• ISBN 978-9943-5886-4-6 © “Hilol Media” 2019. Mundarija
  • Hayot faoliyati xavfsizligi fuqaro muhofazasi




    Download 7.37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/107
    Sana10.03.2024
    Hajmi7.37 Mb.
    #169613
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
    Bog'liq
    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI. FUQARO MUHOFAZASI (www.e-library.sammu.uz)
    Radiatsion va harbiy gigiyena (B.Duschanov)
    Tuymachev 
    Ulmasjon 
    Abdumavlanovich, 
    Toshkent 
    Tibbiyot 
    akademiyasi “Jamoat salomatligi, sogMiqni saqlashni tashkil etish va 
    boshqarish kafedrasi” assistenti
    Taqrizchilar:
    Sabirov J.R., Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Xarbiy 
    tibbiyot fakulteti boshligM, tibbiyot xizmat polkovnigi.
    Shaymardov 0 ‘.B., 
    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti “Fuqaro 
    muhofazasi, jismoniy tarbiya va vrach nazorati” kafedrasi katta o ‘qituvchisi, 
    zaxiradagi tibbiy xizmat mayori.
    U shbu darslik hayot faoliyati xavfsizligi va fuqaro muhofazasi bilan tanishtirish 
    maqsadida tayyorlandi. U oliy tibbiy ta’lim muassasalari talabalarini o ‘qitish dasluri 
    asosida yaratildi.
    Darslik tabiiy, texnogen, ekologik, xarbiy va ijtimoiy tusdagi favqulodda 
    vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmalining asosiy vazifalari haqida ma’lumot 
    beradi.
    Darslikni tayyorlashdan asosiy maqsad bo‘lg‘usi shifokorlarga tinchlik va xarbiy 
    davrda sodir boMishi ehtimoli boMgan favqulodda vaziyatlar, bunday vaziyatlarning 
    oldini olish, ularni bartaraf etish, aholi va hududlarni mhofaza qilish yo'IIari hamda bu 
    ishlarni bajarishga jalb etiladigan, “ Fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati” umumiy nomi 
    bilan yuritiladigan tibbiyot rahbarlari, tibbiyot tuzilmalari, kuch va vositalarining 
    tashkiliy tuzilishi, jihozlanishi, vazifalari va faoliyati bilan tanishtirishdan iboratdir.
    ISBN 978-9943-5886-4-6 
    © “Hilol Media” 2019.


    Mundarija
    Kirish...........................................................................................................
    4
    1-mavzu 
    Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari.................................... 
    6
    2-mavzu 
    Fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmatining tashkiliy strukturasi.
    Zararlangan aholining davolash - ko'chirish ta’minotining asoslari... 
    10
    3-mavzu 
    Terrorizm va aholi muhofazasi................................................................ 
    28
    4-mavzu. 
    Ommaviy qirg4in qurollarining tasnifi. Jabrlanish o‘chog‘ining 
    tibbiy taktik tavsifi. Yo‘qotishlar. Yadroviy qurol. Yadroviy portlash 
    omillari........................................................................................................
    33
    5-mavzu 
    ToMqin zarbi. Jabrlanish zonalari tavsifi. YorugMik ajralishi.
    0 ‘tuvchi nurlar........................................................................................... 
    37
    6-mavzu 
    Favqulotda vaziyatni baholash. Radiatsion holat. Radioaktiv 
    zararlanish manbaalari. Zonalar tavsifi................................................... 
    47
    7-mavzu 
    Dozimetriya metodlari. Dozimetrik asboblar tasnifi............................
    55
    8-mavzu 
    Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalarning tasnifi. Kimyoviy vaziyatni 
    baholash.......................................................................................................
    67
    9-mavzu 
    Tabiiy, texnogen, ekologik va ijtimoiy tusdagi favqulotda 
    vazivatlarda hayot faoliyati xavfsizligi va fuqaro muhofazasi.............
    80
    10-mavzu 
    Favqulotda vaziyatda aholini muhofaza qilish. Jamoa himoya 
    vositalari......................................................................................................
    99
    11-mavzu 
    Shaxsiy himoya vositalari. Maxsus himoya vositalari. Shaxsiy tibbiy 
    vositalar va ulardan foydalanish...............................................................
    109
    12-mavzu 
    Favqulotda vaziyat xavfi tug4 ilganda va sodir bo4lganda aholini 
    evakuatsiya qilish.......................................................................................
    134
    13-mavzu 
    Aholini dushman tajovuzi xavfi paytida va shikastlangan aholini 
    davolash-ko‘chirish va tibbiy ta'm inlash................................................
    149
    14-mavzu 
    Shikastlangan o'choqlarda dastlabki umumiy, dastlabki tibbiy 
    yordamni tashkil qilish............................................................................... 
    155
    15-mavzu 
    Shikastlangan o 4choqlarda dastlabki shifokor yordamini tashkil
    qilish.............................................................................................................
    158
    16-mavzu 
    Malakali va ixtisoslashgan mutaxassis tibbiy yordamini tashkil etish. 
    167
    17-mavzu 
    Bakteriologik (biologik) vositalar bilan zararlangan o 4choqda 
    epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar..........................................................
    182
    18-mavzu 
    Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari va muassasalarini
    mol-mulklar bilan ta'm inlash va muhofaza qilish.................................
    203
    Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................... 217


