufayli oʼzbek teatrini «yangi tiriklikka kirgani» bilan tabrikladi: «Zaharlangan turmushning qora sahifalarini tasvirlashda qalamni ustagina yuritgan dramaturgni tab-rik etmasdan oʼtolmaymiz… Hamza afandi asarda koʼrinadigan qahramonlarga gʼoyat diqqat ila soʼz va xarakterlar bergan».
Hamzaning siyosiy qarashlarini, uning Turkiston muxtoriyatiga munosabatini aniq tasavvur qilishda Turkiston muxtoriyati gʼoyasining paydo boʼlishi munosabati bilan 1917 yilda yozilgan «Muxtoriyat yoki avtonomiya» hajviy dramasi muhim ahamiyatga ega. 1917 yil Fevralь inqilobi, Romanovlar sulolasining barbod boʼlishi butun jadid mutafakkirlari qatorida Hamzaning ham istiklol haqidagi intilishlariga qanot bogʼladi. Jadidchilik harakatining rahbarlari Munavvarqori Аbdurashidxon oʼgʼli va Аbdulla Аvloniylar tomonidan 1917 yil mart oyida «Shoʼroyi islom» jamiyati tuzildi. Bu jamiyatning «Markaziy shoʼro»si tarkibida Mahmudxoʼja Behbudiy, Mustafo Choʼqaev, Ubaydulla Xoʼjaev kabi siyosiy arboblar bor edi. Shu yilning yozidan bolьsheviklarning faolligi kuchaydi va mutaassib din peshvolari «Ulamo» nomi bilan «Shoʼroyi islom»dan ajralib chiqdi. Bu ajralish keyinchalik bolьsheviklar uchun qoʼl keldi, «Ulamo» jamiyati mustaqillik uchun kurash olib borgan shoʼroyi islomchilarni barbod qilishda mustamlakachilarga yordam berdi. «Shoʼroyi islom» va «Ulamo» jamiyatlarining shoʼʼbalari oʼlkaning turli shaharlarida ham tashkil etildi. Fevralь inqilobi natijasida Turkistonda qanday davlat tuzish masalasi yuzasidan bu jamiyatlar oʼrtasida keskin ixtiloflar, ziddiyatlar vu-judga keldi. Hamza «Ulamo» jamiyatining Qoʼqon shuʼbasi maj-lisini ushbu «Muxtoriyat yoki avtonomiya» dramasiga asos qilib oldi. Muallif dramaning qisqacha syujetini shunday bayon qiladi: «Turkistonda hurriyat boʼluvi munosabati ila yoshlar va ula-molar orasinda ixtilof oʼlaroq ulamolar ayrilib ketuvlari, ruhoniy majlisin tasviridir». Bu oʼrinda yoshlar — «Shoʼroyi islom» jamiyati aʼzolari, yaʼni jadidlar; ulamolar — mutaassib qadimchilar «Ulamo» jamiyati aʼzolari ekanligi dramaning boshidan oxirigacha koʼzga yaqqol tashlanib turadi.
Mustaqillikka qadar hamzashunoslar bu dramani Qoʼqon mux-toriyatining «rasvosini chiqargan», uning «reakdion mohiyati»ni fosh etgan asar sifatida baholab keldilar. Аslida Hamza Turkiston muxtoriyatini tuzishda faol ishtirok etgan jadidlarga qarshi buzgʼunchilik, sotqinlik ishlarini olib borgan mutaassib «Ulamo» jamiyati aʼzolarining naqadar nodonligini, kal-tafahmligini fosh etgan edi. Аsarda qahramonlar ismining bosh harfi berilgan. Hamza ushbu asar tufayli «Ulamo» jamiyatining taʼqibiga uchradi va 1917 yil oktyabridan 1918 yilning 10 mar-tiga qadar Turkiston shahrida doʼsti Saidnosir Mirjalolov xo-nadonida yashirinib yashadi1. Demak, 1917 yil 27 noyabrь Turkiston muxtoriyati eʼlon qilingan kunni Hamza Turkiston shaxrida mamnuniyat bilan kutib oldi va «Turkiston muxtoriyatina» sheʼrini yaratdi. Sheʼr «Ulugʼ Turkiston» gazetasining 1918 yil 11 yanvarь sonida eʼlon qilindi. Sheʼrda shoir musulmon milla-tini ulugʼ bayram bilan muborakbod qilar ekan, ularni bir san-joq—bayroq ostida birlashishga daʼvat etadi:
Keling emdi birlashing, islom millati!
Ketsin sunniy, shialik nifoq illati!
Bir sanjoqqa toʼplansun islom davlati!
Qutlugʼ boʼlsun Turkiston muxtoriyati!
Yashasun endi birlashub, islom millati!
