|
SHundan keyin yordam ko‘rsatuvchi kishi boshini ko‘tarib yana o‘pkasini havoga to‘ldiriladi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi massiv ravishda nafas chiqazadi
|
bet | 4/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 180,79 Kb. | | #231289 |
Bog'liq 1715319621 (2)SHundan keyin yordam ko‘rsatuvchi kishi boshini ko‘tarib yana o‘pkasini havoga to‘ldiriladi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi massiv ravishda nafas chiqazadi
(1-rasm, b).
III. Umumiy talablar
Ishlab turgan elektrostansiyalar, elektr va issiqlik tarmoqlari, issiqlik avtomatikasi va
o‘lchovi qurilmalari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari, rayon qozonxonalari, Energetika va Elektrlashtirish Vazirligining energota’mirlash
korxonalarining elektr uskunalarida, hamda uy-joy va maishiy xizmat xo‘jaligi korxonalarining elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatishda va ularda ekspluatatsiya,
ta’mirlash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarishda ushbu Qoidaga rioya qilish
zarur. Ushbu Qoidaga binoan ekspluatatsiya qilinayotgan elektr uskunalarida ish bajarish uchun ixtisoslashgan va boshqa qurilish-montaj tashkilotlari xodimlariga ishlashga ijozat berishda ushbu Qoida talablari bajarilishi kerak. Ushbu Qoidaga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni faqat uni tasdiqlagan tashkilot kiritishi mumkin.
Ushbu Qoidaga muvofiq ish jarayonida foydalaniladigan himoya vositalari Davlat
yagona nusxasi talablariga hamda «Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya
vositalarini qo‘llash va sinash qoidasi» ga javob berishi shart. Ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, kompressor va havo yig‘uvchi qurilmalar, asbob va moslamalar sinalgan bo‘lishi va mehnat xavfsizligi yagona nusxasi talablariga, O‘zbekistan Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi obektlari qoidalariga va «Asbob va moslamalar yordami bilan ish bajarishda xavfsizlik qoidalari»-ga shuningdek ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomasi talablariga muvofiq ishlatilishi kerak. Ishlab turgan elektr uskunalarida qurilish va montaj ishlarini bajarayotganda qurilish me’yori va Qoidalari talablariga, ya’ni «Qurilishda texnika xavfsizligi» qoidasiga rioya qilish shart.
Qoida hamma uchun majburiydir. Ishchi va xizmatchilar mehnatini muhofaza qilish
yo‘riqnomasi ushbu Qoidaga muvofiqlashtirilishi kerak. Har bir xodim Qoida talablariga zid bo‘lgan chekinish yoki Qoida talabini bajarmaslikni va elektr uskunalaridagi inson hayoti uchun xavf tug‘diruvchi nosozlikni, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashina, mexanizm, asbob, moslama va himoya vositalaridagi buzilishni bartaraf etish chorasini quraolmasa, zudlik bilan yuqori rahbariyatga bu haqida xabar berishi shart.
Ushbu Qoidaga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man qilinadi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
SHundan keyin yordam ko‘rsatuvchi kishi boshini ko‘tarib yana o‘pkasini havoga to‘ldiriladi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi massiv ravishda nafas chiqazadi
|