|
Xavflar ro’yxati (nomenklatura) –
|
bet | 6/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhXavflar ro’yxati (nomenklatura) – buxavflarningma’lumxususiyatlaribo’yichatartibgasolingansistemalashtirilganro’yxatidir. Masalan, spirtliichimlik, havoningnomaqbulnamligi, harakattezligi, bosimi, harorati, iontarkibi, nomaqbulyoritilganlik, shovqin, titrash, vakuum, portlash, mashinalarningaylanuvchi qismlari, yuqorida ishlash, gazlar, gerbitsidlar, chuqurlik, yaxmalak, qizigangazlar, o’yuvchimoddalar, kasalliklar, zo’riqishlar, idishlardagiortiqchabosim, infratovush, ultratovush, infraqizilnurlar va h.zo. Har bir tekshiriladigan ob’ektda o’tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob’ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro`yxati tuziladi.
Sabab va oqibatlar. Yashirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: zahar (xavf)- dori tayyorlovchining xatosi (sabab)- zaharlanish ( ko’ngilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo’lgan ish (faoliyat) bo’lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo’lmasin, unda yashirin xavf bo’ladi. Bu aksioma hayot faoliyat xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Xavflar kvantifikatsiyasi. Bu-murakkab sifat tushunchalarini baholashda asosiy miqdoriy harakteristikalarni kiritishdir.
Kvantifikatsiyaning miqdoriy, ball va boshqa baholash usullari ishlatiladi.
Xavfni eng keng tarqalgan baholash usullari jurьat, tavakkal, qo’rqinch hisoblanadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining vazifasi.
HFX fanining vazifasi- bo’lgusi mutaxassislarga xavflarning turlari va ulardan muhofazalanish usullarini o’rgatishdan iborat.
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlari, muassasalari, sanoat hamda davlat va jamiyat tashkilotlarining qanday sohaga mansubligidan qat’iy nazar, har bir mas’ul shaxsga mehnat muhofazasi bo’yicha umumiy tushunchalar va qonuniyatlari, mehnat xavfsizligining umummuhandislik asoslari, mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, avariyalar, yong’in va portlash xavfsizligi masalalarini ilmiy asoslab, uni amaliy yechimini topish usullarini o’rgatish.
Ishlab chiqarish korxonalarida shikastlanish va kasb kasalliklariga qarshi kurashishning zamonaviy usullari va muhofaza vositalarini qo’llash natijasida baxtsiz hodisalardan, zaharli moddalardan samarali himoyalanishni, yong’in va portlash hodisalarini oldini olishda nazariy bilimlar asosida,amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda uni amaliyotda tadbiq etib, bajarilishini ta’minlashdan iboratdir.
|
| |