Xavflar, ularning tasnifi




Download 6,07 Mb.
bet17/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   309
Bog'liq
hfh

Xavflar, ularning tasnifi.

Xavf-jonli va jonsiz materiyaning salbiy xususiyati bo’lib, materiyaning o’ziga, odamlarga, tabiiy muhitga, moddiy boyliklarga zarar yetkazish qobiliyatiga ega. Xavflar kimga va nimaga ta’sir etishni tanlab o’tirmaydi. Xavf (manbaasi) jarayonlar, hodisalar, texnogen muhit va odamlarning faoliyati bo’lishi mumkin.
Xavflarning kelib chiqishi tabiiy,texnikaviy (texnogen) va odamzodga oid (antropogen) bo’ladi. Tabiiy xavflarga tabiiy hodisalar, iqlim sharoitlari, joy relьefi va boshqalar kiradi. Bunday xavflar har yili 25 mln.dan ortiq odamning hayotiga xavf soladi. Masalan, 1990 yilda dunyo bo’ylab, zilzilalar natijasida 52 mingdan ortiq odam hayotdan ko’z yumdi. Odamning yashash muhitiga salbiy ta’siri, afsuski, tabiiy xavflar bilan cheklanmaydi. Odamzod o’zining moddiy ta’minlanganligi va qulayliklari sababli, o’zining yashash muhitiga o’z faoliyati va faoliyati maxsulotlari (texnika vositalari, turli chiqindilar va h.k.) bilan uzluksiz ta’sir etib turadi va muhitda texnikaviy va odamzodga oid xavflarni hosil qiladi. Texnikaviy xavflar-mashinalar, inshootlar, moddalar va boshqa narsalardan, odamzodga oidlari esa odam yoki odamlar guruhining xato yoki ruxsat etilmagan xatti-harakatlaridan odamning o’zgartiruvchilik faoliyati qancha yuqori bo’lsa, antropogen xavflarning darajasi va soni, odam va atrof muhitga salbiy ta’siri shuncha katta bo’ladi.
Texnosferaning bir qismi bo’lgan ishlab chiqarish muhitida ishlovchilarning sog’lig’i va hayoti uchun xavf manbalari bor. Bular: binolar va inshootlar; texnologik, energetik, ko’taruvchi-tashuvchi va boshqa uskunalar; transport, asboblar va boshqa moddiy
ob’ektlar. Bitta manba bir necha xil xavf manbai bo’lishi mumkin. Masalan, shovqin, titrashlar, havo muhitini ifloslantirish va boshqalar. Bu manbalar hosil qiladigan xavflar “texnogenli ” deyiladi, yashirin va real turlarga bo’linadi. Birinchisiga ishlovchilarning sog’lig’iga yashirin ta’sir etuvchi (potentsial) xavf omillari kiradi. Ikkinchisi hozirgi onda yoki muayyan bir davr mobaynida odamga salbiy - real ta’sir etayotgan xavflardan iborat.
Xavflar manbaiga tashabbuschi omil ta’sir etadigan muayyan sharoitlarda potentsial xavflar real xavfga aylanadi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasida dvigatelni tashxislab, rostlash ishlari bajarilayapti. Xavflarning bitta manbai- ishlayotgan dvigatel. Xavflar: qizigan yuzalar, ventilyatorlarning aylanayotgan parragi, tasmali uzatmalar, chiqindi gazlar. Ular ishlayotgan odamning qo’lini kuydirishi yoki jarohatlashi, o’zini zaharlashi mumkin.
Agar chiqindi gazlar avtomobilning quvuridan to’ppa-to’g’ri ish joyidan havoni so’rib oladigan, jipslangan tizim orqali binodan tashqariga chiqarib tashlansa, bu gazlar bino ichida ishlayotganlarga zarar yetkazmaydi va zaxarlanish xavfi (xavfi)ni potentsial deb qarash mumkin. Havoni so’rib olish sistemasi bo’lmasa yoki uning jipsligi buzilgan bo’lsa, chiqindi gazlar ish zonasi havosiga qo’shilib, odam uchun real xavfga aylanadi.

Download 6,07 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   309




Download 6,07 Mb.