• Mavzu: Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qoyiladigan talablar. Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati.
  • Kasbga yonaltiruvchi maqsad
  • Dars tipi
  • Fanlararo boglanish
  • III. Yangi mavzuni bayon etish.
  • Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari.
  • Amaliyish
  • IV. Mustahkamlash.
  • V. Darsni yakunlash
  • Haydarova dilfuzaning mehnat fanidan




    Download 0,97 Mb.
    bet2/2
    Sana25.12.2019
    Hajmi0,97 Mb.
    #5003
    1   2



    Mavzu: Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo'yiladigan talablar. Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati.

    Sana: Sinf: Fan: Texnologiya

    T/r

    Mashg‘ulotning borishi

    Vaqti

    Darsning borishi

    Kerakli jihozlar

    Fanga oid kompetensiya

    1

    Kirish: tashkiliy qism

    5 daqiqa

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. O‘quvchilarni guruhlarga ajratish

    4. Tozalikka rioya qilish

    5. O‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish

    Me’yoriy hujjatlar




    2

    O‘tilgan mavzuni so‘rash

    10 daqiqa

    O‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni qanday o‘zlashtirganini testlar, savollar har xil o‘yinlar yordamida aniqlash

    Videoproyektor, notebook, testlar, savollar, tarqatma materiallar, rasmlar, jadvallar, plakatlar, marker, doska, chizg‘ich, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, texnologiyalari

    • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

    • Kommunikativ kompetensiya




    3

    Asosiy qism:

    Yangi mavzu bayoni



    50 daqiqa

    Yangi mavzu bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berish

    Videoproyektor, notebook, rasmlar, slayd va videorolik namoyishi

    • Kommunikativ kompetensiya

    • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 daqiqa

    Yangi mavzuni turli xil savollar, topshiriqlar va mashqlar orqali mustahkamlash

    “Jumlani davom ettir”

    “Charxpalak” “Tushunchalar tahlili” texnologiyalari



    • Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi

    • Umummadaniy kompetensiya

    5

    Darsni yakunlash

    5 daqiqa

    1. Baholarni e’lon qilish

    2. Faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish

    “Baholar diagrammasi”

    • To‘g‘ri va ongli kasb tanlay olish kompentensiyasi

    • O‘z-o‘zini baholay olish kompetensiyasi

    6

    Uyga vazifa

    5 daqiqa

    Uyga beriladigan topshiriq yuzasidan ma’lumotlarni tushuntirish

    FSMU texnologiyasi

    • Fan texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish kompetensiyasi

    Dars maqsadi:

    a) ta'limiy - o'quvchilarga pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo'yiladigan talablar, unda rioya etiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari haqida tushuncha berish, un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati hamda ahamiyati haqida ma'lumot berish; b) tarbiyaviy - o'quvchilarni pazandalik xonasida tartibli, saranjom-sarishtali va xavfsiz ishlashaga o'rgatish; c) rivojlantiruvchi - o'quvchilarning pazandalik xonasi jihozlaridan foydalanishga oid ko'nikmalarini kengaytirish.

    Kasbga yo'naltiruvchi maqsad: o'quvchilarda pazandalikka oid qaysi kasblarga qiziqish borligini aniqlash va shu kasb-hunarlar haqida ma'lumot berish.

    Darsning vazifasi: oshxona jihozlari va pazandalik xonasini jihozlanishi, un va don mahsulotlari haqida ma'lumot berish.

    Dars tipi: yangi bilimlar berish.

    Dars turi: nazariy va amaliy.

    Darsda qo'llaniladigan o'qitfsh metodlari: bahs-munozara, savol-javob, tushuntirish, klaster va "nima uchun" usullari.

    Darsning jihozi: pazandachilik xonasi jihozlari, bu jihozlardan foydalanishiga qo'yiladigan talablar, rioya etiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari yozilgan ko'rgazmalar, un va don mahsulotlari, ayrim pazandalik mahsulotlaridan namunalar.

    Fanlararo bog'lanish: tibbiyot, kimyo, biologiya, iqtisod.

    Darsning borishi:

    I. Tashkiliy qism (salomlashish, davomatni aniqlash, kirish so'zi va h.).

    II. O'tilagan mavzuni so'rash. (Izoh: agar dars birinchi dars bo'lsa quyidagi savollardan foydalanish mumkin: O'quvchilar! Birinchi darslarimiz mustaqillik haqidagi dars bo'lganligi sababli savollar shu haqda tuzilgan:

    1. Siz erkin va obod vatan deganda nimani tushunasiz?

    2. "Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorim, mustaqil O'zbekiston" degandi nimaiami tushunasiz?

