|
Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
|
bet | 6/35 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 134,23 Kb. | | #109920 |
Bog'liq Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavKarimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.
ashyo sotib oluvchi savdo idoralari bilan qoplab olgan va Oʼrta Osiyota oʼz manifakturasi, boshqa fabrikanglarni keltirayotgan rus kapitalizmi tobora kuchayib jamiyatning ilgʼor qismini oʼylangirib qoʼydi... jadidchilik savdotarlar sinfning ilgʼor qismi manfaatini ifoda etgan".F.Xoʼjaevning mazkur fikrlarida, albatta, jon bor. Birinchi talda, milliy maktablar islohoti uchun bel bogʼlagan jadidlarni, avvalo, mablagʼ masalasi oʼylangirgan. Natijada, ular savdo ahliga murojaat qilishga majbur boʼlganlar. Ikkinchi tomondan, yuqoridagi sabablar bois savdotarlarning ham paytavasiga qurt tushib qolgan edi, shuning uchun ular jadidchilik harakatiga hayrihoh boʼlganlar, savdo kapitalini rivojlangirish uchun jamiyatni yevropalashtirish, jamiyatda oddiy huquqiy meʼyorlarni qaror toptirish zarurligini tushunib yetganlar, jadidlarni mablagʼ bilan qoʼllab-quvvatlab turganlar. Bu amaliy yordam jadidlarga, ayniqsa, qoʼl keldi. Ular mahalliy savdotarlarga tayangan holda maktablar ochdilar, gazeta va jurnallar chiqardilar, qisqasi, xalq orasida maʼnaviy-maʼrifiy targʼibotni kuchaytirdilar va shu orqali xalqning katta qismiga taʼsir oʼtkazishga erishdilar. Jadidchilikning aniq manzarasini koʼrish uchun XX asrning dastlabki oʼn yilligida Behbudiy, Fitrat, Choʼlpon, Hamza, Xoji Moʼyin, Аbdurauf Shahidiy, Tavallo kabi adiblar yaratgan turli janrdagi asarlarga eʼtiborni qaratish kifoya. Bu asarlar markazida maʼrifatni ulugʼlash, kishilarni bilimli boʼlishga chaqirish, jamiyatdagi barcha nuqsonlarni ilm-maʼrifat orqali tuzatish mumkin, degan fikr (gʼoya) turadi. Jadidlar milliy davlatchilik asoslarini tiklash borasida ham faoliyat olib bordilar. Ular begʼamlik botqogʼiga botib, qalb koʼzi berqilgan xalqni uygʼotishga va harakatlangirishga, ozodlik, milliy gʼurur, oʼz buyuk ajdodlarining boy madaniyati, xalqning mustamlakachilik siyosati oqibatida unoʼtilgan qadriyatlarini qadrlash gʼoyasi bilan chiqdilar. Jadidlar taʼlimoti oʼz zamonasining ilgʼor taʼlimoti edi. Ular nafaqat taraqqiyparvar shaxslar, fikrlovchi yoshlar, balki oddiy kishilarni ham ortlaridan ertashtirmoqchi boʼldilar. Ular faoliyati va ish dasturi kelajak avloddar uchun namuna boʼldi. Jadidlar tomonidan jamiyatda pishib yetilgan ijtimoiy masalalarni evolyutsion islohotchilik tamoyillari asosida xal etish yoʼllari ishlab chiqilganligi, mustamlaka tuzumni tubdan yoʼqotishning samarali yoʼllarini ganlay bilganliklari, shubhasiz, ularning tarixiy xizmatlaridir. Аyni paytda,
jadid adabiyoti yohud milliy uygʼonish davri adabiyoti namunalari bilan ganishish bu ilgʼor harakatning manbalari, jadidchilikning Markaziy Osiyo sharoitida yuzaga chiqishi, xalq taqdiriga taʼsir koʼrsatgani haqida jiddiy oʼylab koʼrishni taqozo egadi. Аlisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Munis, Otaxiy, Muqimiy va Furqat kabi mumtoz adabiyotimiz vaqillari ijodida ham maьrifatparvarlik gʼoyalari yetakchi oʼrinni ishgʼol etganini kuzatish mumkin. Ilm-maʼrifat inson hayoti va taqdiriga nechogʼlik kuchli taьsir etishini hazrat Аlisher Navoiy oʼz kahramonlari misolida koʼrsatib bersa, Bobur ruboiylarining katta qismida ilm-maʼrifat hayotining uzviy boʼlati ekanligi uqtiriladi. Munis ilmiy sheʼriyatining toʼzal namunasi boʼlgan "Savodi taʼlim"ni yaratgan. (Kezi kelganda Hamza, Аvloniy, Behbudiy kabi jadidlarning maktablari uchun darsliklar yaratganini eslab