|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 22/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhKalit so’zlar:
Hayotiy faoliyat, yashash muhiti, biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, hatar, xavfsizlik, xavfsizlik aksiomalari, ishonchlilik, qaltislik.
Muhokama uchun savollar:
Kelib chqishi bo’yicha xavflarning qanday turlarini bilasiz?
Xavfni tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha qanaqa turlari bor?
Xavflar keltiradigan zarari bo’yicha turlarini aytib bering.
Xavfni namoyon bo’ladigan muhiti bo’yicha qanaqa turlari bor?
Xavfni tarkibi bo’yicha turlarini aytib bering.
Odamga ta’siri bo’yicha xavflar qanday turlarga bo’linadi?
1-модул. 4-mavzu. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari
Reja:
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari asosiy prinsip va usullari
Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi.
Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari.
Ish joylarini estetik jihatdan jihozlash.
Tayanch so’z va iboralar:
Xavfsizlikni ta’minlash printsipi, blokirovka, mustahkamlik, ojiz zveno, ekranlash, izchillik, masofa bilan himoyalash, me’yorlashtirish, axborot printsipi, gomosfera, noksosfera, shaxsiy himoya vositalari, kollektiv himoya vositalari.
1.Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari asosiy prinsip va usullari
HFX fani ko’pgina fanlar bilan bog’langan. SHulardan biri ergonomika fanidir. “Ergonomika” atamasi Polsha olimi Yastigenbovskiy tomonidan kiritilgan. 1875 yilda u “Ergonomika belgilari yoki mehnat haqidagi fan” degan kitobida shu xaqda yozadi.
Ergonomika kishining faoliyat jarayonidagi funktsional imkoniyatlarini o’rganadi. Bunda faoliyat samarali va kishiga eng qulay /komfort/ sharoit yaratib berishi hisobga olinadi. Boshqacha qilib aytganda gap odamning harakteristikasi ma’lum mikdorda muhit harakteristikasiga mos kelishligi ustida borayapti.
Albatta, bunda HFXning ayrim masalalari yechiladi. SHunday qilib ergonomika ayrim muammolarni xal qiluvchi fan sifatida qaralishi kerak. Lekin u xavfsizlikning barcha masalalarini yechib bera olmaydi. Xususan, ergonomika texnikani kishiga moslashtirishga harakat qiladi. Lekin bu hamma vaqt ham yechiladigan masala emas. HFX fani esa odamni texnikaga moslashishi muammolarini ham o’rganadigan fandir.
|
| |