• Tormozlovchi turi
  • Jo’shtiruvchi (qo’zg’atuvchi) turi
  • 2. Alohida ruhiy holat.
  • Paroksizmal holat
  • 3. Ishlab chiqarish ruhiy holati.
  • Haddan tashqari ruhiy zo’riqish holati




    Download 6,07 Mb.
    bet25/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    1. Haddan tashqari ruhiy zo’riqish holati. Boshqacha aytganda chegaradan chiqib ketgan ruhiy holat. Bu inson ruhiy holatining buzilishiga, ruhiy ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
    Bunda ko’zga yaqqol tashlanadigan holatlar - harakatlarning
    susayishi, koordinatsiyalarning buzilishi, noto’g’ri harakatlar va
    boshqa salbiy holatlarning yuz berishi kuzatiladi.
    Xaddan tashqari ruhiy zo’riqish holati ikki turli bo’lishi mumkin: tormozlovchi va jo’shtiruvchi (qo’zg’atuvchi) turlari.
    Tormozlovchi turi- harakatlarning sekinlashishi va cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Mutaxassis o’z ish vazifasini avvalgi chaqqonlik bilan bajara olmaydi. Javob reaktsiyalarining tezligi pasayadi. Fikrlash jarayoni sekinlashadi, eslash yomonlashadi, ilgari bo’lmagan parishonxotirlik paydo bo’ladi va tinch holatda bu odamga xos bo’lmagan boshqa salbiy belgilar paydo bo’ladi.
    Jo’shtiruvchi (qo’zg’atuvchi) turi- yuqori darajada aktivlik, ko’p gapirish, qo’llarning va ovozning titrash belgilari bilan namoyon bo’ladi. Operator zarurati bo’lmagan asboblarning holatini tekshirish, o’z kiyimlari holatini to’g’rilash, qo’llarni bir-biriga ishqalash va sh.o’. ko’plab harakatlar qiladi. Odamlar bilan muloqotda jizzakilik, qiziqqonlik va unga xos bo’lmagan qo’pollik, qo’rslik, ranjish kabi salbiy sifatlar paydo bo’ladi.
    2. Alohida ruhiy holat. Operatorning ruhiy holati
    nazoratini tashkil qilishning zarurati, mutaxassislarda ularga
    xos bo’lmagan, kutilmaganda yoki tashqi omillar ta’sirida yuzaga
    chiqadigan, uning ishlash qobiliyatini o’zgartiradigan alohida
    ruhiy holat paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bunga ongning
    paroksizmal (o’qtin-o’qtin) faoliyati buzilishi, kayfiyatining
    buzilishi, kishi ruhiyatiga ta’sir qiluvchi (stimulyatorlar, alkogolь va sh.o’) moddalarni iste’mol qilish bilan bog’liq holatlar misol bo’la oladi.
    Mastlik va surunkali ichish xavfsizlik uchun juda katta muammodir.
    Ish paytida mast qiluvchi ichimliklarni ishchanlikka salbiy taьsir qilishi hammaga maьlumdir.
    Maьlumotlarga qaraganda, avtomobil’ jarohatlarining 40-60%
    ichkilik oqibatida, ishlab chiqarishdagi o’lim xodisalarining 64% mastlik xolatida jabrlanuvchining noto’g’ri harakati oqibatida sodir bo’ladi.
    Kishi ruhiy faoliyatining atrof -muhit taьsiri ostida o’zgarib turishi ishlab-chiqarish tashkilotchilari oldiga yangi muammolar qo’yadi.
    Paroksizmal holat - bu qisqa muddatli (sekunddan bir necha minutgacha) hushdan ketishdir. U kelib chiqishi turlicha bo’lgan (bosh miyaning kasallanishi, epilepsiya), miya faoliyatining buzilishidir. Ayrim hollarda insonning yerga kulashi, tananing qattiq qaltirashi, qo’l va oyoqlarning akashak bo’lib qolishi kuzatiladi.
    Paroksizmal holati operator faoliyatida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa avtotransport haydovchilari, montajchilar, yuqorida ishlovchi quruvchilar uchun juda xavfli holatdir. Bunday ishlarga paroksizmal holatga moyil kishilar qo’yilmaydi.
