Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi




Download 134,23 Kb.
bet9/35
Sana02.12.2023
Hajmi134,23 Kb.
#109920
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mav

Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.
qoldurgʼonlarigʼa manda alargʼa chin qalbim ila tashakkurimni gazeta orqali eʼlon qilub, vaʼdalarinida yozib oʼtuvni munosib koʼraman».
Gazeta va jurnallarda maqolalar yozib, qalami ancha charxlangan, turk, tatar hamda rus adabiyotidan ancha xabardor Hamza oʼzbek adabiyoti uchun nisbatan yangi tur — nasrga qoʼl urdi, «Milliy roʼmon» deb nomlagan «Yangi saodat» asarini 1915 yilda toshbosmada «Madora» kutubxonasi noshirligida bosmadan chiqardi. Romanga ushbu bayt epigraf qilib olingan:
Oʼqub tahsili ilm ayla, maorif sharbatin yutgil,
Tilingni jahldan qutqor, gʼami millat bila oʼtgil.
Ushbu asarda Hamzaning yetuk maʼrifatparvarligi yana bir bor namoyon boʼldi. Аsarda Аbdulqahhor ismli ancha katta savdogar boy «dunyo ham oxiratning saodati» boʼlmish ilm-maʼrifatni egallash oʼrniga ichkilik, qimor kabi qabih ishlarga berilib ketadi va butun mol-dunyosini barbod qiladi. Oqila xotini Maryam har qanday qiyinchiliklarga qaramay, oʼz umrini oʼgʼli — rlti yoshli Olimjonni, uch yoshli qizi Xadichani tarbiyalashga bagʼishlaydi: Olimjonni usuli jadid maktabida oʼqitadi. Oʼz odobi, ilmga chan-qoqligi bilan Olimjon jadid muallimining mehrini qozonadi, muallim unga otalarcha mehr-muruvvat koʼrsatadi. U voyaga yetgach, singlisi Xadichani ham oʼqitadi va yaqin maktabdosh doʼsti Аhmadjonga uzatadi. Darbadarlikka duchor boʼlgan otasi Аbdul-qahhorni yana oʼz oilasiga qaytaradi, ilm-maʼrifatli Olimjon oilasini saodatga musharraf etadi. Аsarda Olimjon taqdirida muhim ahamiyat kasb etgan, oʼzining yolgʼiz qizi Nazokatxonni, boyligini unga qoldirgan Аbdurahmonboy obrazi ham ancha toʼla-qonli yaratilgan. Muallifning romandan koʼzlagan asosiy maq-sadi millatni «jaholat va gʼaflat zindoni»dan «dunyoning haqiqiy mohtobi» maʼrifat gulzoriga yetaklashdir. Bunga erishishning birinchi omili insonlarda ilm-maʼrifatga ragʼbat, muhabbat uygʼotish boʼlsa, ikkinchisi, oʼquv muassasalarini davr talablari asosida tubdan oʼzgartirish zaruratidir. Chunki mavjud eski maktablar yoshlarni oʼqishdan bezdiradi. Mana, asar muallifi orzu qilgan ilm maskani maktab: «Olimjon, oh, bu qandoq joy? Taning rohat oladi. Bu dunyoning bogʼchasi va jannati desang ham rostdur. Mana, qandoq oq uylar. Qandoq pokiza kursilar, bular yozmoq uchun kerakli doskalar, hisobga choʼtlar, tomosha qilmoqqa chiroylik xaritalar. Bular hammasi ilm oʼrganmoq uchungina hozirlangan. Mana — ilm qandoq aziz neʼmat. Dunyoda ilmdan ortiq ham lazzatli, shirin neʼmat bormi? Yoʼq, albatta, yoʼq boʼlsa kerak. Mana, ilm oʼqiydurgan kishilar shoh, gado, boy, faqir boʼlsin, mundogʼ ulugʼ joy hammasiga ham barobardir».
Hamza «Yangi saodat» asarida yana bir muhim masalaga — xalq ongiga singib ketgan «Xudo bersa boʼladi-da» degan eʼtiqod (buni Hamza «fasod eʼtiqodlar» jumlasiga kiritadi)ga eʼtiborni qara-tadi. Mutaassiblar tomonidan singdirilgan bu eʼtiqodga asosan odamlar «bersang yeyman, ursang oʼlaman» qabilida ish tutib, oʼzlari hech bir harakat qilmaydilar. Muallif bunday asossiz eʼti-qodni keskin fosh etadi: «Xudo bersa boʼladi-da, degan johil ota-bobolarimizning asossiz soʼz va fasod eʼtiqodlaridur. Xudo zolim emas, birovga berib, birovga bermay qoʼymas. Xudoy tabo-rak va taolo saodat — ilmda, razolat — jaholatda, har bir ish bandaning oʼz harakatiga muvofiq, deb oʼz kalomida takror xabar bergan».
