• 211-moddada
  • O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” (XIII-bobi)




    Download 6,07 Mb.
    bet14/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” (XIII-bobi)
    21 dekabr 1995 yilda O’zbekiston davlati Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 161-1raqamli O’zbekiston davlatining “Mehnat kodeksi” qabul qilindi.
    Ushbu Kodeksning XSH-bobi “Hayot faoliyati xavfsizligi”ga bag’ish-langan va 13-ta ya’ni (211-223) moddalardan tashkil topgan bo’lib, ishlab chiqarish korxonalari ma’muriyati mehnatkashlarga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisa yoki zararlanishni, shuningdek moddiy yo’qotishni qoplash majburiyatini olish alohida ko’rsatilgan.
    211-moddada barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
    Hayot faoliyati xavfsizligi talablari ushbu Kodeks, Qonunlar va me’yoriy hujjatlar, shuningdek, texnik standartlar bilan belgilanadi. Ish beruvchi hayot faoliyati xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
    215-moddada xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishdan saqlanish va hayot faoliyati xavfsizligining boshqa qoidalari haqida yo’l – yo’riqlar berish hamda xodimlarning hayot faoliyati xavfsizligining hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
    Ish beruvchi xodimlarning hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha o’qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.
    Hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha o’quvdan, yo’l – yo’riqdan o’tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo’yish taqiqlanadi” deyilgan. Undan tashqari inson hayoti va sog’ligini saqlash masalalari yoritib berilgan.
    Ish joylarida xavfsizlik talablarini o’rnatuvchi MXST standartlarini qo’llash mehnat xavfsizligi xizmati tomonidan ishlab chiqiladigan va tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi asosida olib boriladi.
    Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST)ning asosiy vazifasi xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish bo’yicha talablarni aks ettiruvchi maxsus standartlarni ishlab chiqish va ularni amalga tadbiq etishdan iborat.
    MXST- bu ish faoliyati davomida ishchilarni sog’ligi va hayotini saqlash, xavfsiz ish sharoitlarini yaratishni ta’minlashga qaratilgan sanitariya-gigiena, metrologik, tashkiliy-texnik qoida va me’yor talablardan tashkil topgan o’zaro bog’langan standartlar kompleksidir.
    MXST ning asosiy maqsadi- mehnat sharoiti xavfsizligini standartlashtirish bo’yicha yagona davlat siyosatini olib borishga yo’naltirilgan o’zaro bog’langan standartlar kompleksini o’rnatish.
    Hozirgi kunda 370 nomdagi davlatlararo standart (GOST) lar ishlamoqda. Asosiy holatlarni tartibga soluvchi O’zbekiston davlat standartlari ham qabul qilingan. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga “12” shifri berilgan va u 0 dan 9 gacha raqamlardan iborat shifr osti tizimlardan tashkil topgan. 6 – 9 tizimlari hozircha zahira hisoblanadi.
    Hozirgi paytgacha MXST ning 4 ta asos bo’luvchi standartlari ishlab chiqilgan:
    1-“GOST 12.0.001 – 80” MXST. Asosiy qoidalar;
    2- “GOST 12.0.002 – 80” MXST. Asosiy tushunchalar, atamalar va ta’riflar;
    3- “GOST 12.0.003 – 74” MXST. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Tasniflar;
    4- “GOST 12.0.004 – 79” MXST. Ishlovchilarni xavfsiz mehnatga o’rgatishni tashkillashtirish. Umumiy qoidalar.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” (XIII-bobi)

    Download 6,07 Mb.