|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 27/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh-qo’rqoqlik xulq-atvori. Qo’rquvni yengishga qaratilgan ma’lum tarbiyaviy vositalar bilan o’zgartirilishi va bartaraf qilinishi mumkin. Tormozlanish xulq-atvor turidagi odamlarga samarali ta’sir o’tkazish usullari hozircha ishlab chiqilmaganligi uchun ularning hizmatidan voz kechgan ma’qulroqdir.
Inson faoliyatida, ayniqsa ekstremal sharoitlarda guruh psixologiyasi katta rol o’ynaydi. Vahima sharoitida ko’pchilikning xulq-atvori yakka shaxsning xulq-atvoridan farq qiladi va o’zining qonun-qoidalari bor.
Ma’lumki, ekstremal sharoit vaqtida va to’g’ri tanlangan yechim avariya va katostrofalarni oldini oladi. Ishlab chiqarish sharoitida esa har doim ko’pchilik qatnashadi (tsex, fabrika, kombinat va h.k.) va qaror qabul qilish ana shu guruh (kollektiv) zimmasiga tushadi. Psixologiyada bu jarayon kollektiv qaror qabul qilish deyiladi.
Bu jarayonda guruh a’zolarining fikri bilan albatta hisoblashib chiqish talab qilinadi, chunki shunday qilinsa, har bir kishi o’z shaxsiy yechimini boshqatdan ko’rib chiqib, umumiy fikrga moslab qaror qabul qiladi. Bunda liderning dunyoqarashi, keng va har tomonlama o’ylab, guruh manfaatini ko’zlab fikr bildirishi muhim rol o’ynaydi va kollektiv qaror qabul qilishini tezlashtiradi.
Ekstremal sharoitlarda liderda avtoritet va aniq maqsadlarning bo’lmasligi yoki ularni aniq va lo’nda ifoda qilib berolmasligi to’da kayfiyatini vujudga keltiradi, bu esa umumiy vahimaga olib kelishi mumkin. Vahimaga tushib qolgan to’dani boshqarish qiyin.
Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari. Ish joylarini estetik jihatdan jihozlash.
3.Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari.
Ruhshunoslar kishining har bir harakatini quyidagi uch funktsional qismlarga ajratishadi: asoslangan, taxminiy va ijroviy. Bularning birortasida yo’l qo’yilgan xato umumiy xatoga olib keladi. Masalan, kishi xavfsiz ishlash qoidasini yoki yo’riqnomani buzayapti, bunda u ushbu yo’riqnomani yoki mensimaydi, bajarishni xohlamaydi, yoki uni bilmaydi, yoki uni bajarolmaydi.
Harakatning asoslangan qismidagi buzilishlar ma’lum operatsiyalarni bajarishni xohlamaslik shaklida namoyon bo’ladi. Bu ikki xil: doimiy (xavfni mensimaslik, tavakkalga moyillik, mehnat va texnik qoidalarga salbiy munosabat, korxonada xavfsiz ishlash rag’batlantirilmaydi va h.k.) va vaqtinchalik (kishi ruhiy ezilgan, shirakayf va h.k.) bo’lishi mumkin.
Harakatlarning taxminiy qismidagi buzilishlar texnik sistemalarni ishlatish qoidalarini va xavfsiz ishlash qoida va usullarini bilmaslik shaklida namoyon bo’ladi.
Ijroviy qismidagi buzilishlar insonning ruhiy va fizik imkoniyatlari ish talablariga mos tushmasligi tufayli yuz beradi. Bu ham ikki xil: doimiy (harakatlarning uyg’un emasligi, diqqatning tarqoqligi, ishchi bo’yining ishlaydigan uskuna gabaritiga mos emasligi va h.k.) va vaqtinchalik (o’ta toliqqanlik, ish qobiliyatining pasayishi, salomatligining yomonlashuvi, shirakayflik va h.k.)
Bunday tasnif sabablarga qarab guruhlarga ajratish va har bir guruh bilan profilaktika tadbirlari olib borish imkonini beradi. Masalan, asoslangan qismida - tashviqot va tarbiya; taxminiy qismida - o’qitish, malaka hosil qilish; ijroviy qismida - kasbiy tanlov, tibbiy ko’rik va h.k.
Inson omili bilan bog’liq bo’lgan xavfli vaziyat va jarohatlarni quyidagi uch darajaga bo’lish mumkin:
|
| |