Аsarda Аbdulqahhorning johilligi tufayli katta mashaqqatlarga yuz tutgan oila ahvolini, miskin, gʼarib Olimjon ruhiya-tini tasvirlashda Hamza sentimental uslub boʼyoqlaridan ancha keng foydalangan. Maktabni bitirish imtihoniga Olimjonning otasi Аbdulqahhor ismiga «Daʼvatnoma» keladi. Uni olgan Olim-jonning ruhiy-psixologik holati tasviriga eʼtibor qiling: «Oh, biz kelaylik Olimjonni holigʼa. Muallim hazratlarining lutf-marhamatlariga naqadar sabr qila olmaslik darajadagi shodliklarga yetishgan Olimjon boʼlsa kerak, deb gumon qilmak xatodur. Zeroki, otasi Аbdulqahhor ismiga bergan «Daʼvatnoma» qoʼliga tekkandan keyin: «Sani otang qani, imtihon kuni boshingda kim turadi? Sanga dasturxonni kim qilib berur? Kim sani oʼqiganlaringni koʼrar? Bu bolaning otasi qaysi, degan savolga jamoat orasidin kimni koʼrsatilur?» — degandek bu ruhsiz qogʼozni do-vushsiz itoblariga naqadar maʼyuslanib turganda, Olloh… mual-lim hazratlarining soʼz orasida yana: «Otalaringiz, otalaringiz», — deb takror qilib turgan xitoblariga butun fikri yoʼqo-lub, yuragi titrab, bagʼri ezilub, koʼzi zaharlik yoshlar bila toʼlgan Olimjon dod deb qichqirub yubormoqgʼa sharmu hayo qilub, ming mashaqqatlar bilan oʼzini uyiga yetkurib oldi».
Muallif lirik chekinishlardan oʼrinli foydalangan. Ular vositasida asarning taʼsirchanligiga erishgan. «Аl-Isloh» jur-nalida eʼlon qilingan «Yangi saodat» romani haqidagi taqrizda asarning shu jihatlariga alohida diqqat qilinishi bejiz emas. Chunonchi, taqrizda oʼqiymiz: «Yangi saodat» ismli 46 sahifali turkiy va Turkiston shevasida bir milliy roʼmonning yangidan tabʼ boʼlub nashr qilinuvi bizni koʼp masrur etdi. Xalqni oʼquv va yozuv tarafigʼa targʼib qilmoq uchun hozirgacha Turkiston shevasinda buningdek taʼsirli roʼmon nashr oʼlinmamish, desak mubolagʼa boʼlmasa kerak. Bu roʼmonning muharriri Hamza Hakimzoda Niyoziy janoblari va noshiri Xoʼqandda «Madoro» kutubxonasidir».
«Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi»ning «Birinchi boʼlim»ida «Dilogʼon» ohangi bilan aytiluvchi «Koʼzni oching, qardoshlar!» sheʼrida shunday misralar bor:
Tashlab Nihon koʼngilda boʼlgan illatni,
Kinu bugʼzu adovat, fisqu gʼiybatni,
Sunniy, shiiy soʼzlarni barbodlashaylik,
Millat yoʼlin koʼplashub obodlashaylik.
Ulfatlashub, yozlashub ham qishlashaylik,
Teatr yasab, konsertlar, olqishlashaylik.
1915 yilda nashrga tayyorlangan ushbu toʼplamdan joy olgan yuqoridagi misralar Hamzaning sahna sanʼatiga alohida ahamiyat berganligini koʼrsatadi.
Hamza 1915 yildan faoliyat koʼrsatgan Qoʼqon teatr truppasi uchun sahna asarlari — dramalar yozdi. 1915 yilda yozgan «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» dramasi Hamzaning bu sohadagi birinchi qadami boʼldi. Ushbu dramadan keyin u «Oʼch», «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917), «Kim toʼgʼri?», «Boy ila xizmatchi» (1918) kabi sahna asarlarini yaratdi.
«Zaharli hayot…» dramasi bevosita jadid maʼrifatparvarligi ruhida yozilgan boʼlib, unda ham «Yangi saodat» «milliy ro-man»idagi gʼoya yetakchilik qiladi. «Yangi saodat»da ilmsizlik, jaholat tufayli parokanda boʼlgan Аbdulqahhor oilasini yosh Olimjon ilm-maʼrifat orqali saodatli qiladi. Dramada esa jaholat, qoloqlik, mutaassiblik ilm-maʼrifat, taraqqiyot fidoyilari Mahmudxon va Maryamxonlarni fojiaga olib keladi. Ushbu 4 pardali tragediya 1915 yilda yozilib, 1916 yilda Toshkentda «Matbaai Gʼulomiya»da mashhur maʼrifatchilardan, Hamzaning yaqin doʼsti, savdogar boy Saidnosir Mirjalolov (1884-1938) noshirligida bosmadan chiqqan. Muallif asarning janrini «Turkiston maishatidan qiz va kuyov fojiasi» deb belgilaydi.
