|
Normalashtirish printsipi
|
bet | 19/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhNormalashtirish printsipi. Bu odam hayotini ma’lum xavflardan himoya qilishini taьminlaydigan kattaliklarni qabul qilishdir.
Masalan. 1 PDV (chiqindilarni yo’l qo’ysa bo’ladigan tashlab yuborish kattaligi, PDK-YQBK; PDU - yo’l qo’ysa bo’ladigan daraja (uroven), yuk ko’tarish va tashish normalari,ish faoliyatini davomiyligi va boshqalar.
Ojiz zveno printsipi. Bu shunday tadbirki ko’rilayotgan sistemaga, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, o’zgarishlarga sezgir, xavfni oldini oladigan element kiritiladi.
Masalan: ogohlantiruvchi klapanlar, membranalar, himoyalovchi yerga ulash, yashin qaytargichlar, predoxranitellar va boshqalar.
Axborot printsipi. Bu ishchiga berilgan xavfsizlik haqidagi axborotlarni berilish va o’zlashtirishini o’z ichiga oladi.
Uning bajarilishi ma’lum miqdorda xavfsizlikni ta’minlaydi.
Masalan: o’qitish, instruktajlar o’tkazish, xavfsizlik ranglari va belgilari ogohlantiruvchi yozuvlar, mashinalarni markirovkalash rangli signallar va h.k. (illyustratsiya bilan tushuntirish).
Klasslarga bo’lish printsipi (kategoriyalarga).
Bu ob’ektlarni Xavfsizligi bo’yicha klass va katergoriyalarga bo’lishdan iborat.
Masalan: Sanitariya-himoya zonalari (5 klass), ishlab chiqarish korxonalarini yong’in Xavfi bo’yicha kategoriyalarga bo’lish (A, B, V, G, D) va boshqalar.
Xavfsizlikni ta’minlash usullari.
Quyidagi ta’riflarni kiritamiz.
Gomosfera – ko’rilayotgan faoliyat davrida odam ishlab turgan fazo /ish zonasi/.
Noksosfera – doimo xavf mavjud yoki paydo bo’lib turadigan fazo.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan Gomosfera bilan Noksofera bir-birining o’rnini bosolmaydi, birga bo’lolmaydi.
3 – rasm Noksosfera va gomosferaning o’zaro
joylashish sxemasi.
Xavfsizlik asosan quyilagi 3 usul bilan amalga oshiriladi.
A usul- gomosfera bilan noksosferani vaqtincha fazoviy bir-biridan ajratish. Bu tadbir distantsion boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish, ishni tashkil qilish va boshqalar hisobiga amalga oshiriladi.
B usul- noksosferani me`yorlashtirish xavfsizlashtirish bilan amalga oshiriladi. Bu shovqin gaz, chang, jarohatlanish xavfi va boshqalardan kollektiv himoya vositalari yordamida odamni himoyalash tadbirlari majmuasidir.
V usul- odamni mazkur muhitga moslashuvi va uning himoyalanishini oshiruvchi vosita va tadbirlar yig’indisidir. Bu usul kasbiy tanlov, o’qitish, psixologik ta’sir, SHHV va sh.o’. tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Real sharoitda yuqoridagi usullarning kombinatsiyasi ishlatiladi.
|
| |