|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 11/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTahlil usuli. Xavfsizlikni ko’ngilsiz voqea ro’y berishdan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo’llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo’ladi.
Aprior tahlilda shu tizimga xos bo’lishi mumkin bo’lgan (yashirin) kungi lsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to’plami tuziladi. Aposterior tahlil esa ko’ngilsiz voqea yuz bergandan so’ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki uchul bir-birini to’ldiradi.
To’g’ri usulda taxlir qilishda oqibatni oldindan khrish uchun sabablar o’rganiladi. Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu usullarning asosiy maqsadi ko’ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma’lum bo’lsa, voqeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo’lishini aniqlash mumkin.
Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo’lsa, biror xavfli hollar yoki omillar e’tibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o’ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo’lishi mumkin.
Tahlil o’tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog’liq. Aniq bir holatda ogohlantirish yo’li bilan ta’sir qilish mumkin bo’lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi hisoblanadi.
Nazorat savollari
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismi nimalardan iborat?
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining vazifasi nimalardan iborat?
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi nima?
Hayot faoliyati xavfsizligi fani qaysi fanlar bilan bog’liq hisoblanadi?
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining dolzarbligi nimada?
Hayot faoliyati xavfsizligining tavsifini tushuntiring.
Aprior va aposterior usullari haqida nima bilasiz?
1-модул. 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari.
Reja:
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.
Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi.
Mehnatni va sog‘liqni saqlash haqida qayg‘urish bu yaqin kunlardagi ish emas. Bu ko‘pgina hozirgi muammolar 2000 yil oldin ham kuzatilgan. Ilk hisob Xammurapi Kodeksi bilan bog‘liq, qaysiki eramizdan avvalgi 2100 yilga ta’luqli. Bu eng avvalo tananing shikastlangan yoki kesilishi (yo‘qotilishiga)ga tegishli bo‘lgan. Bu bo‘yicha qonun buzuvchilarga jazo, jabr ko‘rganlarga to‘lov farmoyish (buyruq) bilan belgilab qo‘yilgan.
Ish joylarida xavfsizlik va sog‘liq uchun javobgar bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash boshqarmasi (OSHA) va federal agentlik Amerikaliklar to‘qnashgan ish joylarida xavfsizlik va sog‘liq muammolariga e’tibor qaratishga harakat qilmoqda. (OSHA) faqatgina shtraflar solish bilan chegaralanmay, ular bisnesni egasi va menedjerlarni sudga berishi ham mumkin. Ish beruvchilar ishchilarning haq va xuquqlarini yaxshi bilmaganliklari va talab qilmaganliklari uchun ularni o‘zini shu baxtsiz hodisani sababchilari qilib qo‘yish holatlari mavjud. Bu holatlarni oldini olish uchun AQSHda barcha tomonlarni o‘z xuquk va majburiyatlarini onglashlari uchun majburiy mexanizm va qoidalar ishlab chiqishga e’tibor qaratilgan.
Bunday qonun va qoidalar mehnatni va sog‘liqni muhofa qilish bilan birga inson faoliyatini barcha sohasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, takomillashib, yangilanib bormoqda*.
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi.
|
| |