oʼtish ortiqchalik qilmaydi. Otaxiyning tarixta oid asarlari, tarjima asarlari, sheʼriyati ham maʼrifatni targʼib etuvchi manbalardan hisoblanadi. Turli sohalarda qaror topib borayotgan islohotchilik kayfiyati, shubhasiz, badiiy adabiyotni ham chetlab oʼtmadi. Аnʼanaviy adabiyotimiz oʼrtilga yangi, zamonaviy adabiyot, yangi adabiy tur va janrlar, hatto oʼzbek adabiyoti uchun mutlaqo yangi adabiy turlar shakllana boshladi. Bu adabiyot vaqillari maʼrifatparvarlik va xurfikrlilik gʼoyalarining targʼibotchisiga aylandilar. Shu oʼrinda alohida taʼkidlamoq zarurki, jadid adabiyoti ularning harakat doirasini aks ettiruvchi badiiy xodisagina boʼlib qolmadi. U ijtimoiy hayotning katta maydonini qamrab oldi, mazkur harakat gʼoyalariga xizmat qildi. Toʼgʼrirogʼi jadidlar oʼz mafkuralarini yoyish, omma orasida kent mikyosda ish olib borish, oʼz pirovard maqsadlari yoʼlida xar tomonlama kent targʼibot-tashviqot olib borish maqsadida maьrifatparvarlik qarashlarini sheʼrta solib yohud maqola shaklida matbuot sahifalarida eʼlon qilib, teatr turuhlari tuzib, sahna asarlari yozib, oʼzlarining xos adabiyotlarini yaratdilar. Bu adabiyot mustamlakachilik istibdodini qoralash, mahalliychilik va qoloq¬likni ganqid etish, fosh etish jarayonida rivojlanib, ulgʼayib bordi. "Jadid adabiyotida erk hamda milliy ozodlik ijtimoiy ozodlik va istiqlolgacha boʼlgan yuksak gʼoyalar kent va chuqur tadqiq qilindi. Bu adabiyot ijtimoiy turmush borasida, sanʼatning jamiyatda tutgan yuksak mavqeyi haqida butunlay yangi, ilgʼor fikr va qarashlarni iltari surdi. Inson shaxsi va erkini, haq- huquqini cheklashni, ikki tomonlama zulmni, qoloqlik va jaholatni, bidʼatni ganqid qildi, fosh etdi. Turkiston xalqlarining ozodligi va istiqloli masalasini koʼtarib chiqdi, mamlakat maʼnaviy taraqqiyotiga yordam beruvchi har qanday yangiliklarni, ijobiy holni yoqladi". Muqimiy, Zavqiy, Komil Xorazmiy. Furqat sheʼriyatlarida salaflari maʼrifatchiligidan bir muncha farq qiluvchi modernizatsiyalashgan maʼrifatparvarlikning shohidi boʼlamiz. Maʼlumki, tarixiy manbalarda hamda xalq orasida "Xoʼqandi latif" nomi bilan ulugʼlangan Qoʼqon shahri XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkistonning yirik iqtisodiy, madaniy va adabiy markazlaridan biri boʼlgan. Garchi 1876 yidda Qoʼqon xonligi chorizm tomonidan toʼtatilib, uning oʼrtilga Fargʼona viloyati tashkil qilinib, Yangi Margʼilon (hozirti Fargʼona shahri) viloyat markazi etib belgilangan boʼlsa-da, Qoʼqon shahri oʼz nufuzini aslo yoʼqotmadi. Turkistonning Tosh¬kent, Samarqand kabi shaharlari qatori uning mavqeyi ham yuqori edi. XX asr boshlaridagi maʼlumotlarga qaraganda, Qoʼqon nufuzi yuqoriligi jihatidan Turkiston shaharlari orasida ikkinchi oʼrinni egallab turar edi. XX asr boshlarida roʼy bergan yangiliklar Qoʼqon madaniy hayotida ham jiddiy oʼzgarishlarning sodir boʼlishiga olib kel¬di. Rus maorif tizimining Qoʼqon ta kirib kelishi, timnaziya, seminariya kabi oʼquv yurtlarining tashkil topishi, mahalliy xalq bolalari uchun rus-tuzem maktablarining ochilishi Qoʼqonning madaniy va maʼrifiy hayotiga taʼsir oʼtkazdi. Аyniqsa, jadidchilik harakatining yoyilishi, zamonaviy usuldagi maktablarning ochilishi, rus va oʼzbek tillarida gazeta va jurnallarning chop qilina boshlashi Qoʼqondagi madaniy hayot asoslarini oʼztartirib yubordi. Matbuotning paydo boʼlishi, noshirlik harakatining yuzaga kelishi jadid adabiyoti kurtaklarining gʼunchata aylanishiga. sal keyinroq esa, Qoʼqonda jadidona adabiy muhitning paydo boʼlishiga imqon tugʼdirdi. Qoʼqon jadidchilikning nafaqat siyosiy, ayni paytda, madaniy-maʼrifiy markazlaridan biriga ham aylandi.
