• 2.Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Yashash muhiti
  • Hayot faoliyati xavfsizlig




    Download 6,07 Mb.
    bet16/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko’ngilsiz voqea ro’y berishdan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo’llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo’ladi.
    Aprior tahlilda shu tizimga xos bo’lishi mumkin bo’lgan (yashirin) kungi lsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to’plami tuziladi. Aposterior tahlil esa ko’ngilsiz voqea yuz bergandan so’ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki uchul bir-birini to’ldiradi.
    To’g’ri usulda taxlir qilishda oqibatni oldindan khrish uchun sabablar o’rganiladi. Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu usullarning asosiy maqsadi ko’ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma’lum bo’lsa, voqeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo’lishini aniqlash mumkin.
    Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo’lsa, biror xavfli hollar yoki omillar e’tibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o’ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo’lishi mumkin.
    Tahlil o’tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog’liq. Aniq bir holatda ogohlantirish yo’li bilan ta’sir qilish mumkin bo’lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi hisoblanadi.
    2.Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni.
    Yashash muhiti-odamni o’rab turgan muhit bo’lib, o’zining fizik, kimyoviy, biologik , ijtimoiy omillari bilan odamning faoliyatiga sog’lig’i va nasl qoldirishiga bevosita yoki bilvosita, zudlik bilan yoki asta-sekin ta’sir etadi. Yashash muhitining salbiy ta’sirlari doimo bo’lib kelgan. Ularning manbalari biosferadagi stixiyali hodisalar: iqlim o’zgarishi, momaqaldiroqlar,zilzilalar, suv toshqini va boshqalar hisoblanadi. Yashab qolish uchun muttasil kurashish odamni, muhitning salbiy ta’sirlaridan himoyalanish vositalarini topishga va ularni takomillashtirishga majbur qiladi.
    Biosfera-barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin bo’lgan atrof-muhit bo’lib, u murakkab tuzilishdagi yer sharining muhim qobig’idir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan.
    Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi o’sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o’zgardi. Atrof-muhit o’zgardi: inson o’zlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o’sib borayotgan ta’sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo’ldi, ya’ni biosfera o’rnini asta-sekinlik bilan texnosfera egallab bordi.
    Texnosfera - o’tmishda biosferaga taalluqli bo’lgan keyinchalik insonlarning o’zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to’g’ridan to’g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir.
    Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qo’rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi.


    1. Download 6,07 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   309




    Download 6,07 Mb.