    3. Hozirda yurtimiz bo'ylab qanday bayramlar shukuhi kezayotir?

    3. Aziz o'quvchilar, nima uchun mustaqillikni buyuk ne’mat deymiz

    4. Hur fikrlilik, erkinlik deganda nimani anglaysiz.

    Mavzuga oid savollar: 1. Pazandalik qanday kasb? 2. Bu kasbni inson hayotida qanday o'rni bor? 3. Siz 5-sinfda qanday taomlar tayyorlashni o'rgangan edingiz? 4. Keyin qanday taomlar tayyorlashni o'rganib oldingiz? 5. Hozir mustaqil holda qanday taomlar tayyorlay olasiz?

    III. Yangi mavzuni bayon etish. Pazandalik xonasini jihozlashga qo'yiladigan talablar. Pazandalik xonasi turli xil pazandalik ishlari -taomlarni tayyorlash uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Pazandalik xonasining asosiy jihozlariga elektr yoki gaz plita, stol, pichoq, boltacha, taxta, cho'mich, kamgir, qoshiq, sanchqi kabi asbob-uskunalar va idish-tovoqiar kiradi. Plita xonaga shunday joylashtirilish kerakki, unga yaqin kelib ishlashga va boshqa moslamalarni o'rnatishga ham qulay bo'lsin. Xona maydonidan unumli foydalanish maqsadida devorga osilgan oshxona javonlaridan foydalanish qulaydir. Xonada issiq va sovuq suv ta'minoti bo'lishi yoki issiq suv bo'lmasa, elektr pilitada suv isitish imkoniyati yaratilgan bo'lishi kerak.

    Xonada mahsulotga issiqlik ishlov berish uchun uy sharoitida ishlatiladigan elektr pilita va elektr duxovkalar yong'inning oldini olish uchun elektr xavfsizligi qoidalariga muofiq o'rnatilishi lozim.

    Xonada oshxona idish tovoqlarini yuvish uchun yuvish qurilmasi, rakovinalar hamda mahsulotlarga ishlov berish stollari bo'lishi kerak, Ular quyidagicha joylashtirilishi mumkin. Yuvish qurulmasi-stol-pilita yoki pilita-stol-yuvish qurilmasi. Bular hammasi bitta chiziqda joylashgani ma'qul. Elektr pilita oldida polga rezina gilamcha to'shaladi.

    Ovqat tayyorlash jarayoni o'quv xonasida amaliy mashg'ulot uchun zarur idish tovoqlar, amaliy mashg'ulot bajariladigan taoiiiuiug liajiniga mos qozon, emallangan kostryulkalar. katta va kichik leva, ikkita cho'mich, kapkir, chovli, qasqon, taxta-o'qlov, clak, jo'va g'alvir, go'sht qiymalagich, xovoncha, qirg'ich, kattaligi liar xil bir ncchta tog'ora, sirlangan laganlar, sabzavotlarni tozalash, baliq va no'shtni to'g'rash uchun alohida-alohida taxtalar, pichoqlar va hoka/olar bo'lishi lozim. Ularga maxsus belgilar, masalan, XS - xom sab/avollar, PS -pishgan sabzavotlar, XG - xom go'sht, PG - pishgan go'sht, XB - xom baliqqa degan yozuvlar yozilgan bo'lishi zarur.

    Amaliy mashg'ulot xonasidagi hamma asbob, jihoz va idish-tovoqiar sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilingan holda saqlanishi kerak. Xonada tez buziladigan mahsulotlarni saqlash uchun sovitgich-muzlatgich; sochiq, dasturxonlarni yuvish uchun kir uvish mashinasi bo'lishi kerak.

    Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Aziz o'quvchilar! Pazandalik ishlarida bir qator sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish talab etiladi. Bu bizning sog'ligimizni saqlashda katta ahamiyatga ega. Hozir sizlar bilan pazandalik ishlarida rioya etiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishamiz. Pazandalik xonasida ishlash paytida quyidagi sanitariya-gigiyena talablariga va xavfsizlik qoidalariga amal qilish zarur:

    1. Xona ozoda, yorug', shinam bo'lishi kerak. Taom tayyorlash vaqtida hosil bo'ladigan hid va bug'lardan xalos bo'lish uchun maxsus shamollatgich moslamalar o'rnatilgan bo'lishi kerak. Xona devdrlari poldan 1,5-1,75 m baladlikda yorqin bo'yoqda bo'yalgan bo'lishi yoki kafellangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Xona poliga lenoleum yoki boshqa materiallar yotqizilishi mumkin.

