Harbiy pedogogika va harbiy pedagog kadrlarni tayyorlash masalalari




Download 288.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.01.2023
Hajmi288.68 Kb.
#40076
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bobojonov Rasul Tohir og’li (1)
13.Plitali oraliq qurilmalariga ta’sir etuvchi yuklarni yig‘ish va kesim mustaxkamligini tekshirish, Dars jadvali, bunyod, 10-sinf Informatika BSB-2
PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
3– SON / 2022 - YIL / 15 - NOYABR 
www.bestpublication.org
 
519 
professional tayyorgarlik darajasiga ega bo‗lish vaqtini qisqartirish yo‗llarini, usullarini 
va vositalarini izlash va ularni qo‗llash; 
- harbiy jamoalarning o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganish va ta‘lim-tarbiya 
jarayonida ularni hisobga olish; 
- jangovar tayyorgarlik va harbiy intizomni, askarlarning ma‘naviy-ma‘rifiy 
faolligini oshirish, ma‘naviy-axloqiy kamolotga erishish yo‗llarini o‗rganish; 
- harbiy xizmatchilar va harbiy jamoalar o‗rtasida musobaqa tashkil etishning 
pedagogik shartlarini aniqlash; 
- jamoani jipslashtirish, unda nizom talablariga xos o‗zaro munosabatlarni, sog‗lom 
ruhiy muhit va ijtimoiy fikrni shakllantirish metodlarini o‗rganish va boshqalar. 
Shuningdek, ofitserlar, shartnoma bo‗yicha harbiy xizmatchilarning rahbarlik
o‗qituvchilik va ustozlik faoliyatidan kelib chiqib, harbiy pedagogika uchun quyidagi 
vazifalar ham muhim o‗rin egallaydi: 
- harbiy-pedagogik jarayonda ularning o‗rnini aniqlash; 
- ularda pedagogik madaniyat va pedagogik mahoratni shakllantirish yo‗llarini, 
mazmuni va uslublarini ko‗rsatish; 
- hurmat qozonish yo‗llari va mohiyatini ochib berish
- ilg‗or pedagogik tajribani o‗rganish va umumlashtirish, harbiy-pedagogik 
tadqiqotlar olib borish uslublarini ishlab chiqish. 
Harbiy xizmat davomida o‘z bo‘ysunuvchilarini Vatanimizning munosib 
himoyachisi qilib tarbiyalashda ofitser, serjant zimmasiga juda katta mas‘uliyat 
yuklatiladi. U o‘z bo‘ysunuvchilariga nafaqat harbiy fanlar bo‘yicha saboq beradi, 
malakali harbiy mutaxassis darajasiga ko‘taradi, balki ularni inson sifatida yanada 
kamol topishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Shu sababli ofitser va serjantdan o‘zining harbiy 
mutaxassisligidan chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi bilan birga, 
pedagogika, psixologiya, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlardan ham har taraflama 
bilimga, tushunchaga hamda keng dunyoqarashga ega bo‘lishi talab etiladi. Harbiy 
pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U fan sifatida o‘zi 
rivojlanishi bilan birga boshqa fanlar yutuqlaridan ham foydalanadi va mazmunan 
boyib boradi. Hozirgi kunda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak 
haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada harbiy pedagogika fani uchun 
manba bo‘ladi. Boshqa fanlar kabi harbiy pedagogika ham har bir insonning, shu 
jumladan harbiy xizmatchi shaxsining ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va 
jamiyatning rivojlanish qoidalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga asoslanadi va o‘zi ham 
ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. 
Ana shu nuqati nazardan harbiy pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida 
uzviy aloqadorlik mavjud: 
1. Falsafa – shaxs, jumladan harbiy xizmatchi shaxsi rivojlanishi jarayonining 
dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta‘limotlarning 
falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 



Download 288.68 Kb.
1   2   3   4   5




Download 288.68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harbiy pedogogika va harbiy pedagog kadrlarni tayyorlash masalalari

Download 288.68 Kb.
Pdf ko'rish