• Tavakkalni tasniflash.
  • Hayot faoliyati xavfsizlig




    Download 6,07 Mb.
    bet8/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Tavakkalning turlari. Tavakkal ikki xil bo’ladi: shaxsiy«tavakkal»- ayrim shaxs uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko’pchilik «tavakkali»- takroriy hodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog’liqlik. Bizda hozircha ijtimoy «tavakkal» bo’yicha hech qanday ma’lumot yo’q. Xorijda esa alohida ishlab chiqarish korxonalari, sanoat tarmoqlari, xavf turlari bo’yicha to’liq ma’lumotlar mavjud.
    Jamoat «tavakkali» xavfni sub’ektiv (boshqacha) ravishda qabul etadi. Odatda ko’pchilik kam uchraydigan va ko’p qurbon bo’lgan voqealarga keskin ravishda ahamiyat beradi. Masalan, ishlab chiqarishda har yili o’rta hisobda 200-250 kishi halok bo’ladi. Ammo bir halokatda 5-10 kishi qurbon bo’lgani oldingi ma’lumotlardan ko’ra odamlarga ko’proq ta’sir qiladi. Kishilarning bu ruhiy holatini qabul qilishi mumkin bo’lgan «tavakkal» masalasi kurilganda hisobga olish lozim.
    Xavflarni baholashda tavakkal («T») usulini qo’llash boshqa usullarga qaraganda ko’proq to’g’ri keladi, deb hisoblanadi. Masalan, har xil sabablar natijasida halokatli (o’lim bilan) tugagan ayrim shaxsiy «tavakkal» (AQSH ning umumiy aholisiga nisbatan) qiymatlari quyidagichadir:

    1. Yo’l transporti hodisasidan-3 10-4 .

    2. Zaharlanishdan - 2 10-5.

    3. Yong’indan kuyish - 4 10-5.

    4. Elektr tokidan - 6 10-5.

    5. Yashindan - 5 10-7.

    6. Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan - 1 10-5.

    7. Umumiy «T» - 6 10-4.

    8. Boshqalar - 4 10-5.

    Tavakkalni tasniflash. «T» ni baholashda uni «foyda» bilan solishtirish ya’ni, odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligi kirgizilishi taklif qilindi. Ko’p olimlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo’q. Lekin, odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag’ sarf qilish kerak deganda bunday baho kerakdir. Horijda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 million dollargacha baholanar ekan.
    Tavakkalni aniqlash qancha taxminiy bo’lishiga qaramay, uni aniqlashning quyidagi to’rt yo’li mavjud:
    1. Muhandislik yo’li statistikaga, takrorlanishlarni hisoblashga, xavfsizlikning taxminiy tahliliga, «xavflar daraxti» qurishga asoslanadi.
    2. Modellash yo’li (andozalash) odamga, guruhga, kasbga ta’sir qiluvchi omillar modelini qurishga asoslangan va h.k. Bu yo’l bilan hisoblashga ma’lumotlar topish ancha qiyin.
    3. Ekspert (tekshirish) yo’li ma’lumotlarni ekspertlardan (mutaxassislardan) so’rab yig’ishga asoslangan.
    4. Ijtimoiy yo’l odamlardan so’rab surishtirib, aniq xulosa chiqarishga asoslangan.
    Bu yo’llar «T» ni har xil nuqtai nazardan tavsiflaydi, shuning uchun hammasi birga qo’llaniladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   309




    Download 6,07 Mb.