|
-модул. 3-mavzu. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish
|
bet | 15/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh1-модул. 3-mavzu. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish
Reja:
1.Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish.
2.Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni.
3.Xavflar, ularning tasnifi.
4.Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.
5. “Inson - muhit” tizimida inson omili.
Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish.Inson hayoti jarayonida uni o’rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bo’ladi va shu bilan birga har doim uni o’rab turgan muhitga bog’liq bo’lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o’zini o’rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Xavfsizlik - ayrim ehtimollarga asoslanib, paydo bo’ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavfsizlik - bu maqsad. HFX-shu maqsadga erishish uchun qo’llanadigan vosita, yo’l-yo’riq, qo’llanma va usullardir. Yuqorida ta’kidlanganidek, inson va yashash muhiti uzluksiz o’zaro ta’sirda bo’lib, doimiy harakatdagi «Inson–muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o’zgarib bordi. Xavfsizlik xolatini amalga oshirish haqida gapirganda himoya ob’ektini va unga ta’sir etayotgan xavflar majmuasini yaxlit qarab chiqish kerak.
Sistemali taxlil – murakkab muammolar, jumladan, xavfsizlik sistemasi bo’yicha qaror tayyorlash va uni asoslash uchun foydalaniladigan metodologik vositalar majmuidir.
Sistema– o’zaro birikkan komponentlar majmui bo’lib, ularning o’zaro ta’siri natijasida ma’lum bir maqsad amalga oshiriladi, ya’ni ish bajariladi.
Sistemaning komponentlari , jumlasiga material va ob’ektlardan tashqari ularning o’zaro bog’lanishi hamda ular o’rtasidagi munosabatlar ham kiradi. Xar kanday soz mashina texnik sistemaga misol bo’la oladi. Agar sistemaning bir komponentini (elementini) inson tashkil etsa, bunday sistema «ergatik sistema» deb ataladi. Ergatik sistemaga misol tariqasida «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina-muhit», kabilarni keltirishimiz mumkin.
Sistemani tashkil etuvchi elementlarni o’ziga xos xususiyatlari bo’lishi bilan bir qatorda uning o’zini ham o’z xususiyati mavjud bo’ladi. Sistemada vujudga kelgan xususiyat uni tashkil etuvchi elementlarning birortasida ham bo’lmaydi. Masalan, yonuvchi modda–kislorod–yong’in manbasi bitta sistemani tashkil etadi. Agar ushbu elementlardan birortasi bo’lmasa yonish jarayoni yuzaga kelmaydi. Bu yerda yonuvchi modda yonish xususiyatiga, kislorod- yong’inni yuzaga keltirish sharoitini yaratish xususiyatiga, manba esa yong’inni amalga oshirish xususiyatiga ega. Albatta, bu sistemada ushbu elementlardan birortasining bo’lmasligi, sistemani buzilishiga olib keladi, natija, maksad (ushbu kolatda-yonish) amalga oshmaydi.
Faoliyat xavfsizlikni sistemali tahlilining asosiy maksadi ko’ngilsiz okibatlar (baxtsiz hodisalar) ga olib keluvchi sabablarni aniqlash va shu asosida ularni kamaytirish ehtimolini ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
|
| |