• 38-moddada
  • O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish” qonuni
  • 1-moddasida
  • 19-moddasida
  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (IX-bobi)




    Download 6,07 Mb.
    bet12/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (IX-bobi).
    8 dekabr 1992 yilda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
    Konstitutsiyaning IX-bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan.
    37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deyilgan, matn davomida “Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunga ko’rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog’ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat ta’qiqlanadi” deb qo’yilgan.
    38-moddada “Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to’lanadigan ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi” deyilgan.
    39-moddada “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas” deyilgan va bu (tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor) nafaqa miqdorini doimiy ravishda oshirish imkoniyatini tug’diradi.
    40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilangan bo’lib, bunda tibbiyot xizmati bo’yicha cheklanish yo’qolib, turli - tuman kasalliklarni davolashda tibbiyot xodimlari o’z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo’ladilar, natijada davolash sohasida raqobat vujudga keladi va fuqarolar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
    O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish” qonuni
    6 may 1993y. “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’iy nazar mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog’ligi va mehnati muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
    Qonunning tarkibiy qismi 5-bo’lim va 29-moddalardan tashkil topgan.
    I-bo’lim. Umumiy qoidalar va (1-7) moddalardan iborat.
    Uning 1-moddasida “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fu-qarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar mehnati muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar deb belgilangan.
    4-moddada Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati, o’z aksini quyidagi bandlarda ifoda etilgan:

    • korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog’ligi ustuvorligi

    19-moddasida “Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari o’z kasblari va ish turlari bo’yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o’qishlari, yo’l-yo’riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o’tishlari shart” alohida ta’kidlab o’tilgan.
    IV-bo’lim (22-24) moddalardan iborat bo’lib, Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati, deb nomlangan .

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (IX-bobi)

    Download 6,07 Mb.