    2. Xonada ishlaganda o'quvchilarning tirnoqlari toza olingan bo'lishi, lak bo'yoqlari va barmofllarda turli taqinchoqlarni bo'lmasligi kerak.

    3. Ishga tushishdan oldin qo'lni sovunlab toza yuvish, toza maxsus ish kiyimi - xalat kiyish yoki peshband tutish, sochlarni maxsus bosh kiyimi ostiga olish zarur.

    4. Har bir xom va pishgan mahsulot • uchun alohida taxta va pichoqlar ishlatish zarur. Chunki xom mahsulot to'g'ralgan taxtada mikroblar rivojlanadi va pishgan mahsulotga o'tishi mumkin. Taxta va pichoqlar ishlatiladigan joylarda saqlanadi. Taxta oralarida yorilgan yoki zichlanmagan joylari bo'lishi mumkin emas.

    5. Oshxona idish-tovoqlari taomlarni tayyorlash, saqlash va tashish uchun xizmat qiladi. TurSi qozonlar, tovalar, kostryulkalar, kapkir, cho'mich, chovli, elak - bularning hammasi zanglamaydigan po'lat, alyuminiy, cho'yan, oq tunukadan tayyorlanadi. Sirlangan tog'orachalar, faqat mahsulotlarni saqlash, yaxna taomlarni tayyorlashda ishlatiladi.

    6. Oshxona idishlari shishadan, liiyanvl.m c Innin, Inllm (larelkalar, chashka, piyola, kosa, stakan, fujer va boshqalar), zanglamaydigan po'latdan (vilka, qoshiq, pichoq) tayyorlaitadi. Oslixonada polimer, plastmassa idishlar ham keng ishlatiladi. Clicllan snijvm, yorilgan, siri ko'chgan idishlardan foydalanish mumkin emas.

    7. Zararli hasharotlarga qarshi kurash - ichak infeksiyasi va oziq-ovqatdn zaharlanishning oldini olishda muhim choradir. Chunki ular har xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchilardir. Pazandalik xonasida pashsha, suvarak va kemiruvchilar mutlaqo bo'lmasligi kerak.

    8. Mog'orlagan, chirigan boshqa shu kabi nuqsonlari bo'lgan mahsulotlar ishlatilmaydi.

    9. Zanglagan, tozalanmagan, buzuq asboblardan foydalanish taqiqlanadi.

    10. Kasallanib qolgan o'quvchilarga taom tayyorlashga ruxsat berilmaydi.

    11. Buzilgan mahsulotlarni iste'mol qilish kerak emas.

    12. Tez buziluvchan mahsulotlarni sovitkich-muzlatkichlarda saqlash lozim.

    13. Mahsulotlarni tozalab yuvish, navlarga ajratish zarur.

    14. Tayyor taom va xom mahsulotlarni alohida saqlash kerak. Tayyor taomni ko'p saqlab bo'lmaydi, chunki unda mikroorganizmlar ko'payib aynib qoladi.

    15. Oshxonadagi chelakning qopqog'i bo'lishi shart.

    16. Gaz yoki elektr plitalarini nazoratsiz qoldirish mumkin emas.

    17. Isitish asboblarini tagliksiz ishlatib bo'lmaydi.

    18. Idishni suyuqlik bilan o'ta to'ldirib yubormaslik lozim.

    19. Elektr asboblarini quruq qo'l bilan ushlanadi.

    20. Go'sht maydalagichdan foydalanayotganda ehtiyot bo'lish kerak, masalan go'shtni qo'l bilan emas, maxsus moslamalar bilan qiymatagichga tushirish zarur.