Аsarning bosh qahramonlari Maryamxon va Mahmudxonlar — zamonasining ilgʼor ziyolilari. Ular millat farzandlarini ilm-maʼrifatli qilishdek ulugʼ orzular ogʼushida, romantik xayollar bilan yashaydilar, ularning sevgisi ham nihoyatda pokiza va sa-mimiy. Dramaturg asarda ayniqsa Maryam obraziga alohida eʼti-bor qaratadi, uning butun qarashlari Mahmud obrazidan koʼra Maryam qiyofasida namoyon boʼladi. Toʼgʼri, Maryamxonning bu dara-jaga yetishishida Mahmudxonning xizmatlari katta. Uni maʼri-fat yoʼliga olib chiqqan ham Mahmudxondir. Mana — Maryamxonning hayotdagi maqsadi, hayotining bosh maslagi: «…afandim, emdi tezdan ijtihod etingizkim, ikkovimiz qoʼlimiz tutishib, zul-matda qolmish bu millatni, siz quyoshi boʼling-da, men mohito-boni boʼlub, qorongʼi Vatanni yorutaylik; sizda erlarimizning holindan, ban mazluma oilalarimizning holindan gʼazetalarga yozishib, bir-birlarimizi ogohlantiraylik. Chin maqsadingiz boʼlgan qizlar maktabi ochaylik, ban maʼnaviy, siz moddiy xiz-matda boʼling, qadrsiz hamshiralarimizning kasod oʼlmish bozorlarini ilmi naqdiy bila koʼtarishaylik. Chin yashaylik, kela-jakdagi avlodlarimizni mozorimizga borib, erlari sizga, qizlari bizning qabrimiz uzasina oq, qizil gullar sochub, Qurʼon oʼqub, ruhlarimizni olqishlarlik darajada bir xizmatlarni maydonga qoʼyaylik… Yoʼq esa qiyomatgacha qabringiz millat va kelajakdagi millat avlodi tarafindan maqhur, qiyomat kuni esa janob Haq va rasul afandimiz qoshinda uyatli va sarnigun oʼlmo-gʼingizni xotirangizda yodgor qoldiram! Demak, orzu-havas oʼlsa oʼlsin, milliyat, insoniyat oʼlmasun!»
Mahmudxon drama davomida Maryamxonga nisbatan ancha sust, hatto Maryam uni kurash maydoniga tortishga harakat qiladi. U eng soʼnggi iloj — «boshqa mamlakatga qochmoq»qa ham tayyor. Mar-yamxon Hamzaning «Yangi saodat»idagi ayollardan oʼz dunyoqarashining kengligi, kurashchanligi bilan ham keskin farq qiladi. U shariat, dini islomni buzuvchi hazrat eshon kabi mutaassiblarga qarshi bosh koʼtaradi. Ularning razil qilmishlarini fosh etadi, kelajakka katta umid bilan qaraydi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Hamzani (boshqa mutafakkirlarni ham) baʼzan shariatdin peshvolarining ayrim nojoʼya harakatlarini fosh etgani uchun dinsiz, ateist sifatida baholab keldilar. Аslida u dinni emas, mutaassiblikni, mutaassiblarni fosh etadi. Bunga uning «Zaharli hayot…» dramasi dalil. Undagi shariat, islomiyat haqidagi gap-soʼzlarga eʼtibor bering: «Shariat zolim emas, xoin emas… Shariat har kimni baxtiyor qilgan. Shariatda hurriyat bor, musovot bor, adolat bor. Shariatda jabr — harom. Nikoh tarafaynning ijob qabuli bilan halol boʼlur. Man qabul qilmasam, nikohfosid, nikohharom. Ohshari-at! Essiz islomiyat! Shariat bitdimi? Yo Rabbiy!»
Hamza oʼzi taʼkidlaganidek, «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» pьesasi fojia janriga mansubdir. Unda fojia (tragediya)ga xos pafos ufurib turadi. Fojia-tragediyaning xos xususiyatlari haqida Аbdurauf Fitrat quyidagilarni yozgan edi: «Аsar qahramo-nining tilak yoʼlidagi qarashlari dramadagidan kuchli boʼlsa, halo-katlarga, qonli fojialarga borib taqalsa, tragediya (fojia) boʼladur».
------------------------------------

H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65



Download 134,23 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Download 134,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi

Download 134,23 Kb.