• Biofizik moslashuv.
  • Ergonomikaning mutaxassislari “inson-mashina” sistemasi




    Download 6,07 Mb.
    bet23/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Ergonomikaning mutaxassislari “inson-mashina” sistemasining samarali ishlashini besh turli moslashuvini ta’kidlaydilar: axborot, biofizik, quvvat, fazoviy antropometrik va texnik-estetik.
    Axborotmoslashuvi. Murakkab sistemalarda operator murakkab fizik jarayonlarni bevosita boshqarmaydi.Ko’pincha u jarayon bajarilayotgan joydan uzoqroqda bo’ladi. Boshqaruv obьekti xatto unga ko’rinmasligi, sezilmasligi, eshitilmasligi mumkin. Operator, ular xaqida axborot beruvchi asboblarning qiymatini, ekranni, signallarni va sh.o’. ko’radi. Ushbu barcha uskunalar axborotni ko’rsatuvchi vositalar deyiladi. Zarurat tug’ilganda operator richaglar, dastaklar, tugmalar, o’chirgichlar va boshqa boshqaruv organlaridan foydalanadilar, bularni barchasi birgalikda boshkaruv maydonini tashkil qiladi. Axborotni ko’rsatuvchi vositalar bilan boshqaruv maydoni mashinaning axborot modeli deyiladi. U orqali operator eng murakkab sistemalarni ham boshqaradi.
    Ergonomika fanining vazifasi shunday axborot modeli tuzishki, unda mashinaning barcha kerakli harakteristikalarini istalgan vaqtda aks ettirsin, shu bilan birga unga axborotlarni oson, tez va bexato o’zlashtirish va boshqarish imkonini bersin. Bu murakkab masala. Unga operatorning xavfsiz, aniq sifatli va unumli ishlashi bog’liq. Qisqa qilib aytganda axborot modeli odamning psixofiziologik imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak. Axborot moslashuvi ana shundan iborat.
    Biofizik moslashuv. Bunda operatorga shunday muhit yaratish kerakki, unda ishchiga normal ish sharoiti va fiziologik holati mavjud bo’lsin. Bu masala mehnat muhofazasi talablari bilan mos keladi. Ko’p xollarda tsexdagi atrof muhitning chegaraviy qiymatlari qonunlashtirilgan, lekin inson organizmi uchun hamma vaqt ham qulay emas. (Masalan, nisbiy namlik, harorat va sh.o’.)SHuning uchun mashinalarni yaratishda shovqin, titrash, yoritilganlik, mikroiqlim va h.k. kattaliklarni maxsus tadqiqot qilish zarurati mavjud.
    Odamning quvvati va kuchi cheksiz emas. U ma’lum chegaraga ega. Boshqaruv organlarini /richag, tugma, o’chirgich va h.k./ juda katta yoki juda kam kuch talab qilishi mumkin. Bu ikkisi ham yomon. Birinchi holatda u charchaydi, natijada ko’ngilsiz holatga olib kelishi mumkin. Ikkinchi holatda, u richagning qarshiligini sezmasligi mumkin, bu ham xavflidir.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ergonomikaning mutaxassislari “inson-mashina” sistemasi

    Download 6,07 Mb.