    21. Issiq asboblar maxsus ushlagich yoki sochiq bilan ushlanadi.

    Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati. Pazandalikda un mahsulotlari ko'p qo'llaniladi. Un bug'doy, javdari, suli, arpa, makkajo'xori va boshqa donlarni tortish (yanchish) natijasida tayyorlanadi. Bizning xalqimiz un va don mahsulotlarini eng ko'p iste'mol qiladigan xalqlardan biridir. Ro'zg'orda asosan bug'doy unidan foydalaniladi. Ayniqsa un mahsulotlaridan biri bo'lgan non va makaron eng ko'p iste'mol qilinadi. Bug'doy uni inson uchun zarur bo'lgan asosiy ozuqa masalliqlaridan biri hisoblanadi. Un oziqliligi o'simlik masalliqlari orasida kraxmalga boyligi bilan ajralib ruradi, anchagina azotli moddalari ham bor. Sunday unning tarkibida oqsil moddalari oziq hisoblanadi. Oqsillar suvni yaxshi shimib olishi sababli xamir qorish jarayonida yopishqoq modda hosil qilib, xamirning ko'payishiga imkon beradi. Bu modda xamirni ilashimli, cho'ziluvchan va g'alvirak bo'lib chiqisHini ta'minlaydi. Oqsil modda kleykovinaning miqdori unlarning naviga bog'liq bo'ladi, shunga ko'ra unlar oliy, birinchi va ikkinchi navlarga bo'linadi. Unning ozuqaviy boyligi bug'doyning sifati va unning yanchilganligiga bog'liq. Yirik yanchilgan unning sifati mayda yanchilgan unning sifatidan pastroq bo'ladi. Unning sifati un rangiga, namligiga, hidiga va qovushqoqligiga qarab belgilanadi. Oliy navli un yumshoq va rangi oppoq bo'ladi. Birinchi navli un yumshoq, lekin sarg'isliroq oq rangli bo'ladi. Ikkinchi navli un esa yirikroq, kulrang tus aralash oq rangda bo'ladi. Unning namligi 15% dan oshmasligi kerak. Unning namligini tekshirish uchun ozgina unni kaftga solib, ikkinchi kaft bilan siqib ko'riladi. Qo'lni ochganda un sochilib tursa, demak, un namligi me'yorida hisoblanadi. Unning sifatini quyidagicha bilish mumkin. Yaxshi, me'yordagi un qo'lga olib siqimlansa -cho'ziluvchan, qo'lning harakatiga ham to'zib ketadigan bo'ladi. Nam un esa to'zimaydi, siqimlanganda guvalak bo'lib turadi va sochilib ketmaydi, sirtida esa qo'l panjalarining izi yaqqol ko'rinib turadi.

    Un quruq va salqin xonada saqlanadi, chunki issiq joy da unning qovushqoqligi yo'qoladi, nam joyda esa zararkunandalar paydo bo'ladi.

    Don mahsulotlariga bug'doy, arpa, jo'xori gurunch, grechka, perlovka (arpa yormasi), mosh, loviya, no'xat kabilar kiradi. Bular ko'p iste'mol qilinadi. Buning sababi mazkur mahsulotlarning ozuqaviy xossalarini yuqoriligi, ya'ni to'imliligidir. Shuning uchun ham yorma, dukkakli donlar va makaron mahsulotlaridan har hil lazzatli taomlar tayyorlashda foydalaniladi. Donli o'simliklar odam organizimi uchun eng foydali bo'lib, ularda 69-88 foiz uglevod bo'ladi, shuningdek oqsil, yog' mineral moddalar ham bo'ladi. Uiarning oziqlik qiymati yuqori bo'lib, tarkibida oqsillar, uglevodlar, yog'lar, Vi, V2, PP darmondorilar va mineral moddalar ko'p bo'ladi. Yormalardan turli ovqatlar va go'shtli, baliqli taomlar uchun garnirlar tayyorlanadi. Ularni tarkibidagi oziq moddalarga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

    - tarkibida kraxmal ko'p bo'lgan yormalar: gurunch, manniy, poltava;

    - tarkibida oqsili ko'p yormalar: suli, perlovka grechixa, so'k, nuxat;

    - tarkibida yog'i ko'p bo'lgan yormalar: grechka, suli, so'k. Bolalarning o'sishida don mahsulotlarining foydasi katta, bolalar

    bir kunda 1,2 mg dan 2 mg gacha B, vitaminini iste'mol qilishlari kerak. Donli o'simliklarni o'z vaqtida yig'ishtirib olinsa, ulardagi turli moddalar yaxshi saqlanadi, aks holda bu moddalar eskiradi, don chiriydi va undan mog'or hidi kelib qoladi.

    1-jadvalda 100 gramm don tarkibidagi vitaminlar miqdori milligram hisobida ko'rsatilgan.


    1-jadval.

    Donlar

    B] vitamin!

