Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet34/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   309
Bog'liq
hfh

Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo’pol buzilishi natijasida og’ir jarohatlanish yoki bir necha kishining og’ir jarohatlanishi sodir bo’lsa yoki baxtsiz hodisa o’lim bilan tugasa, qoidani buzishda ayblangan rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni vazifasidan chetlatish yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan belgilanadi.
Bunda ma’muriy va texnik xodimlarning mehnat muhofazasi qonunlarini, texnika xavfsizligi qoidalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi talablarini bilmasliklari inobatga olinmaydi.
Korxonalarida ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat muhofazasi holatlari uchun javobgarlik korxona direktori, bosh muhandis, ularning o’rinbosarlari, bosh mexanik, bosh energetik, fabrika mudirlari, tsex boshliqlari va smena ustalariga yuklanadi.
3. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’ bilan ta’minlash. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o’qitish tizimi.
Mehnat muhofazasiga o’qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo’yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqikot tashkilotlari, birlashma, assotsiasiya, korpooratsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo’yicha yo’riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro’xsat beriladi. Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko’tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o’kuv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo’lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o’qitish va ularni to’g’ri tashkil qilish bo’yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. TSexlarda, bo’limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o’rgatish shu tsex hamda bo’lim rahbarlariga, shuningdek, o’z vaqtida va sifatli o’qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo’limlari zimmasiga yuklatiladi.

Download 6,07 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   309




Download 6,07 Mb.