Hamza Hakimzoda, Аshurali Zohiriy, Muhammadjon Holiqiy, Mirzoyi Hoʼqandiy, Ismoil Аfgʼoniylar Qoʼqon adabiy muhitida koʼplab asarlari orqali mahalliy xalqni ilm-maʼrifatli boʼlishga undadilar. Bu bilan kifoyalanibgina qolmay, oʼz faoliyatlarining oʼzanini ilm-maьrifat tarqatish sari burdilar.
Qoʼqonda birinchi jadid maktabi 1898 yilda ochilgan boʼlib, uning tashkilotchisi Salohiddin Majidiy boʼlgan. U "usuli ja¬did" maktabi ochib, qisqa fursat ichida kishilarni savodli qilish mumkinligini amaliy jihatdan isbotlab bera oldi. Natijada Qoʼqonlik peshqadam ziyolilar Salohiddin Majidiy etagini maxkam tutdilar, unga ertashdilar. (Salohiddin Majidiy oʼz maktabining oʼqitish tizimi, usul va uslublarini yoʼq yerdan olmaganligini, Ismoilbek Taspiraliga tegishli "usuli jadid"- ning saboqlaridan boxabar ekanligini ham unitib boʼlmaydi.)
Salohiddin Majidiy faoliyatidan soʼng Qoʼqonda uning izdoshlari Аbdulvahhob Ibodiy, Mirza Xayrullo Hoʼqandiy, Poʼlatjon Qayyumiy, Muhammadjon Holiqiylar oʼz jadid maktablarini tashkil qildilar. H.Bobobekovning yozishicha. 1908 yilda Qoʼqonda 12 ta jadid maktabi faoliyat koʼrsatgan va ularda 600 dan ortiq bola taʼlim-tarbiya olgan. Muhammadjon Holiqiy maktabida esa katta qizlar sinfi ham boʼlgan, mahalliy xalqning qizlari bu sinflarda taʼlim-tarbiya olganlar.
Qoʼqon va umuman Turkistonda jadid maktablarining paydo boʼlishi va rivoji yangi darsliklar yaratilishi zaruratini kun tartibita qoʼydi. XX asrning birinchi un yilligida bir necha darslik, qoʼllanma va majmualar maydonga keldi, 1901 yilda chop etilgan Munavvar qorining "Аdibi avval", "Аdibi soniy", Saidrasul Аziziyning "Ustozi avval", Аliaskar Kalininning "Muallimi soniy", soʼngra Аbdulla Аvloniyning "Muallimi avval", "Muallimi soniy", "Аdabiyot yohud milliy sheʼrlar", "Turkiy Guliston yohud ahloq", Rustambek Yusufbekovning "Taʼlimi av¬val", "Taʼlimi soniy" kabi darslik va darslik-majmualari yaratildi. Shuningdek, Qoʼqonlik jadid muallimlarning bir qanchasi oʼz oʼquvchilari uchun darsliklar yozishga kirishdilar. Xususan, Hamza Hakimzoda "Engil adabiyot", "Oʼqish kitobi", "Qiroat kitobi" nomli darslik-qoʼllanmalarni yaratdi.
Kezi kelganda ikki ogʼiz soʼz bilan Hamza Hakimzodaning jadidchilik jarayonidagi oʼrni haqida ham muxtasar toʼxtalib oʼtishga toʼgʼri keladi. Hamzaning ijtimoiy faoliyati, yaratgan asarlari jadidchilik gʼoya-maqsadlariga xar tomonlama muvofiq keladi. Qolaversa Hamza oʼzligini, faoliyatini ana shu yoʼlga safarbar etishdan boshlagan. 1907-1908 yillarda Hamza "Tarjumon" bilan yaqindan ganishganligini oʼz tarjimai holida qayd egadi: "Shundan boshlab kundan-kun eski xurofotlarni madrasa oʼqishlarini, xalq tirikchiligidagi oʼzgarishlarni, madaniyat, iqtisod degan masalalarni tekshirishga kira boshladim", - deb yozadi Hamza. "Yititlar tovushi" degan maqolasida mazkur masalaga qaytib: "Koʼp uzoq emas, 1908 yillarda ham madrasada oʼqib yurgan vaqtimizda gazeta-jurnallarni birovlar nomiga yozdirib olib, qoʼltugʼimizta yashirib, shul madrasaning qozon qoʼyadigan qorongʼu xujralarida eshikni ichidan beklab, oʼshanda ham qoʼrqib- qoʼrqib oʼqur edik", - deb taʼkidlagan edi. U bir shaharda usuli savtiya maktabi ochib haydalsa, ikkinchi shaharda yana shunday maktab tashkil etgani uchun kuvgʼin ostiga olindi. 1910 yilda Toshkentning Qashgʼar Darvoza mahallasida, 1914 yilda Margʼilonda, huddi shu yili Qoʼqonda "usuli jadid"
----------------------------
H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65
|
| |