    Donlar

    B| vitamini

    Suli Grechka . Bug'doy . Perlovka

    0,60 0,50 0,39 0,30

    Arpa Jo'xori Mannaya yormasi Gurunch

    0,20 0,15

    0,10 0,09

    Oziqlik qiymati va tarkibidagi darmondorilarning ko'pligi bo'yicha grechka va suli birinchi o'rinda turadi. Manniy va gurunch keyingi o'rinlarda turadi. Yormalarning tarkibida meneral moddalardan asosan fosfor va kalsiy ham bo'ladi, shuning uchun ularni sutda pishiriladi yoki sut qo'shib tortiladi. Gurunch, so'k va perlovka tarkibidagi yog' oksidlanishi natijasida achchiq tarn berishi mumkin. Shuning uchun ular avval iliq, so'ngra issiq suvda yuviladi. Manniy, grechka, gerkules yormalari yuvilmasdan ishlatiladi. Perlovka yormasi juda sekin pishadi. SHuning uchun uni pishirishdan oldin ikki, uch soat soviq suvda ivitiladi. Grechka yormasini ham tez pishishi uchun yog'siz qovurib, qizdirib olinadi.

    Dukkakli taomlardan juda to'yimli taomlar tayyorlash mumkin, chunki ularning tarkibida 20 % gacha oqsil, - 20 % gacha yog', shuningdek A,B,D,E darmondorilari, fosfor, kaliy, kalsiy kabi miniral tuzlar bo'ladi. Dukkakli donlarrii taomga ishlatishdan avval terib tozalanadi. Ularning pishishi qiyinligi uchun 5-6 soat davomida iliq suvda ivitib qo'yiladi. Dukkakli donlarni aslida tuz, nordon mahsulotlar (tomat) solinmay pishiriladi, chunki bular donlarni qotirib qo'yadi. SHuning uchun loviya, mosh, no'xat kabi mahsulotlarga pishish oldidan tuz solinadi. Dukkali doniarni pishish vaqti olarning turiga qarab 30 daqiqadan 3 soatgachadir.

    Makaron tarkibida 9-15% oqsil, 75-79% uglevod, 1% yog', 0,1-0,6% kelichatka bo'ladi. 100 g makaron mahsulotining to'yimliligi 108 kkalni tashkil etadi. Makaron mahsulotlari tuz solib qaynatilgan suvda pishiriladi. Bunda 1 kg makaron mahsulotiga 6 1 suv, 50 g tuz solinadi va to'la pishguncha qaynatiladi. Makaron 20-35 daqiqa, ugra 20-25 daqiqa, vermishel 10-15 daqiqa qaynatiladi. Pishgandan so'ng suvi silqitiladi. Bir-biriga yopishmasligi uchun yog' surtiladi. Makaron mahsulotlaridan alohida taomlar va go'shtli, baliqli taomlarga garnirlar ham tayyorlash mumkin.

    Amaliyish: 1-usul. Donlarning tarkibini o'rganish.

    2-usul. Yorma, dukkakli don va makaron mahsulotlaridan taom tayyorlash.



    Ishdan maqsad: Dukkakli don mahsulotlaridan serdakda tayyorlangan loviyali taomni tayyorlashni o'rganish.

    Jihozlar va asboblar: qozon, kabgir, pichoq, taxtacha, cho'mich. Ishni bajarish tartibi:

    1. Oshxonada sanitariya-gigeyena talablari va xavfsizlik qoidalariga amal qilinadi.

    2. Umshoq pishirilgan loviya tomat sardagiga solinib, 5 daqiqa qaynatiladi.

    3. Tuz, murch, margarin solib tayyor holga keltiriladi 1 bosh piyoz yoki sarimsoq piyoz ham qo'shish mumkin.



    4. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga ko'kat sepib beriladi.

    IV. Mustahkamlash. Savollar: 1. Un qanday boshoqli ekinlardan olinadi? 2. Unning qanday navlari bor? 3. Qanday don mahsulotlarini bilasiz? 4. Don mahsulotlaridan qanday taomlar tayyorlasa bo'ladi? 5. YOrma, dukkakli don va makaron mahsulotlari tarkibida qanday darmondorilar bor? 6. Yorma, dukkakli makaron mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar nima uchun yuqori kaloriyaga ega?

    V. Darsni yakunlash (baholash, uyga vazifa, ish o'rnini yig'ishtirish).
    Download 0,97 Mb.
    1   2




    Download 0,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Haydarova dilfuzaning mehnat fanidan

    Download 0,97 Mb.