    Ruhiy o’zgarishlar va affekt holat kishida ruhiy ta’sir ostida paydo bo’ladi. Kayfiyatning pasayishi, loqaydlik holati bir necha soatdan 1-2 oygacha davom etishi mumkin. Bu holat qarindosh yoki yaqin kishilarning o’limi yoki konflikt vaziyatlardan keyin kuzatiladi. Bunda beparvolik, lanjlik, tanglik, susayish, fikrlash jadalligining susayishi hollari kuzatiladi. Kayfiyatning pasayishi o’z-o’zini nazorat qilishning yomonlashuvi bilan bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish jarohatiga sabab bo’lishi mumkin.
    Hafagarchilik, xaqorat, omadsizlik ta’sirida kishida affekt holati rivojlanishi mumkin (affekt - hissiyotlarning, ichki tuyg’ularning portlashi). Affekt holatidagi kishida keskin, agressiv va vayron qiluvchi harakatlar kuzatiladi. Affekt holatiga moyil kishilar jarohatlanishga moyil hisoblanib, mas’uliyati yuqori bo’lgan ishlarga qo’yilmasligi kerak.
    Ishdagi ixtilofli vaziyatlar, o’z ishidan qoniqmaslik, ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar hafagarchilikka olib keladi. Bu gohida kishi ruhining tushib ketishiga olib kelsa, gohida agressivlikka, shafqatsizlikka, ayrim hollarda yuvvoshlik va itoatkorlikka olib keladi.
    Havotir (xavfni kutish holati) - bu xavfga nisbatan emotsional reaktsiya holatidir. Kishi bunday holatda xatoga yo’l qo’yishi, xavfli harakatlar qilishi ehtimoli ko’proq bo’ladi. U kishida notavonlik, qat’iyatsizlik, tashqi omillar oldida ojizlik, gumonsirash va sh.o’. xislatlar ko’rinishida ifodalanadi.
    Havotir kishida qo’rquv, hurkish, sarosimaga tushish shakllarida namoyon bo’ladi. Sarosimaga (dahshatga) tushish holati ishlab chiqarishda xavfli vaziyatlarning paydo bo’lishiga yoki rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
    Yuqorida keltirilgan barcha omillar muntazam yoki vaqtincha xavfli vaziyatlar yoki baxtsiz hodisalar paydo bo’lishi imkoniyatlarini oshiradi, lekin bular albatta baxtsiz hodisaga yoki xavfli vaziyatga olib keladi deb bo’lmaydi. Boshqacha aytganda ularni bevosita xavfga olib keluvchi sabablar deb qarash kerak emas.
    3. Ishlab chiqarish ruhiy holati. Bu ruhiy holat mehnat faoliyati jarayonida paydo bo’ladi va quyidagi guruhlarga bo’linada:
    a) Nisbatan barqaror va uzoq davom etadigan holat.
    Ular insonni ushbu aniq ishlab chiqarish korxonasiga, aniq mehnat turiga munosabatini belgilaydi. Bu holat (ishdan qoniqish yoki qoniqmaslik, qiziqish yoki loqaydlik va h.k.) kollektivning umumiy ruhiy kayfiyatini bildiradi.
    b) Vaqtinchalik, ma’lum bir vaziyatga bog’liq, tez o’tib
    ketadigan holat. Turli nosozliklar yoki ishlovchilar orasidagi
    o’zaro munosabatlar ta’siri ostida kelib chiqadi.
    v) Mehnat faoliyati davomida vaqti-vaqti bilan vujudga
    keladigan holat. Bunday holatlar ko’p uchraydi. Masalan, ishga
    rag’bat, ishga tayyor emaslik, ish qobiliyatining yuqoriligi, charchash,
    ishning xarakteri bilan bog’liq holatlar: zerikish, mudrash,
    loqaydlik va sh.o’.
    Faoliyat davrida ruhiy zo’riqish holati diqqatga sazovor holat hisoblanadi, chunki u faoliyatning samaradorligi va xavfsizligiga bevosita ta’sir qiluvchi belgi hisoblanadi. Ruhiy zo’riqishning quyidagi turlari diqqatga sazovor:

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Haddan tashqari ruhiy zo’riqish holati

    Download 6,07 Mb.