• Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob’ektlari.
  • 1-qism.
  • Tavakkal (risk) nazariyasi.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi




    Download 6,07 Mb.
    bet7/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi
    HFX fanining maqsadi - inson faoliyatining har qanday sharoitdagi xavfsizligini o’rganishdir va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
    -ishlab chiqarish sohasida sodir bo’ladigan xavfli va zararli vaziyatlar tug’ilganda yoki tug’ilishi mumkin bo’lganda, ushbu vaziyatlarni oldini olishda, o’rgangan bilim va ko’nikmalarini amalda qo’llay oladigan;
    -baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong’in va portlashlarning oldini olish usullarini biladigan, ularning kelib chiqish sabablarini amalda aniqlay oladigan;
    -hayot faoliyati xavfsizligi va ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqara oladigan, yetuk saviyadagi bilimga ega bo’lgan mutaxassis xodimlarni tayyorlashdan iborat hisoblanadi.



    1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob’ektlari.

    Bu fan 1976 yilgacha “Xavfsizlik texnikasi” deb va 1990 yilgacha “Mehnat muhofazasi” deb atalib kelgan.
    U quyidagi bo’limlardan iborat edi.

    1. Mehnat muhofazasining xuquqiy asoslari

    2. Mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi

    3. Xavfsizlik texnikasi

    4. Yong’in xavfsizligi.

    1990 yil 9 iyuldagi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligining 473-buyrug’iga binoan yangi HFX fani joriy qilindi. Bu fan tarkibi bo’yicha 4 qismdan iborat:
    1-qism. HFXning nazariy asoslari;
    2-qism. HFX mehnat sharoitida (mehnat muhofazasi);
    3-qism.HFXning tabiiy aspektlari (ekologiya);
    4-qism. HFX favqulodda holat sharoitlarida (fuqaro muhofazasi).



    1. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari.

    Tavakkal (risk) nazariyasi. 1950-yil senyabr oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo’lib o’tgan birinchi jahon kongresida hayot faoliyat xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o’z ma’ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo’lladilar va bu tushunchani har bir olim o’zicha talqin qildi. Masalan, V.Marshal «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi. Miqdoriy baho ko’ngilsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo’lib o’tgan sonining bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali» degan savolga javob berish kerak.

    Download 6,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi

    Download 6,07 Mb.