Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalar. Ular ikki turli kollektiv himoya vositalari (KHV) va shaxsiy himoya vositalari (SHHV).
O’z navbatida KHV va SHHV xavfning xarakteriga, konstruktiv ijrosiga, ishlatish oblastiga va boshqalarga bo’linadi.
5.“Inson - muhit” tizimida inson omili.
Millionlab yillar davomida yuz bergan evolyutsion va sotsial rivojlanish davrida insonda xavfdan Himoyalanishning tabiiy sistemasi vujudga kelgan va bu sistema ma’lum cheklanishga egadir.
Hayot faoliyati xavfsizligi insonni xavfdan ximoyalashga karatilgan bulsada, ko’pchillik xollarda insonni o’zi potentsial xavfni, tug’diruvchi, tashuvchi hisoblanadi. Masalan, inson o’z xayoti davomida turli xil zararli va zaharli moddalarni ishlab chiqaradi va o’zining xato harakati tufayli ko’pgina baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi qisqa aytganda, inson muhitga ta’sir etadi, uni o’zgartiradi, natija esa g’gir okibatlarga olib kelishi bilan tugashi mumkin buladi. SHu sababli, «inson-muhit» sistemasi xavfsiz faoliyatda bo’lishi uchun inson va muxitni tashkil etuvchi barcha elementlarning ko’rsatkichlari o’zaro muvofiklikda bulishi talab etiladi. Agar bunday muvofiklik («kelishiluvchanlik») bo’lmasa quyidagi ko’rinishdagi ko’ngilsiz xodilar yuz beradi: insonning ish qobiliyati susayadi; umumiy va kasb kasalliklari ko’payadi; avariyalar, yonginlar, portlashlar sodir bo’ladi; ishlab chiqarish jarohatlari yuzaga keladi va x.k.
Inson uzidagi tabiiy analizatorlar, ya’ni, sezgi a’zolari orqali atrof-muhit bilan bevosita bog’lanishda bg’ladi. Ushbu sezgi a’zolarining xarakteristikasini o’rganish xavfsizlik sistemasini takomillashtirishda muxim rol o’ynaydi. Bunday sezgi a’zolariga ko’rish, eshitish, titrashni sezish, haroratni sezish, og’riqni sezish, ta’m va xidni sezish, organik sezgi va harakat analizatorlarini misol keltirish mumkin.
Yuqorida ta’kidlangan sezgi a’zolari ma’lum xarakteristikaga ega bulib, muhit faktorlarining keskin o’zgarishi ushbu analizatorlarning ish faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Natijada, turli xil kasb kasalliklari, jarohatlanishlar kelib chiqadi. Masalan, insonning eshitish a’zolari 16-20 Gts dan 20000 Gts gacha bo’lgan tovush chastotalarini eshita oladi. 16-20 Gts dan kichik bo’lgan infratovushlar ham, 20000 GTS dan yuqori bo’lgan ulьtratovushlar ham inson g’salbiy ta’sir etadi.
Taktil analizatori, ya’ni tananing yuza qismiga ta’sir etuvchi har xil mexanik ta’sirlarni (tanaga har predmetlarni tegib ketishi, bosim ta’sir etishi va b.) sezish qobiliyatidir. Albatta, sezish qobiliyati tananing har qismi uchun xar xil. Masalan, sezishning boshlanish miqdori qo’l barmoqlarining uchi uchun – 3 g/mm2 barmoqlarning ichki tomoni uchun – 5 g/mm2, qorin uchun – 26 g/mm2 va x. k.
Yuqorida ta’kidlangan sezgi a’zolari va analizatorlaridan tashqari, faoliyat xavfsizligini ta’minlashda insonning shaxsiy fazilatlari, jumladan e’tibor, fikrlash, idrok kilish, emotsiya, xotirlash, tasavvur etish, uylash va b. ham muxim rol uynaydi. SHu sababli, shaxsiy xavfsizlik rejimi, inson fazilatlarining faoliyat xavfsizligiga ta’siri kabi masalalarni o’rganish ham talab etiladi va bu masalani yoritish faoliyat psixologiyasining vazifalariga kiradi.
“Odam -ishlab chiqarish muhiti” tizimida xavflarning odamga ta’sir sxemasi 3-rasmda ko’rsatilgan.
3-rasm. “Odam- ishlab chiqarish muhiti” tizimida xavflarning odamga ta’sir sxemasi.
Bu tizimning o’ziga xos jihati shundaki, ishlovchi ham salbiy ta’sir ob’ekti, ham real xavflarni yuzaga keltiruvchi tashabbuschi yoki potentsial xavflarni real xavfga aylantiruvchidir. Uning tashabbuskorligi charchoq, e’tiborsizlik, kasbni yaxshi bilmaslik, mehnat muxofazasi qoidalarini tasodifan yoki ataylab buzish oqibati bo’lib chiqadi. Ob’ektiv tabiiy omillar (shamol, mamoqaldiroq atmosfera namligi va boshqalar) va texnogen omillar (uskunaning buzilishi , elektr zanjirlarida izolyatsiyaning buzilishi, avtomobilning tormoz tizimi, yurish qismi , ishlamay qolishi, jipslikning buzilishi va boshqalar) ham tashabbuschi bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish muhitida potentsial va real xavflar zararli va xavfli omillar sifatida namoyon bo’ladi.
Zararli ishlab chiqarish omillari (ZIO) ishlayotgan odamga ta’sir etib, uning ishlash qobiliyatini pasaytiradi, surunkali kasb kasalligini keltirib chiqarishi mumkin; ishlab chiqarishning xavfli omillari (XIO) esa odamni jarohatlaydi yoki sog’lig’iga keskin ta’sir etadi (o’tkir kasallanish ro’y beradi).
GOST 12.0.003-91- “Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari”ga ko’ra, bu xavflar to’rt guruhga bo’linadi: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
|