    KIRISH
    Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgan birinchi yillardanoq eng 
    dolzarb masalalar qatorida fuqarolarni turli xil tabiiy va texnogen favqulodda 
    vaziyatlardan muhofaza qilish vazifasiga katta e ’tibor qaratildi.
    Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davri insoniyat va uni o ‘rab turgan 
    tabiiy muhit o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar hamda favqulodda vaziyatlar 
    (FV) o‘sib borishi bilan ajralib turadi. Asrlar davomida texnogen halokatlar 
    (katastrofalar) soni ham o‘sib bormoqda. Ularning eng ko‘p miqdori va 
    oqibatlari ham XX asrga, ayniqsa uning ikkinchi yarniiga to ‘g ‘ri keladi. 
    Qator mamalakatlarda sanoat va xarbiy yadroviy komplekslarda, kimyo 
    sanoati korxonalarida, kosmik obyektlarda yirik avariyalar kuzatildi, bunda 
    misli ko‘rilmagan iqtisodiy talofatlar ko‘rildi, minglab insonlar halok boMdi, 
    millionlab kishilar tan jarohatlari olishdi. Fan, texnika va ishlab chiqarish 
    to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan bugungi asrimizda “Tabiat-Jamiyat-Inson” 
    tizimidagi o‘zaro ta’sirlar natijasida yuzaga kelishi mumkin boMgan turli 
    xildagi favqulodda vaziyatlardan aholini, xududlarni, moddiy va ma’naviy 
    boyliklarni muhofaza qilish vazifalari dolzarbligicha qolib kelmoqda.
    Mustaqillika erishishdan oldin respublikamiz xududida amal qilgan 
    “ Fuqaro mudofaasi” tizimi vazifalari asosan aholini va xududlarni xarbiy 
    harakatlar davrida yuzaga kelishi mumkin boMgan favqulodda vaziyatlardan
    eng avvalo ommaviy qirgMn qurollari ta’siridan himoya qilishni o‘z ichiga 
    olgan edi. Lekin insoniyat hayotiga nafaqat ommaviy qirgMn qurollari va 
    qurolli to‘qnashuvlarda qoMIaniladigan boshqa vositalar, balki tabiiy ofatlar, 
    ekologik muammolar, ishlab chiqarish sohasida, sanoatda, energetikada, 
    transportda yuzaga keladigan halokatlar, avariyalar va boshqa muammolar 
    to'xtovsiz tahdid solib turadi. Oxirgi 20-30 yillik oMmishda yer yuzida sodir 
    boMgan halokatlar va tabiiy ofatlar natijasida halok boMgan, sogMigMni 
    yo'qotgan, boshpanasiz qolgan odamlar sonini eslashning o‘zigina bunga 
    kifoya.
    Shulardan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan 
    fuqaro muhofazasi vazifalari koMami faqatgina xarbiy davr chegarasida 
    qoldirilmasdan, uning bosh vazifalari qatoriga avariya, halokat va tabiiy 
    ofatlarning oldini olish, oldindan bashorat (prognoz) qilish, aholini turli xil 
    tabiiy va texnogen halokatlar davrida to‘g‘ri harakat qilishga o'rgatish 
    kiritildi. Bunday shariotlarda fuqarolar muhofazasining mukammal tuzilgan 
    tashkiliy strukturasi, sohadagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari,
    4


