• Harakat malakalarida afferent sintezining amalga oshishi Harakat malakalarining shakllanish fazalari
  • Harakatlar boshqarilishining reflektor mexanizmlari Harakatning dinamik stereotipi




    Download 54 Kb.
    bet1/4
    Sana14.11.2023
    Hajmi54 Kb.
    #98580
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Jismoniy harakat ko’nikma va malakalarini rivojlantirishning fiziologik asoslari
    Xurshida, JANUBIY TURKMANISTONNING ARXEOLOGIK - ETNOGRAFIK EKSPEDITSIYASI (Автосохраненный), 3212-Текст статьи-7874-1-10-20211028, 64768, Документ Microsoft Word (2), Doimiy uz 03.08.2023, Gilfanov Rafik, Metrologiya javoblari, Metrologiyaning aksiomalari-fayllar.org, Reja. Kattaliklar. Kattalikning o‘lchamligi. Kattaliklarning bir-fayllar.org, 81-84 (1)

    Jismoniy harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirish
    Reja:



    1. Harakatlar boshqarilishining reflektor mexanizmlari

    2. Harakatning dinamik stereotipi

    3. Harakat malakasi dasturining shakllanishi

    4. Harakat malakalarida afferent sintezining amalga oshishi

    5. Harakat malakalarining shakllanish fazalari

    6. Harakat malakasining somatik va vegetativ komponentlari



    Harakat boshqarilishining reflektor mexanizmlari. I.M Sechenov birinchi bo‘lib, bizning hamma harakatlarimiz kelishi chiqishi bo‘yicha reflekslardir va «miya faoliyatining jamiki tashqi ko‘rinishlari muskul harakatiga kelib taqaladi», deb ko‘rsatgan.
    Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakllanish mexanizmi bo‘yicha shartli harakat reflekslaridir. Bu reflekslarning hosil bo‘lishi uchun, turli analizatorlardan (harakat, vestibulyar, ko‘rish va boshqalar) keladigan ma’lumotlar va qanday harakat qilish zarurligi hamda harakatni bajarish xususiyatlari haqidagi xabarlar muhim ahamiyatga ega.
    Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida vaqtinchalik bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asos bo‘ladi.
    Harakat malakalarining shakllanishi fiziologik jihatdan shartli reflekslar mexanizmi bo‘yicha yuzaga keladi. I.P.Pavlov va uning xodimlari olib borgan ishlar shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida yuzaga kelishini ko‘rsatgan. Harakat malakasining hosil bo‘lishida markaziy asab sistemasidagi juda ko‘p markazlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri sabab bo‘ladi. Bu markazlarning ishi harakat apparati va sensor sistemalardan kelayotgan impulslar va bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi izlarning ishtiroki bilan to‘g‘rilanadi va takomillashadi.
    Harakat malakasi hosil bo‘lishining hamma bosqichlarida uning ham mushak, ham vegetativ komponentlari shakllanadi. Odatda mushak ishida nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatining kuchayishi yetarli darajada tez bo‘lmaydi. Vegetativ funksiyalarning boshqariluvchi mexanizmi harakatni boshqarish mexanizmiga nisbatan ancha sekin bo‘ladi. Bunda vegetativ reaksiyalar harakat «talabi»ni aks ettirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, statik kuchlanishlarda kichik qon aylanish doirasiga va vena qonining yurakni o‘ng bo‘lmasi tomon oqib kelishiga alohida talab qo‘yiladi. Uzoq vaqt yugurilganda nafas olish va qon aylanishi aktivlashadi. Mashq qilish oqibatida vegetativ asab markazlari o‘rtasida hamda vegetativ markazlar bilan harakat markazlari o‘rtasida shartli reflektor bog‘lanishlar hosil bo‘ladi.



    Download 54 Kb.
      1   2   3   4




    Download 54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Harakatlar boshqarilishining reflektor mexanizmlari Harakatning dinamik stereotipi

    Download 54 Kb.