• 27-moddasiga esa
  • O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”ning XI va XII boblari.
  • 187-modda
  • 189-modda
  • Ushbu bo’limning 22-moddasida




    Download 6,07 Mb.
    bet13/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Ushbu bo’limning 22-moddasida quyidagilar ta’kidlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga hamma joylarda rioya etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus vakolat berilgan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom asosida ishlovchi idoralari amalga oshiradilar”.
    V-bo’lim 25-29 moddalar asosida tuzilgan bo’lib, Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik, to’g’risida so’z yuritiladi.
    V-bo’limning 27-moddasiga esa Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo’lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilagan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
    Korxonaning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar deyilgan.
    O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”ning XI va XII boblari.
    O’zbekiston davlatining “Mehnat qonunlari kodeksi” 2 sentyabr 1993 yilda (1994 yil 1 martgacha bo’lgan o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan) qabul qilindi. Uning XI-bobi ayollar mehnatiga bag’ishlangan bo’lib, 187-199 moddalardan iborat.
    187-modda Ayollarga og’ir, zararli va yer osti ishlarida shuningdek me’yoridan ortiq yuk ko’tarish ishlari taqiqlanadi”.
    188-modda “Homilador va bolasi 3yoshga yetmagan ayollarni tungi, ishdan tashqari, dam olish kunlarida ishlashga hamda xizmat safarlari taqiqlanadi.
    189-modda “Homilador va bolasi 1,5 yoshgacha bo’lgan ayollarni yengilroq ishga o’tkazish”.
    191-modda “Homiladorlik va tug’ish ta’tillari, tuqqangacha 70 kun, keyin esa 56 kun, qiyin tug’ish yoki 2 tadan ortiq bolaga 70 kun ta’til beriladi”.
    XII-bobi. Yoshlar mehnati yoritilgan bo’lib, 200-modda “Ishga qabul qilinishi mumkin bo’lgan yosh” deb nomlanib shu jumladan, 16 yoshgacha bo’lgan shaxslar, alohida hollarda fuqarolar yig’inlari mahalliy hokimiyati komissiyalari qarori (kvot) asosida yengil ishlarga qabul qilinadi ishlash haftada 24 soat, yuk ko’tarish me’yori 10 kg gacha. 16-18 yoshdagi o’smirlar ishlash hafta davomida 36 soat, yuk ko’tarish me’yori 15 kg to’lanadigan ish haqi balog’at yoshdagilarnikidan kam bo’lmasligi hamda mehnat ta’tillari 1 kalendar oy miqdorida, o’zi xohlagan vaqtda berilishi shartdir. O’smirlarni tungi ishlarda, ishdan keyin, dam olish kunlarida, galvaniq tsexlarda, shamollatish tizimlarini ta’mirlashda, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashi taqiqlanadi.
    Balog’at yoshdagi ayollar yuk ko’tarish me’yori 15 kg va erkaklarda esa 20 kg, ish haftasi har ikkalasida bir xil 40 soatdan oshmasligi kerak.
    Ishdan keyin ishlash tashkilotning buyrug’i asosida tashkil etilib, 1 yilda 120 soat bo’lishi kerak.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   309




    Download 6,07 Mb.