|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 24/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhQuvvat moslashuvi.Bu mashinani boshqaruv organlarini, insonning sarf qilayotga kuvvati, harakatlarining aniqligi, tezligi, kuchi bo’yicha optimal imkoniyatlarga moslashtirib ko’rishni taqazo qiladi.
Fazoviy antropometrik moslashuv. Bu inson tanasining yoki aьzolarining o’lchamlarini, ko’zining ko’rish imkoniyatlarini, uning ish holatini (pozasini) hisobga olishni taqazo qiladi. Bu masalani hal qilishda ish joyining hajmi, qo’l va oyoqlarning uzun qisqaligi, operatordan asboblar pulьtigacha bo’lgan masofa va boshqalarni hisobga olinadi. Bu masalaning murakkabligi shundaki, odamlarning antropometrik ko’rsatkichlari har xil. Masalan, o’rta bo’yli kishini qoniqtiruvchi o’rindiq, bo’yi past yoki bo’yi juda baland kishining ishlashi uzun juda noqulaydir. Bunday xollarda yechimni ergonomika fani beradi.
Texnik-estetik moslashuv. Bu moslashuv, insonni o’z ishidan, ishlayotgan mashinasidan qanoat hosil qilishidir. Hammamizga ma’lumki, estetik did bilan ishlangan chiroyli ixcham mashinada ishlash qanchalik zavq beradi. Yoki, qo’pol, xunuk mashinada ishlash kishini qanchalik ezadi. SHuning uchun yangi mashina va uskunalarni yaratishda ergonomika fanni rassom-dizaynerlarni taklif qilishni maqsadga muvofiq deb biladi.
2. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi.
Kerakli natijaga erishish yo’lida qilingan har qanday faoliyat albatta bir necha ruhiy jarayon va amallardan tashkil topadi.
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim zveno hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida avariya va jarohatlar bilan bog’liq muammolarni faqat muhandislik usullari bilan yechib bo’lmaydi. Hayotiy tajribalar avariya va jarohatlarning asosida ko’pincha (60-90%) tashkiliy - psixologik: kasbiy tayyorgarlikning sifatli emasligi, mutaxassislarning xavfsiz ish usullarini yaxshi bilmasligi, ishchining ruhiy holati ish xarakteriga mos tushmasligi va boshqa ko’plab sabablar yotganligini ko’rsatadi.
Xavfsizlik psixologiyasi inson faoliyatida xavfsizlikni ta’minlashda psixologik bilimlarni qo’llashni o’rganadi. Bunda mehnat faoliyati jarayonida, insonning ruhiy jarayonlari, xususiyatlari va ayniqsa uning ruhiy holati alohida o’rganiladi, chunki uning salomatligini saqlashda ahamiyati yuqoridir.
Insonning ruhiy faoliyatida uch asosiy komponent ajratiladi: ruhiy jarayonlar, ruhiy xususiyatlar va ruhiy holatlar.
Ruhiy jarayonlar inson ruhiy faoliyatining asosini tashkil etadi va borliqning dinamik in’ikosi (tasviri)dir. Ularsiz bilimlarning shakllanishi va hayotda tajriba orttirish mumkin emas. Ruhiy jarayonlarning bilimga oid, his-tuyg’uga oid va irodaga oid turlari bor.
Ruhiy xususiyatlar(shaxsiy sifatlar) - shaxsning xususiyatlari yoki uning o’ziga xos tomonlari (xarakteri, temperamenti va sh.o’.). ruhiy xususiyatlarning aql-zakovat, his-tuyg’u, iroda, ahloqiy, mehnatkashlik turlari mavjud. Bu xususiyatlar barqaror va doimiy hisoblanadi.
Insonning ruhiy holati - kishining ichki holatini, psixik kechinmalarini, his-tuyg’ularini aks ettiruvchi kayfiyati. Ruhiy holat o’zining turli-tumanligi, vaqtga bog’liqligi, o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ruhiy holatning bu yerda qo’yilgan vazifasiga qarab uch guruhga, ya’ni xaddan tashqari ruhiy zo’riqish holati, alohida ruhiy holat va ishlab chiqarish ruhiy holatlariga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
|
| |