|
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha
|
bet | 5/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhHayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
Hayot faoliyati xavfsizligi - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash - profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari.
Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. Faoliyat - insoniyatning mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit bo’lib, entsiklopediyada keltirilishicha, faoliyat va mehnat turlari ko’p qirralidir. Ular maishiy hayotda, jamiyat hayotida, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy va hayotning boshqa jabhalarida kechadigan amaliy, aqliy va ruhiy jarayonlardan iborat.
Xavfsizlik - ayrim ehtimollarga asoslanib, paydo bo’ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavfsizlik - bu maqsad. HFX-shu maqsadga erishish uchun qo’llanadigan vosita, yo’l-yo’riq, qo’llanma va usullardir.
Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko’ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o’z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayot faoliyatiga to’g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to’g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo’lib, hali to’la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi:
- kelib chiqishi bo’yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo’ladi;
- rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo’linadi;
- salbiy oqibatlarning ro’y berish vaqti bo’yicha impulsiy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo’ladi;
- xavflar tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo’ladi;
- kelib chiqadigan oqibatlariga ko’ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko’rinishida bo’ladi;
- keltiradigan zarari bo’yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo’linadi;
- namoyon bo’lishi bo’yicha maishiy, sport, yo’l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo’ladi;
- olamga ta’siri bo’yicha o’ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va
sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo’ladi. Sust ta’sir deganda odamning o’zi sababchi bo’ladigan xavf tushuniladi.
|
| |