|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 26/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh Mo’’tadil zo’riqish- mehnat faoliyatiga undovchi me’yoriy ish xolati. Bu holat eng makbul xolat bo’lib komfort ish sharoitida, uskunalarning me’yoriy ish rejimida ishlash paytidagi holatdir. Bunday holatda ishlash qobiliyati uzok vaqt saqlanib turadi, qo’pol xatolar, noto’g’ri harakatlar va boshqa nohushliklar kuzatilmaydi.
Ortiqcha zo’riqish- ekstremal sharoitlardagi faoliyat bilan bog’liq. Ekstremal sharoitlar kishining fiziologik imkoniyatlari chegarasidan chetga chiqqan fiziologik va ruhiy funktsiyalarning maksimal zo’riqishini talab qiladi. Zo’riqishni kuchaytiradigan nohush omillar quyidagilardir: 1) fiziologik diskomfort -mehnat sharoitlarini me’yoriy talablarga mos emasligi; 2) biologik qo’rquv; 3) boshqaruv uchun vaqt tangligi; 4) yechilishi kerak bo’lgan masalaning o’ta murakkabligi; 5) xato harakatlar ahamiyatining yuqoriligi; 6) masalani yechish uchun axborotlarning yetishmasligi; 7) axborotning ortiqchaligi; 8) ixtilofli sharoitlar va sh.o’.
Intellektual zo’riqish- ish bajarish paytida muammoli vaziyatlarning yechimini topishda tez-tez intellektual jarayonlarga murojaat qilish oqibatida kelib chiqadigan zo’riqishdir.
Sensor zo’riqish- kerakli axborotni qabul qilishda qiyinchiliklar, faoliyatining me’yoriy bo’lmagan sharoitlari tufayli paydo bo’ladigan zo’riqish.
Monotoniya - bajarilayotgan harakatlarning bir xilligi, diqqatni chalg’itish imkoni yo’qligi, bor diqqatni bir yerga to’plashga bo’lgan talabning yuqoriligi tufayli paydo bo’ladigan zo’riqish.
Politoniya - (monotoniyaning aksi) - diqqatni tez-tez va kutilmagan yo’nalishlarda o’zgartirib turish zarurati tufayli paydo bo’ladigan zo’riqish.
Jismoniy zo’riqish- kishining mushaklariga tushadigan zo’riqish.
Emotsional zo’riqish- ixtilofli sharoitlar, avariya vaziyatlarining paydo bo’lishi ehtimoli bilan bog’liq zo’riqish.
Kutish zo’riqishi- faoliyat bo’lmagan sharoitda ham ish qobiliyatini yo’qotmaslik zarurati bilan bog’liq zo’riqish.
CHarchash (toliqish)- uzoq muddat ishlash tufayli ish qobiliyatining vaqtincha pasayishi bilan bog’liq zo’riqish.
Faoliyat jarayonida charchash holatidan tashqari monotonlik, ya’ni harakatlarning zerikarli ravishda bir xilligi ham kishini ish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni uni ishga loqaydligi oshadi, barvaqt toliqishga sabab bo’ladi.
Monotonlikning fiziologik asosida bir xilda betinim takrorlanib turuvchi harakatlarning tormozlovchi ta’siri yotadi. Monotonlik tushunchasi har doim qisqa vaqt orasida bajariladigan bir xildagi ishni ko’z oldimizga keltiradi. CHarchash bilan monotonlik orasida teskari proportsional bog’liklik mavjud bo’lib, charchash ruhiy zo’riqishga olib kelsa, monotonlik uni pasaytiradi.
Monotonlik holati bilan ruhiy ta’sirlanish holatini ham ajratib olish kerak. Ruhiy ta’sirlanish, hayajonga, asabiylashishga, bezovtalikka olib kelsa, monotonlik aksincha, uyqusirash, zerikish, ruhiy faollikning pasayish holatlari bilan xarakterlanadi. Ruhiy ta’sirlanish va monotonlikni chegaralari ma’lum bir ma’noda nisbiydir, chunki: 1) ular bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatmaydi; 2) ularning oqibati odamga umumlashgan holda ta’sir qiladi; 3) ishlab chiqarish amaliyotida ularning birortasi haddan tashqari formada uchramaydi.
Emotsional zo’riqish kishining xulq-atvoriga turlicha ta’sir qiladi. Ekstremal vaziyatlarda kishining ta’sirlanish yoki tormozlanish holatiga qarab emotsional zo’riqishi quyidagi formalarda kechishi mumkin:
-xulq-atvorning zo’riqish turi umumiy tormozlanish, harakatlarning sekinlashuvi, siqiqlik (tanglik), beixtiyoriy harakatlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bunday hodimlar boshqaruv dastagini mahkam siqib ushlaydilar, lablarini tishlaydilar, yuzlari burishgan, barcha diqqatlari asboblarga qaratilgan, signallarga o’ta ta’sirchanlik bilan reaktsiya qiladilar.
Emotsional zo’riqish o’z vazifasini bajarishdan ongli ravishda bosh tortishga ham olib kelishi mumkin. Ayrim vaziyatlarda passivlik va voqelikdan o’zini olib qochishga intilish hollari ham kuzatiladi. Operator avariya sharoitida fikrini jamlab olishga qiynaladi, uzoq vaqt tik yoki o’tirgan vaziyatda turib qoladi, peshonasini ishqalaydi, qoshlarini chimiradi, vaqtni cho’zishga, boshqaruv punktidan uzoqroqqa ketishga harakat qiladi. Bular hammasi emotsional zo’riqish ta’siridan o’zini qutqarishga bo’lgan harakatlardir. Bunday xulq-atvor qo’rqoqlik deb baholanadi.
Emotsional zo’riqishning tormozlanish turi ham borki, unda odam ma’nosiz, nazorat qilib bo’lmaydigan, agressiv harakatlar qila boshlaydi. Natijada u boshqarayotgan sistemaning avariyaga uchrash imkoniyati kuchayadi.
SHunday odamlar borki, ekstremal vaziyatlarda o’zlarini ushlab oladilar, ish ko’rsatkichlari yaxshilanadi, xavf haqidagi signallarni xotirjamlik, bosiqlik bilan kutib oladilar. Bunday xulq-atvor progressiv xulq-atvor hisoblanadi va kam kuch sarf kilib, yuqori ish unumdorligiga erishish, jasorat ko’rsatish bilan xarakterlanadi.
|
| |