• TADQIQOT METODI Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati




    Download 18,69 Kb.
    bet1/2
    Sana15.12.2023
    Hajmi18,69 Kb.
    #119919
      1   2
    Bog'liq
    1-HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI FANINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
    Guvohnoma, 0ae33e8ff374a1989037965541accbb (1), Kutubxona, 9-YONG\'INNI O\'CHIRISH CHET EL TAJRIBASI, 12-Zilzila va unga harakatlanish qoidalari, Одоб-ахлок 1, Мавзу texnologiya darslarini tashkil etish bosqichlari бажарди , 1 - S.Lab ishi (1), 01.01.2024 (2), савол-жавоб 2-модул, савол жавоб 1-модул, Gulzoda uchun, Malumot, abbccdasgaddaad

    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI FANINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
    Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo’lib, ma‟lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o’zining xavfsizligini ta‟minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Ma‟lumki baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan katta miqdorda zarar ko’riladi.
    Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o’ynaydi va xalq xo’jaligi faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo’shadi.Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan: inson va muhitdan tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat insonlar shug’ullanadi va ular o’zlarini o’rab turgan atrof muhit bilan yaqin
    munosabatda bo’ladilar. Shuningdek, «Inson - muhit» tizimini ham ikki maqsadli deb qarash mumkin:
    «birinchi maqsadi - inson o’zining mehnat faoliyati jarayonida muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat qilsa,
    ikkinchi maqsadi- mehnati jarayonida yuzaga keladigan ko’ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iborat bo’ladi.
    Hozirgi davrda ishlab chiqarish xavflaridan, tabiiy ofatlardan, falokat va halokatlardan insonlarning hayot faoliyatini saqlash eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini saqlash «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadlaridan biridir.Aynan mana shu muammolar yechimini «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani o’rganadi.
    TADQIQOT METODI
    Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi.
    Hayot faoliyati xavfsizligi fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo’qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini o’rgatishdan iborat.«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e‟tiborida “inson-tabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi.
    Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalari :
    1. Xavflarning identifikatsiyasini o’rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga
    keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko’ngilsiz oqibatlarini o’rganish.
    2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko’rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o’rganish.
    3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab
    chiqish.
    4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o’rgatish.
    5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o’rganish.
    6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o’choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va
    tiklash ishlarini o’tkazish.
    7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni o’rgatish.
    «Hayot faoliyati xavfsizligi » fani tuzilish jihatdan 4 ta bo’limdan tashkil topgan. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari bo’limida fanning asosiy tushunchalari, ularning mazmuni, xavfsizlikni ta‟minlash usul va vositlari, inson faoliyatining turlari, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi, ularga qo’yiladigan talablar hamda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari mavzulari muhokama etilgan.
    Fuqaro muhofazasi bo’limida: Favqulodda vaziyatlar, ularning sababchi omillari, xususiyatlari va oqibatlari, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni, moddiy boyliklarini, ob‟ektlarni himoya qilish usullari va himoyalovchi vositalardan foydalana bilish qoidalariga o’rgatish, shikastlangan o’choqlarda qutqaruv va birinchi tiklov ishlarini o’tkazish va boshqa muhim vazifalar muhokama etilgan. Bu bo’limda keltirilgan ma‟lumotlar O’zbekiston
    Respublikasining fuqaro muhofazasiga oid qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirligining yo’riqnomalari asos qilib olingan.
    Xavf-xatar tushunchasi va ularning turlari.
    Xavf-xatar - odamlar hayoti va sog’lig’iga, hayot faoliyatiga taxdid, moddiy va atrof-
    muxitga etkazilishi mumkin bo’lgan zarar. Xavf-xatar favqulodda vaziyat manbai hisoblanib, muayyan sharoitda favqulodda vaziyatni keltirib chiqaradi.Har qanaqa xavf o’zida inson hayot faoliyatini izdan chiqaruvchi energiyaga ega bo’lib, kimyoviy yoki biologik faol komponentlarni o’zida saqlaydi. Masalan: parfyumeriya sanoatida qo’llaniladigan erituvchilar: efir, spirt, xloroform va boshqalarning surunkali ta‟sir etishi insonlarda allergik kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
    Faoliyat xavfsizligini ta‟minlash vositalari
    Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta‟sirini kamaytirish yoki
    oldini olish uchun himoya vositalari qo’llaniladi.

    Download 18,69 Kb.
      1   2




    Download 18,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati

    Download 18,69 Kb.