• Andijon-2019 1-Modul. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari. 1-mavzu. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish Reja
  • Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash.
  • O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI




    Download 6,07 Mb.
    bet3/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


    «TRANSPORT VA LOGISTIKA» FAKULTETI

    « HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI » KAFEDRASI
    «HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI»
    fanidan


    MA’RUZALAR KURSI

    5А311001- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati)


    5310700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari


    5320300–Texnologik mashinalar va jihozlar


    5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlikda ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish


    Andijon-2019


    1-Modul. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari.
    1-mavzu. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish
    Reja:

    1. Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash

    2. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.

    3. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari

    4. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob’ektlari.

    5. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari




    1. Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash.

    Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo’ladi. Inson o’zini yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof muhit, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob bera oladigan mehnat sharoitida ishlashga bo’lgan huquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.
    Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
    Ta’lim jarayonining barcha sohalarida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to’g’risidagi Qonunlar asosida ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta’lim mazmuni tubdan ijobiy o’zgarishga yuz tutmoqda. Barcha ta’lim tizimida eng zamonaviy o’qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Mamlakatda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun ta’lim tizimi mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi. Jumladan oliy ta’lim o’quv rejalariga zamon va hayot talablaridan kelib chiqib katta o’zgartirishlar kiritildi.
    Endilikda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma’lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda o’z aksini va dolzarbligini yo’qotmaydigan bo’lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta’lim standartlari qo’ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.
    Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini yetuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o’ringa qo’yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo’lishi shubhasiz.
    Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo’ladi. Inson o’zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo’lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.

    Download 6,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

    Download 6,07 Mb.