    xalq xo‘jaligi obyektlarida fliqaro muhofazasi tuzilmalarining doimiy 
    shayligi katta ahamiyatga ega boMadi.
    Aholini turli hususiyatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash, 
    barcha obyektlar, tashkilot va muassasalar rahbarlarining eng asosiy 
    vazifalaridan boMib, “Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli 
    favqulodda vaziyatlardan 
    muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 
    11-moddasida 
    bayon 
    etilganidek, 
    belgilangan 
    tartibda 
    evakuatsiya 
    tadbirlarini o‘tkazish va odamlarni joylashtirish maqsadida oldindan bazalar 
    tayyorlab qo‘yish lozim. Shu sababli 
    hozirgi 
    vaqtda ham favqulodda 
    vaziyatning koMamiga qarab muhofaza qilishning eng omil usullaridan biri, 
    imkon darajasida aholini xavfli joylardan olib chiqib ketish, ya’ni 
    evakuatsiya tadbirlari 
    hisoblanadi. Aholini 
    ko'chirish va 
    ishchi- 
    xizmatchilami tarqoq holda joylashtirishning mohiyati, ko'chirish qoidalari, 
    turlari va usullari, ko'chirish 
    tashkilotlari, ularning tizimi va faoliyat 
    tartibi va ko'chirilgan rayonlarda jabrlangan aholi yashash sharoitlarini 
    ta’minlash masalalarini chuqur o'zlashtirish bo'lajak shifokorlar faoliyatida 
    foydadan holi emas.
    Fuqaro muhofazasining tibbiyot xizmati sog'liqni saqlash sistemasidagi 
    maxsus birlashma boMib ommaviy jabrlanish quroli xamda tabbiiy ofat, yirik 
    fojea, falokat ta'sirida jabrlangan aholining tibbiy ta’minoti uchun 
    moMjallangan.
    “Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muhofazasi” darsligi tibbiyot oliy 
    o'quv muassasalari talabalarini fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari 
    tinchlik paytidagi tabiiy va texnogen xarakterli favqulodda holatlarda hamda 
    harbiy davrda ommaviy jabrlanish o'choqlarida aholiga tibbiy xizmatni 
    tashkillashtirish masalalari bilan tanishtirish maqsadida tayyorlangan. U oliy 
    tibbiy taMim muassasalari talabalarini “Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro 
    muhofazasi” fanini o'qitish namunaviy fan dasturi asosida yaratilgan boMib
    davolash, pediatriya, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, stomatologiya va 
    tibbiy biolgiya yo'nalishlari uchun mo'ljallangan. Darslikda 8ta jadval, 32 ta 
    rasm va 1 ta chizma o'rin olgan.
    Mualliflar mazkur darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalariga fanni 
    o'zlashtirishda yordam berishiga umid qiladilar. O 'z fikr-mulohazalarini va 
    istaklarini bayon etganlarga mualliflar tashakkur bildiradilar.
    5



    Download 7.37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 7.37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi fuqaro muhofazasi

    Download 7.37 Mb.
    Pdf ko'rish