• Jamoa kasaba uyushmasi nazorati
  • Korxonalardagi uch bosqichli nazorat.
  • Davlat kasaba uyushmasi nazorati




    Download 6,07 Mb.
    bet31/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Davlat kasaba uyushmasi nazorati – kasaba uyushmalari markaziy qo’mitasi hamda respublika va viloyat nazoratchilari tomonidan amalga
    oshiriladi.
    Bu tashkilotlarning texnik nazoratchilariga korxonalarning mehnat muhofazasi haqidagi qaror, qoida va yo’riqnomalarni, sanoat sanitariyasi va mehnat qonunchiligini nazorat qilish topshirilgan.
    Jamoa kasaba uyushmasi nazorati – korxona, tsex va bo’limlarda umumiy majlisda saylangan mehnat muhofazasi vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Ular korxonalarda mehnat qonunchiligini, xavfsizlik texnikasi talablarini sanoat sanitariyasi qonunlarining bajarilishini hamda jamoa shartnomalarining bajarilishini, mehnatga beriladigan ish haqi to’g’riligini nazorat qiladilar. Mehnat muhofazasi tadbirlari rejalarini tuzadilar.
    Mehnatni muhofaza qilishda boshqarma nazorati yuqori tashkilot mehnatni muhofaza qilish bo’limlari orqali amalga oshiriladi.
    Korxonalardagi uch bosqichli nazorat.
    Mehnat muhofazasini boshqarish tizimidan uch pog’onali ma’muriy – jamoa nazorati korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati va kasaba uyushmasining asosiy nazorati shaklidir. Bunda mulkchilik shaklidan ham qat’iy nazar, ish o’rinlarida, ishlab chiqarish bo’limlarida, tsexlarda mehnat sharoitlari va xavfsizligi nazorat qilinadi, barcha xizmatlar, lavozim egalari va ishlovchilar mehnat muhofazasi haqidagi qonunlarga, standartlarga, qoidalarga , me’yorlar, yo’riqnomalar va boshqa me’yoriy
    texnik xujjatlarga qanday rioya qilayotganlari tekshiriladi.
    Uch pog’onali nazorat rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning lavozim vazifalarini ma’muriy nazorat etishni hamda jamoatchilik nazoratini yo’qqa chiqarmaydi.
    Mehnat muhofazasini holatini uch pog’onali nazorati ishlab chiqarishning xususiyati, korxonani strukturasi va uning bo’linmalari masshtabiga bog’liq hamda, quyidagicha o’tkaziladi:

    • birinchi pog’ona: bo’limda smena davomida yoki brigadada (bundan buyon: bo’limda deyiladi);

    • ikkinchi pog’ona: tsexda, ishlab chiqarishda yoki korxona bo’limida (bundan buyon: tsexda);

    • uchinchi pog’ona: butun korxonada.

    Ishlab chiqarish bo’limlarini uch pog’onaning qaysi biriga tenglashtirish masalasini korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birga hal qiladi.
    Uch pog’onali nazoratga korxona rahbari va kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi rahbarlik qiladi.
    Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo’lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   309




    Download 6,07 Mb.