Hamzaning 1917 yil Oktyabrь toʼntarishigacha boʼlgan ijodidagi asosiy gʼoya maʼrifatparvarlikdir, u bu davrda jadid adabiyotining yirik namoyandasi sifatida badiiy ijodning hamma imkoniyatlaridan, turlaridan foydalandi. Barcha jadid muta-fakkirlari kabi u 1917 yil Fevralь inqilobidan soʼng hamma ish oʼrinladi, Turkiston xalqlari mustamlaka qulligidan ozod boʼldi, deb oʼyladi. 1917 yilda «Kengash», keyin «Hurriyat» jurnallarini nashrdan chiqardi. «Hurriyat» jurnalining birinchi sonida eʼlon qilingan «Bugungi qadrlik kunlar» bosh maqolasidagi ushbu soʼzlarda Hamzaning bu tarixiy voqeaga munosabati yaqqol koʼzga tashlanadi: «Bu kun baxt falakindan chiqmish haqiqat qoʼyoshi musovot, adolat kabi eng sof ziyolari bila eng qorongʼuda yoʼqolgan igna kabi nozik va muhim maqsadlarimizi ham yalturatub koʼrsatmakdadur. Mana, bukun haqiqat, hurriyat vositasi bila eski xoin va zolim, mustabid hukumatni 50 yildan beri boʼyin, qoʼl va oyogʼimizgʼa sezimsiz solub kelgan umrlik ogʼur zanjirlarin koʼzga koʼrsatub yechdi, xalos qildi. Bu kun haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi tarafdan rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tir-nogʼi ostida poʼstlari butun sidirilib, yuraklari ezilib, choʼkub xonumonlaridan ajrab kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora, yetim, gʼariblarning burgutlar panjai margidan raho qildi… Bu kun eng qadrlik, eng gʼanimatlik kun! Bu kun Ostroumof, Ilьminskiy kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi oʼz oramizdan chiqqon din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni sharmanda va sarnigun qilur».
Аlbatta, Hamzaning mustamlakachilarga qarata aytgan jasoratli soʼzlari Vaqtli hukumatga ham, uning oʼlkadagi hamtovoqlariga ham maʼqul boʼlmadi, ikkala jurnal birin-ketin yopildi. Hamza Oktyabrь toʼntarishidan keyin shoʼrolar hokimiyatini qoʼllab-quvvatlovchi sheʼrlar, qoʼshiqlar bitdi, bolьsheviklar hokimiyatining yangi shakddagi mustamlakachilik siyosatini koʼra olmadi. Baʼzan oʼz qobiliyatini badiiy ijodga emas, shoʼro huku-matining targʼibot-tashviqot ishlariga safarbar etdi. Uning 20-yillarning oʼrtalarida yaratgan «Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi» dramasi, «Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi» hajviy komediyasi oʼzbek dramaturgiyasi va teatr sanʼ-ati taraqqiyotiga kuchli taʼsir koʼrsatdi. Hamza 1926 yil 27 fevralda «Oʼzbekiston xachq yozuvchisi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1928 yilning avgustida shoʼro hukumatining topshirigʼiga binoan Shohimardonga boradi, u yerda mavjud hukumat siyosatini barqaror qilishda, ruhoniylarga qarshi kurashda faol ishtirok etadi va 1929 yil 18 mart kuni shu kurashning qurboni boʼladi. Hamzaning bir guruh mutaassiblar tomonidan oʼldirilishi shoʼro mafkurasida uning ijodini sinfiylik-partiyaviylik tamoyillariga asoslanib baholash uchun mezon boʼldi. Uni maʼnaviy zamindan yulib olib, oʼzi mansub boʼlgan jadidchilik harakatiga, uning namoyandalariga qarshi qoʼydilar, oʼzbek shoʼro adabiyoti va sanʼatining yagona asoschisi sifatida talqin va taqdim etdilar. Bu gʼayriilmiylikning eng yuqori namunasi sifatida Hamzaga bagʼishlangan 17 seriyali «Olovli yoʼllar» filьmini koʼrsatish mumkin. Uydirmalar asosiga qurilgan bunday asarlar Hamzaga nisbatan hurmat-ehtiromni oshirish oʼrniga unga boʼlgan ishonch va eʼtiqodga putur yetkazdi. Shoʼro mafkurasining bu boradagi salbiy oqibatlaridan biri shu boʼldiki, milliyatchi shoirning ayrim satrlari, hatto asarlariga «pardoz» berildi, «tahrir» qilindi, «Boy ila xizmatchi» dramasi 1939 yilda dramaturg Komil Yashin tomonidan sotsialistik realizm talablari asosida, aytish mumkinki, qayta yozildi. Hamza ijodi mustaqillik, istiqlol tufayligina haqiqiy bahosini olmoqda. U hech bir boʼrttirishsiz, qoʼshibchatishsiz ham XX asr oʼzbek adabiyotining atoqli vakili: novator shoir, hozirjavob nosir, isteʼdodli dramaturg, gʼayratli teatr arbobi, mohir pedagog sifatida zamondoshlari Аbdulla Аvloniy, Аbdurauf Fitrat, Аbdulhamid Choʼlponlar qatoridan munosib oʼrin olishga haqlidir.Hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889- yilda Qo‘qon shahrida tug‘ildi. U 1911- yilda Qo‘qon shahrida kambag‘al, beva-bechoralarning bolalari uchun maktab ochdi, „Yordam jamiyati“ tuzdi, kutubxona tashkil etdi. Yangi maktab, yangicha darslar uchun o‘zi darslik
-------------------------------------
H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65

Download 134,23 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Download 134,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi

Download 134,23 Kb.